Uslubiy tavsiyalar
Download 82.75 Kb.
|
Uslubiy tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevropa sanoat inqilobi davrida
bosqichi – Buyuk geografik kashfiyotlardan XVIII asrning oxiridagi Buyuk fransuz burjua inqilobigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.
Yangi tarixning ikkinchi bosqichi XIX asrning boshidan Birinchi jahon urushining yakuni – 1918-yilgacha davom etadi. Yangi davrda yuz bergan burjua inqiloblari O‘rta asr feodal tartiblarini buzib tashladi va ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi uchun keng yo‘l ochdi. Iqtisodning jadal rivojlanishi shu davrda amalga oshirilgan fan va texnika yutuqlariga asoslandi. Fan va texnika o‘rtasida uzviy aloqa shakllandi. Buning natijasida, XVIII asr oxiridan boshlab, texnika va texnologiyalarda buyuk ixtirolar amalga oshirildi. Bu ixtirolar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ingliz muhandisi Jorj Stefenson tomonidan 1814-yili ixtiro qilingan parovoz temiryo‘l transportining ommalashuvini boshlab berdi. Mashhur fizik va kimyogar olimlar – italiyalik Alessandro Volta, angliyalik Gemfri Devi va Maykl Faradey hamda fransuz Andre-Mari Amper elektrdan foydalanishning asoslarini yaratdilar. Energiyaning bu yangi turidan foydalanish texnikaning yangi sohalarini rivojlantirdi, ishlab chiqarishda, maishiy turmushda ulkan o‘zgarishlarga olib keldi. Ilmiy va texnik kashfiyotlar ishlab chiqarishning kimyo, elektrotexnika kabi yangi sohalari paydo bo‘lishi uchun asos yaratdi. Hisoblash texnikasi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, sun’iy materiallar ishlab chiqarish shakllana boshladi. Bu yutuqlarning ko‘pchiligi XX asrda ham ishlab chiqarishning asosini tashkil qildi. Yangi davrda o‘zgarishlar sur’ati rivojlanishning o‘tgan bosqichlariga nisbatan juda tez bo‘lib, fan va texnika sohasidagi kashfiyotlar ishlab chiqarishga jadallik bilan joriy qilinib bordi. Shu tariqa, XVIII asr oxiri – XIX asrda fan va texnika sohalaridagi juda ulkan yutuqlar sanoat inqilobiga olib keldi. O‘z navbaYevropa sanoat inqilobi davrida tida, sanoat inqilobi agrar sivilizatsiyadan sanoat ishlab chiqarishi va industrial sivilizatsiyaga o‘tish uchun asos yaratdi. Bu davrda sanoatda yuz bergan jarayonlar natijasida mashinalar ishlab chiqarishdan qo‘l mehnatini siqib chiqardi, manufakturalar fabrikalarga o‘z o‘rnini bo‘-shatib berdi. Yangi davr Yevropa xalqlari tarixida ularning turmush tarzini, jamiyatning ma’naviy asoslarini bir necha bor o‘zgartirib yuborgan inqiloblar davri edi. Shuningdek, mustamlakachilik asoratiga tushgan Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tarixida Yangi davr mustaqillik va ozodlik uchun to‘xtovsiz kurashlar davri ham bo‘ldi. Bu davr Yevropada millatlarning va mutlaq monarxiya ko‘rinishidagi milliy davlatlarning shakllanish davri edi. Yuz berayotgan har bir o‘zgarishda shakllanayotgan yangicha dunyoqarashning ta’siri sezilib turardi. Eng avvalo, butun O‘rta asrlarda hukmronlik qilib kelgan insonni aqliy, ma’naviy kamsitishga va jismoniy cheklashga asoslangan dunyoqarash o‘rniga yangi, gumanistik dunyoqarash shakllana boshladi. Bu dunyoqarash shakllanayotgan yangi, industrial sivilizatsiyaning ma’naviy asosi bo‘ldi. Ammo Yangi davrda industrial sivilizatsiya shakllanishi uchun zarur bo‘lgan sharoit faqat Yevropa mamlakatlarida vujudga keldi.Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikadagi ko‘pchilik mamlakatlar XIX asr boshlarida ham qoloq, agrar jamiyat darajasida qolayotgan edi. XIX asrning 70-yillaridan 1918-yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda dunyoda katta o`zgarishlar ro`y berdi.Bu davrning asosiy belgisi-ishlab chiqarishda monopolistik kapitalizm hukmron bo`lib qoldi. Turli xil sindikatlar, kartellar, konsernlar yuzaga keldi, ishlab chiqarish markazlashdi, xorijga kapital chiqarish boshlandi. Bir qator davlatlar oldingi yuz yillarda erisha olmagan taraqiyotga erishdilar. Bozor iqtisodi jamiyati taraqiyotiga xos bo`lgan bunday o`zgarishlarni hozirda bizning mamlakatimiz o`z boshidan kechirmoqda. Jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalaridan bugungi kunda foydalanish, yo`l qo`yilgan xatolarni takrorlamaslik mamlakatimizda buyuk jamiyat qurishni va jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallashimizni tezlashtiradi. Shu sababli rivojlangan mamlakatlar tarixini chuqur o`rganib, uning ijobiy tomonlaridan respublikamiz ravnaqi uchun foydalanish har birimizning muqaddas burchimizdir. Download 82.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling