1917 – 1991-yillar O‘zbekiston tarixida sovet davrini tashkil qiladi. Mazkur davrni quyidagi katta 2 ta bosqichga ajratish mumkin: 1) birinchi bosqich – 1917 – 1924-yillar; 2) ikkinchi bosqich – 1925 – 1991-yillar. Birinchi bosqichda mintaqada Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalari tashkil qilingan bo‘lsa, ikkinchi davr 1925-yil fevralda O‘zbekiston SSRning tuzilishi bilan boshlanadi hamda 1991-yilda sovet davlatining parchalanishi bilan tugaydi. Bu bosqichlar ham o‘z navbatida bir nechta kichik bosqichlarga bo‘linadi.
O’zbekiston tarixi darsligi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida sodir bo’lgan voqealarni o’z ichiga oladi. Bu davr Vatanimiz tarixining eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Bu bir tomondan, Rossiya imperiyasi istilosi tufayli og’ir kulfatlar, yo’qotishlar keltirgan bo’lsa, ikkinchidan, ota-bobolarimiz, mustamlaka jabr-zulmiga qarshi Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun qahramonona kurashlarnii davom ettirdilar, uchinchidan, Vatan ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat qilib, katta ma’naviy va moddiy bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdilar.
Insoniyat tarixining Birinchi ja hon urushi ning yakuni – 1918-yildan oshlanib, hozirgi kunga cha bo‘lgan davri «Eng yangi tarix» deb ataladi. «Eng yangi ta rix» kishilik jamiyati rivojlanishida industrial sivi lizatsiyadan postindustrial sivilizatsiyaga o‘tish davri sifatida qarala di.Eng yangi davr tarixida nisbatan mustaqil bo‘lgan uchta bos qichni ajra tib ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1918 – 1945-yillar – in dustrial jamiyat ijtimoiy-siyosiy tizimi inqiro zining boshlanishi davri. Bu inqiroz jahon urushlarida, sot sialistik va milliy-ozodlik inqi lob larida,Germa niya, Italiya, Yа poniya, SSSRda totalitar tuzumlar ning qaror topishida, ijti moiy ziddiyat larning keskinlashuvida namo yon bo‘ldi. Bu bosqi ch ning mazmu ni ni jamiyat taraqqiyotining ikki asosiy modellari – liberal-demokratik va totаlitar tuzumlar o‘rta sidagi kurash tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |