Uslubiy tavsiyalar


XI asrning o’rtalaridan - XV asr oxiriga qadar


Download 82.75 Kb.
bet13/18
Sana22.02.2023
Hajmi82.75 Kb.
#1223328
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Uslubiy tavsiyalar

2. XI asrning o’rtalaridan - XV asr oxiriga qadar:
• Yer egaligi ishlab chiqarish munosabatlarining yuksalishi; Yevropada X-XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalib, u eng avvalo hunarmandchilikda kuzatiladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi, ustalar mahoratining oshishi hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantiradi.
• O’z-o’zini ta’minlovchi - natural xo’jalikdan, bozor uchun mahsulot yetishtiruvchi xo’jalikka o’tilishi; Tovar xo’jaligi - mahsulotlarni bozorda sotish yoki ayirboshlash uchun ishlab chiqaruvchi xo’jalikdir.

• O’rta asrlarda shaharlarning va hunarmandchilik sexlarining taraqqiyoti; O’rta asr shaharlari. Yevropada shaharlarning paydo bo’lishi va yuksalishi turli mamlakatlarda turlicha bo’ladi. Dastlab Italiya va Fransiyaning janubidagi: Venetsiya, Genuya, Florensiya, Marsel, Tuluzalar IX-X asrlardayoq yuksala boshlaydi. Vizantiya va Sharq mamlakatlari bilan O’rta dengiz orqali savdo yo’lida joylashgani bu shaharlarga qo’l keladi. Fransiyaning shimolida, Niderlandiya, Angliya va Germaniyada yangi shaharlar X-XI asrlardan vujudga keladi. Vengriya, Boltiqbo’yi, Rus yerlarida esa shaharlar XII-XIII asrlardan ko’payadi. Yevropa shaharlarini turli asrlarda vujudga kelishining asosiy sababi ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishdagi farqlar edi.


Ma’lum kasb ustalari o’z uyushmalari - sexlarga birlashganlar.


Sex - nemischa so’z bo’lib, xalfaning ustalikka bag’ishlov ziyofati nomi, keyinchalik kasb ustalari uyushmasi nomiga aylanadi.

• Savdoning yuksalishi: xalqaro savdo, bozor, yarmarka va birjalar; G’arbiy Yevropada XIII-XV asrlarda: Ispaniya, Italiya, Janubiy Fransiyani dengiz orqali Vizantiya hamda Osiyo mamlakatlari bilan bog’laydigan Levant, shimolda Boltiq dengizi orqali London, Bryugge, Lyubek, Novgorod shaharlarini bog’laydigan Shimoliy savdo yo’llari harakatda bo’lgan.


Levant - O’rta dengizning sharqidagi Suriya, Falastin, Turkiya, Yunoniston va Kiprning umumiy nomi. Ular orqali dunyo savdo yo’llaridan biri - Levant o’tgan.
Shimoliy savdo yo’li bo’ylab joylashgan Germaniyaning 70 dan ziyod katta-kichik shaharlari Ganza shaharlar ittifoqiga kirgan.
Ganza - XIV-XV asrlardagi shimoliy nemis shaharlarining savdo va siyosiy ittifoqi. Uning bosh shahri Lyubek. Yevropaning shimolidagi savdoda yetakchi bo’lgan Ganza, qit’aning boshqa hududlari orasidagi savdoda ham vositachilik qilgan.
Levant yo’lida joylashgan Venetsiya va Genuyalar kuchli dengiz floti tuzib, ularning savdodagi raqobati ba’zida urushlarga ham aylangan.
Dastlabki banklar XIV-XV asrlarda Italiyaning yirik shaharlarida paydo bo’ladi.
Bank - italyan tilida banko - kursi, sarrof do’konidagi o’rindiq nomidan olingan.
Yarmarkalar mol ayirboshlashning kengayishiga xizmat qilgan. Yarmarkalarni yuksaltirish maqsadida hukmdorlar turli imtiyozlar (xususan yo’l solig’ini vaqtinchalik bekor qilish) berishgan. Yarmarkalar savdo-sotiqdan tashqari, xalq sayllari, bayramlari markaziga ham aylangan. Unda sayyor artistlar tomonidan musiqa, qo’shiqlar, sahna tomoshalari ko’rsatilgan. Atrof qishloqlardan kelgan aholi uchun bu tomoshalar, mushakbozliklar yilda bir marta bo’ladigan ko’ngilochar tadbir hisoblangan.

Download 82.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling