Uslubiy tavsiyalar
Qadimgi Xorazm, Qang`ha va Dovon davlati
Download 82.75 Kb.
|
Uslubiy tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonbosqal`a
- Qang` davlati.
- Qang`dez
- Milodiy III asrga kelib
- O’RTA ASRLAR TARIXI NIMANI O’RGATADI
Qadimgi Xorazm, Qang`ha va Dovon davlati
Qadimgi Xorazm. Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm Ahamoniylar imperiyasidan musta qil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukm ronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o`lka aholisi xo`ja ligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlik boshlanishi miioddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko`zaliqir shahri xarobalari). Mil. avv. V-IV asrlarda bu yerda mahalliy hukm dorning qarorgohi bo`lgan ulkan qal'a bunyod etilgan edi (Qal`aliqir shahri xarobalari). Miloddan avvalgi III-II asrlarda Xorazm O`rta Osiyoning yirik antik davlatlari - Yunon-Baqtriya podsholigi va Parfiya podsholigi tarkibiga ham kirmagan. Bu hol Xorazmda o`ziga xos madaniyat vujudga kelishida muhim omil bo`ldi. Jonbosqal`a va Qo`yqirilganqal`a yodgorliklari ana shu madaniyat namunalaridir. Qo`yqirilganqara xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan. Milodiy II-III asrlarda TuproqqaVa shahrida bundan ham ulug`vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o`tgan ko`cha shaharni ikki qismga bo`lgan, undan esa yon atrofga ko`chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan.Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shohlar, lashkarlar, mug`anniylar, hayvonlar va qushlar rasmlari chizilgan. Zallardan birida devor bo`ylab baland taglikka 20 dan ko`proq haykallar o`rnatilgan edi. Xorazmda ayniqsa hunarmandchilik ishlab chiqarishi yuksak darajada rivoj topgan. Kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo`lgan. Xorazm aholisi So`g`diyona, Marg`iyona, Baqtriya va sahro ko`chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o`rnatgan. Bu o`lkadan muhim karvon yo`llari o`tgan. Mil. avv. I asrda va dastlabki milodiy asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan. Xorazm hududidan O`rta Osiyo bo`yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan. Bular Oybo`yirqal'a (miloddan avvalgi V-IV asrlar) yodgorligidan xum sirtiga chekilgan yozuv va Qo`yqirilganqal'adan (miloddan avvalgi IV-III asrlar) topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimd&n xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan. Qang` davlati. Xitoy manbalaridan bu davlatning Qang` davlati Qang`yuy deb atalgani ma'lum. Miloddan avvalgi III asrda unga saklar asos solishgan. Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumanidagi Qang`ha shahar xarobasi saklarning o`sha kezlardagi poytaxti Qang`dez bo`lib, unga miloddan avvalgi III asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan. Qang` davlatining asosiy shaharlari Sirdaryo sohillari bo`ylab joylashgan edi. Qang` (Qang`yuy) - hozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryo bo`yi hududlarini egallagan qadimgi davlat birlashmasidir. Miloddan avvalgi II asr oxirida Qang` qabilalarning eng qudratli davlat birlashmasiga aylanadi. Uning hukmdorlari hatto o`z nomidan tanga zarb qiladi. Qang` davlatida ulkan istehkomlar, qal'a, shahar ibodatxonalari, savdo va hunarmandchilik mahallalari barpo etiladi. Davlat markazlaridan biri Toshkent vohasi edi. Ayni shu hududda o`troq ziroatchi va savdo-hunarmandchilik madaniyati vujudga keldi. Mamlakat iqtisodiyotining gullab-yashnashiga uning hududidan Buyuk Ipak yo`lining Shimoliy tarmog'i o`tganligi imkon yaratdi. Lekin, ayni shu hol Xitoy bilan urushlarning kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Bu urushlarda qang`arlar (Qang` davlati aholisini shunday atashgan) ko`pincha g`olib chiqar edilar. Masalan, Qang` davlatiga yurishlardan birida jo`natilgan 60000 nafar xitoylik jangchidan 10000 ga yaqini Xitoyga qaytib kelgan, xolos. Milodiy III asrga kelib Qang` davlati parchalanib ketdi. Dovon davlati. Davlatchiligimiz tarixi bo`yicha hali kashf qilinmagan masalalar anchagina. Dovon tarixida (Xitoy manbalarida bu o`lka shu nom bilan tilga olinadi, ayrimlarida Parkana deyilgan.) Dovon davlati tarixi haqidagi batafsil ma'lumot Xitoy yilnomalarida uchraydi va ular milodiy I-II asrlarga doirdir. Xitoy tarixchisining yozishicha, bu davlat aholisi 70 dan ortiq shaharlarda istiqomat qilgan. O’RTA ASRLAR TARIXI NIMANI O’RGATADI? Download 82.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling