Usmanova Lola Ahmadovna mirzo g‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/36
Sana23.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1388778
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
mirzo golib maktublarida felga oid kategoriyalarning ifodalanishi

1 - bob bo‘yicha xulosalar 
Insho 
san’atining 
go‘zal 
namunasi 
sifatida 
qadrlangan 
maktublar 
mualliflarning o‘zlari tomonidan yoki ularning muxlislari tomonidan jamlanib, bir 
to‘plam holiga keltirilgan. Ana shunday maktublar Sharqda asosan arab va fors 
tillarida yozilgan. Mirzo Asadulloxon G‘olibning nasriy asarlari sirasiga kiradigan 
maktublari tufayli shoir insho janrida katta o‘zgarish yaratdi. G‘olib xatlarining 
hozirgacha juda ko‘p qayta nashrlari chop etilganligi diqqatga sazovordir. Urdu 
nasrchiligida va epistolyar janrda maktub yozishning yangi uslubini kashf etgan 
adib sifatida uning xatlarini saqlab qolish ustida olimlar o‘z hissasini qo‘shishgan. 
Mirzo G‘olib maktublari nafaqat hind xalqalari, balki qator mamlakatlardan 
olimlar e’tiborini qaratdi. Lekin shuni qayd etish lozimki, uning maktublari fe’l 
shakllari asosida ilk marta tahlil etilyapti. 
45
Шоматов О.Н. Жанубий Осиё тилларига кириш (3-қисм). – Т.: ТошДШИ нашриёти, 2004. – 36 б. 
46
O‘sha asar. – 36 b. 


33 
Olim Xaliq Anjum matnning tanqidiy nashrini tayyorlaganida muallifning 
qalbidan o‘tgan o‘ylarni va o‘zi bayon qilgan kechinmalarga putur yetkazmagan 
holda yoritib berishga harakat qilgan. Chunki muallif o‘z qo‘li bilan yozgan 
nusxasida ham xatolar uchrashi mumkin. “Ude hindi” va “Urduye mualla” 
to‘plamlari so‘nggi yuz yillik ichida eng ko‘p fotoprintdan nashr etilgan kitoblar 
hisoblanadi. Bunga sabab, bu kitoblar hamisha maktab va kollejlarning o‘quv 
dasturidan joy olib kelgan. 
Mirzo G‘olibning munshaot janriga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Uning 
maktublari nafaqat adabiyot olamida katta o‘zgarish va yo‘nalishlarni yoritdi, balki 
shu bilan birga o‘z zamonasining ijtimoiy-siyosiy ahvolini va ziddiyatlarini 
qog‘ozga tushirib, ham tarixiy, ham ijtimoiy olamga sezilarli darajada ko‘p yangi 
ma’lumotlar berishga o‘z xissasini qo‘shdi. G‘olibning maktublari sodda va ravon 
uslubda yozilgan bo‘lib, mazmuni tushunarli va muallif maqsadi aniq bo‘lgani 
holda ayrim maktublar g‘oyatda badiiy serjilo va jimjimador uslubda ham yozilgan. 
Fe’lga xos kategoriyalar rus hindshunoslarining ilmiy asarlarida juda to‘liq 
yoritilganligini alohida ta’kidlash lozim. Mayl kategoriyasi asosan fe’lning predikativ 
shakllariga mansub bo‘lib, ish-harakatning amalga oshirilishida reallik va noreallikka 
nisbatan o‘zining umumlashtirilgan tavsifining ifodalanishida aks etadi.
Genetik nuqtai nazardan, istak maylining oddiy shakli aniqlik maylining 
hozirgi zamon shakliga borib taqaladi. Dimshitsning urdu tilida buyruq maylining 
oddiy va hurmat ma’nosidagi turlari mavjudligi haqidagi nazariyasiga keyingi 
boblarda to‘liq ma’lumot berilgan. Ularni maktub matnidagi jumlalar misolida 
ko‘rib chiqish ishimizning ilmiy ahamiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Biz o‘rgangan olimlarning fikrlaridan mayl kategoriyasi voqelikka nisbatan bayon 
qilinayotgan axborotning munosabatini namoyon qilishi kelib chiqadi. Zamon 


34 
kategoriyasining grammatik ifodasi esa harakatga munosabat yoki harakatning 
holatida aks ettirilishi ko’zda tutiladi. 


35 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling