Uslubiy tavsiyalar
O’rta asrlar tarixini davrlashtirish
Download 82.75 Kb.
|
Uslubiy tavsiyalar
O’rta asrlar tarixini davrlashtirish.
O’rta asrlar tarixi ikki yirik davrga bo’linadi: 1. Milodiy V asr oxiridan - XI asr o’rtalariga qadar: • Yangi feodal jamiyatiga o’tish; Milodiy IV-VI asrlarda Yevropani, xunn qabilalari boshlab bergan “Xalqlarning buyuk ko’chishiari” jarayoni qamrab oladi. Konung - qabila boshlig’i, zodagonlarning oliy vakili. Normann qabilalarida harbiy yo’lboshchi. • Yer egaligining yangi turlari (yirik yer egalari - feodallar, qaram dehqonlar toifalari) shakllanishi; Benefitsiy (lot.) - senorning o’z vassaliga harbiy xizmati evaziga in’om etgan yer-mulk. Sharqda u iqto’ deb nomlangan. Senor (lot. - katta) - o’rta asrlarda G’arbiy Yevropada ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo’lgan yer egasi. Vassallik - G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bir feodalning boshqa feodalga bo’ysunish tartibi. O’rta Osiyoda Ilk o'rta asrlarda dehqonlar, kashovarzlar va kadivarlar tabaqalari shakllandi. Turon aholisining hayotida sodir bo'lgan bunday o'zgarish mamlakatda mayda voha davlatlarining tashkil topishiga olib keldi. * Dehqon (qishloq hokimi) — ilk o'rta asrlarda mulkdor tabaqa* Kashovarz — ziroatchi oddiy qo'shchilar* Kadivar — qishloqning dehqonlarga qaram aholisi* Chokar — dehqon mulkini qo'riqlovchi, harbiy posbonIlk o'rta asrlar davlatlari• G’arbiy Yevropada yangi diniy ta’limot - xristianlikning keng tarqalishi; Bizga qadimgi dunyo tarixidan ma’lumki, xristianlik dini Yaqin Sharqda I asrda vujudga keladi. Xristianlikning asosini halol hayot kechirish hamda toat-ibodat orqali inson va xudo orasida uyg’unlikka, muloqatga erishishga ishonch tashkil etadi. Xristian dini IV asrdan german qabilalari orasida ham tarqala boshlaydi. Franklar qiroli Xlodvig xristianlikni V asming oxirida qabul qiladi. Keyingi asrda yangi dinga vestgotlar, Pireneya yarim orolining tub aholisi ham o’tadi. Angliya va Irlandiya monastirlaridan yetishib chiqqan serg’ayrat rohiblar VI-VIII asrlarda Yevropaning eng chekka joylariga ham borib aholini xristianlikka o’tkazganlar. Skandinaviya aholisi (shvedlar, norveglar, finlar) bu diniy ta’limotni IX asrdan qabul qiladi. Vengerlar IX asrda, polyaklar X asrda xristianlikka o’tsalar, Kiyev Rusi va Bolgariya X asr oxirlarida xristianlikning pravoslav mazhabini Vizantiyadan qabul qilgan. Eng oxirida Yevropaning shimoliy-sharqidagi polab slavyanlari (XII asrda), pruss va litva qabilalari (XIII-XIV asrlarda) cho’qintirilgan. Xristian dini Yevropada IV asrdan boshlab XIII-XIV asrlargacha tarqalgan. • Sharqda islom dinining vujudga kelishi va tarqalishi; Qadimdan Arabiston yarimorolidagi arablar tarqoq holda yashardilar. VII asr boshlarida Arabistonda yagona e'tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati boshlanadi. Bu buyuk e'tiqod yakka xudolikka asoslangan Islom dini edi. Islom — «bo'ysunish», «itoat etish», «o'zini Alloh irodasiga topshirish» degan ma'nolarni anglatadi.Allohning rasuli (elchisi) Makka shahrida dunyoga kelgan Muhammad (s.a.v. — sollallohu alayhi vasallam) binni Abdulloh (570-632) bu harakatga rahnamolik qiladi. Islomni qabul qilib, rasulullohga ergashgan uning izdoshlari «muslim» (musulmonlar) deb atalgan. Ular insonlarning Xudo oldida teng ekani, rizq-ro'zini barchaga Yaratguvchining o'zi yetkazib berishi hamda jamiyatdagi adolatsizlik barham topishi uchun haq dinga kirish kerakligini targ'ib etadilar. Islom bayrog'i ostida Makka shahrida boshlangan targ'ibot Madinaga ko'chadi. Muhammad (s.a.v.) 630-yilda arablarni yagona davlatga birlashtiradi. Muhammad (s.a.v.) vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr (632-634) xalifa (o'rinbosar) deb e'lon qilinadi. • Yirik feodal davlatlarning paydo bo’lishi. Buyuk Karl (742-814). Karl sulola asoschisi Pipin Pakananing (714-768) o’g’li bo’lib, Franklar qirolligini (800-yildan imperiyasini) 46 yil (768-814) boshqargan. "Buyuk" nomi unga tarixchilar tomonidan 53 harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saitanat tuzgani, bu davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun berilgan. Kari haqida ko’plab tarixiy asarlar, afsonalar, rivoyatlar va qo’shiqlar yaratilgan. Uning ismidan "korol", ya’ni "qirol" unvoni kelib chiqqan. Buyuk Karlning vafotidan ko’p o’tmay, u tuzgan imperiyaning inqirozi boshlanadi. Uning nabiralari davrida mamlakat parchalanib ketadi. Verden shahrida 843-yil tuzilgan shartnomaga binoan vujudga kelgan qirolliklar o’rnida, keyinchalik - Fransiya, Germaniya va Italiya davlatlari tashkil topadi. Bu qirolliklarning har biri gersoglik va grafliklarga, ular esa yirik va o’rta feodal mulklariga bo’lingan. Shu tariqa Yevropada feodal tarqoqlik davri boshlanadi. O’rta Osiyoda : III asr o`rtalarida Xorazm davlatini Afrig`iylar sulolasiga mansub xoraxmshohlar idora qiladi. Xioniylar,Kidarlar,Eftallar Turk xoqonligi va mahalliy hokimliklar vujudga keldi. Download 82.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling