Uslubiyat va nutq uslublari tasnifi
Obrazlilik va estetik ta'sir etish
Download 109.08 Kb.
|
USLUBIYAT VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy uslubga doir misollar
Obrazlilik va estetik ta'sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.
Badiiy uslubning o'ziga xos xususiyati shundaki, unda adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o'z ichiga olish bilan birga o'zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kundalik iste'moldan chiqib ketgan tarixiy so'zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatilaveradi. Badiiy uslub o'quvchida estetik zavq uyg'otadi. Demak, badiiy uslub orqali ro'yobga chiqqan nutq ma'lum voqea-hodisa haqida axborot berish (kommunikativ vazifa bajarish)dan tashqari o'quvchiga ta'sir qilish (ekspressiv) vazifasini ham bajaradi. Badiiy uslub uchun obrazlilik, tasviriy ifoda vositalariga boylik xosdir. Badiiy uslubdan boshqa barcha uslublar ijtimoiy hayotning ma'lum sohasi doirasida chegaralangan. Badiiy uslubulardan farqli ravishda inson amaliy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Shuning uchun unda ilmiy uslubning ham, publitsistik uslubning ham, so'zlashuv uslubining ham, rasmiy uslubning ham elementlari namoyon bo'laveradi. Badiiy uslubga doir misollar: Tollarning ko'm-ko'k soch popuklari qizlarning mayda o'rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi. Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning namli yuzlari kuldi. Marting oxirgi kunlari. Ko'k yuzida suzib yurgan bulut parchalari ofbobni bir zumda yuz ko’yga solayapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda bahor kelganidan bexabar, hanuz g'aflatda yotgan o’t-o’lanni qurt-qumursqani uyg'otgan, avvalgidan ham yorug'roq avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotganday tuyuladi. Ilmiy uslubda ilmiy ma'lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta'rif-qoidalarga) ega bo'lish, atamalarning keng qo'llanilishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.
Nazariy matn Ilmiy uslub maxsus terminlar yordamida fanga doir fikrlarni bayon etishga mo'ljallangan. Bu uslubda bo'yoqdor so'z va qo'shimchalar, iboralar, maqol va matallar qatnashmaydi. Ilmiy uslubda murakkab jumlalar, kirish va kiritmali qurilmalar ko'p qo'llaniladi. Olimlar o'z fikrlarini hamkasblari uchun ilmiy uslubda bayon etadilar, Ilmiy maqola, tezis (ma'ruza bayoni). dissertatsiya, monografiya kabilar ilmiy uslub janrlaridir. Ilmiy fikrlar mutaxassis bo'lmaganlar uchun ilmiy-ommabop shaklda yetkaziladi. Download 109.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling