shart. Soxta ma'lumotlar berish qonunga zid.
Bu uslub huquqiy qonunchilik va ish yuritish munosabatlari doirasida, ya'ni davlat arboblari o'rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog'ozi singari ish yuritish qog'ozlarida qoʻllaniladi.
Rasmiy uslub quyidagi turlarga bo'linadi:
Sof qonunchilik uslubi
Idoraviy devonxona uslubi
qonun, farmon, jinoiy aktlar, nizomlar uslubi.
buyruq, ariza, telabnoma, bildirgi, tavsifnoma, bitimlar uslubi.
Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda ro'yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo'ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi: axborot uzatish va da'vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Rasmiy ish qog'ozlarining sintaktik tuzilishi qat'iy qoliplarga
bo'ysunadi.
Rasmiy uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq va barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning ham o'ziga xos lug'aviy va grammatik xususiyatlari mavjud:
- so'zlar o'z ma'nosida qo'llanadi,
- ko'pchilikka ma'lum bo'lgan ayrim qisqartma so'zlar ishlatiladi,
- har bir sohaning o'ziga xos atamalaridan foydalaniladi.
Rasmiy uslubda ko'pincha darak gaplardan; qaror, buyruq, ko'rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Shuningdek, bu uslubda gap bo'laklari odatdagi tartibda bo'lishiga rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |