Uslubiyat va nutq uslublari tasnifi


Download 109.08 Kb.
bet2/6
Sana16.11.2023
Hajmi109.08 Kb.
#1782205
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
USLUBIYAT VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI

Masalan: Kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish uchun so'raysiz: -Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chipta bering deb o'tirmaysiz). Oddiy so'zlashuv uslubida nutqiy vositalarni tejashga intilish bilan birga bunga teskari bo'lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo'l qo'yiladi. Oddiy so'zlashuv uslubida gap bo'laklarining tartibi ham ancha erkin boʻladi. Ba'zan shevaga xos so'zlar, qo'pol, dag'al so'zlar ham kuzatiladi, lekin bularni qo'llash so'zlovchining madaniy nutq sohibi emasligini ko'rsatadi. So'zlashuv uslubining har ikkala turi ko'pincha dialog shaklida ro'yobga chiqadi. Ikki shaxsning o'zaro so'zlashuvi dialogik nutq sanaladi.So'zlashuv uslubida so'zlar ko'pincha kinoya,
piching, qochirmalarga boy bo’ladi. Bu uslubning yana bir o’ziga xos xususiyati erkinligidir. So’zlashuv uslubida sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalma gaplar foydalaniladi.
Publitsistika davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o'quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bo'layotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari (gazeta-jurnal, radio, televideniye) uslubi, Oliy Majlis yig'inlarida, turli xil anjumanlarda qoʻllani-ladigan nutq uslubi publitsistik uslubdir.
  • Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta'sir etish bo'lib, soddalik, ta'sirchanlik, tushunarlilik, adabiy til me'yorlariga qat'iy amal qilishdir.
  • Publitsistik uslubning ham og'zaki, ham yozma shakllari mavjud.
  • Radio-televideniyeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari publitsistik uslubning og'zaki shakliga mansubdir,
  • Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan bosh maqolalar, felyeton, pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsi yalar publitsistik uslubning yozma shakliga xosdir.


Download 109.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling