26
xatlarni to‘plab chop ettirishga qaror qildi. Buning uchun bu ishni u Mavlono
Imtiyoz Ali Xon Arshi (taxallusi)ga topshirdi.
Arshi Janoblari G‘olib yozgan 117 ta xatning tanqidiy matnini tayyorladi. Bu
xatlar quyidagi shaxslar nomiga bitilgan: 1) Yusuf Ali Xan Nozim – 43 ta xat; 2)
Navob Kalab Ali Xon – 65 ta; 3) Navob Zaynobiddin – 2 ta; 4) Halifa Ahmad Ali
Rampuri – 1 ta; 5) Munshi Siyl Chand – 6 ta; 6) Mavlavi Muhammad Hasan – 1 ta.
“Makatibe G‘alib”ning birinchi nashri birinchi marta 1937 yilda “Matbaa
Qayyuma” bosmaxonasida Mumbayda nashr qilingan. Shundan so‘ng uning 6 ta
fotoprinti nashr qilindi.
Mavlono Arshi to‘plamning boshiga 183 sahifadan iborat so‘z boshi yozgan.
Unda G‘olibning yaratgan asarlari inglizlar
hukumati bilan munosabati,
Bahodirshoh Zafar bilan aloqasi, Rampurga safari bilan bog‘liq G‘olib
hayotidan
ayrim lavhalar yozilgan. Shundan so‘ng xatlarning matni boshlanadi.
Mavlono Arshi xatlarning tanqidiy nashrini tuzishga o‘ta ilmiy yondashgan.
Matnni o‘qib chiqqanda bir ikkitagina xatoni kuzatish mumkin. Xatlarga juda
izchillik bilan ilmiy uslubda izohlar berilgan. Biron sharhtalab yo‘qki,
Arshi
janoblari uni izohsiz qoldirgan bo‘lsa.
Yuqoridagi to‘plamlarni ko‘zdan kechirib aytish mumkinki “Makatibe
G‘alib”dan avval bironta matnning bu tarzdagi ilmiy tanqidiy matni haligacha
tayyorlanmagan edi. Chunki boshqa
olimlar bilan solishtirsak, Mavlono Arshi
xatlarning tanqidiy nashrini tuzishga o‘ta ilmiy yondashgan
va xatlarning har bir
qirrasini o’rganib chiqqan. Bu esa o‘z o‘rnida G’olib maktublari ilm ahlida
qanchalik yuqori obro‘ga sazovor ekanligidan dalolat beradi.