Usmanova Lola Ahmadovna mirzo g‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi


 Fe’lga xos kategoriyalarning hind, rus va o‘zbek hindshunoslari ilmiy


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/36
Sana23.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1388778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
mirzo golib maktublarida felga oid kategoriyalarning ifodalanishi

1.2. Fe’lga xos kategoriyalarning hind, rus va o‘zbek hindshunoslari ilmiy 
asarlarida yoritilishi 
V.P.Liperovskiy o‘zining “Сослагательное, условное и повелительное 
наклонение в современном литературном языке хинди” (Hozirgi adabiy hindiy 
tilida istak, shart va buyruq mayli) maqolasida yuqorida tilga olingan uchala 
maylning morfologik ko‘rsatkichlarini batafsil yoritadi. Muallifning yozishicha, 
maqolada asosiy urg‘u uchala maylga xos modal ma’nolarga qaratilgan. Olim har 
bir maylga xos shakllarni quyidagicha nomlaydi – imperfekt, perfekt va durativ. 
Uning fikricha, imperfect va perfekt shakllariga tugal va notugal sifatdoshlarning 
 انوہ fe’li bilan birikmasi kiradi. Durativ forma esa durativ sifatdosh (fe’l o‘zagi+اہر
ga انوہ fe’li istak maylining oddiy shaklini qo‘shish bilan yasaladi.
Genetik nuqtai nazardan, istak maylining oddiy shakli aniqlik maylining 
hozirgi zamon shakliga borib taqaladi, deb yozadi olim. Uning fikricha, hozirgi va 
boshqa zamonlarning ma’nosi sifatdosh shakllariga ko‘chgan. Bu barcha yangi 
hind tillariga xos bo‘lib, asosan o‘rta hind tillaridan yangi hind tillari bosqichiga 
o‘tayotganda, “Желательное наклонение” (optativ) shakli yo‘qolib brogan. Ayni 
shu mayl hozirgi yangi hind tillariga xos istak mayli bildirgan ma’nolarni 
anglatgan
33

Bunda genetik bog‘lanish haqida olim quyidagilarni keltiradi: ba’zi hindiy 
shevalari, xususan, braj, Kanauji, yoki unga qardosh tillar Bengali va gujrati 
tillarida yaratilgan she’riy asarlar tilida aniqlik maylining hozirgi zamon planiga 
xos ma’nolarni bildirganini ko‘rish mumkin. Bunda u barcha modal ma’nolarni 2 
33
Липеровский В.П. Сослагательное, условное и повелительное наклонение в современном литературном 
языке хинди //Вопросы грамматики языка хинди. М., 1962. – С. 9 


28 
guruhga ajratadi: 1) subyektning ish-harakatga munosabatini belgilovchi ma’nolar; 
2) subyektning inon-ixtiyori, istak-xohishlarini anglatuvchi ma’nolar
34

Istak mayli shakllarini bayon qilayotib, muallif ergash gapli qo‘shma gaplarni 
tahlil qiladi. Uning fikricha, ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapidagi asosiy 
component lug‘aviy ma’nosi bilan gapda fe’l bildirgan ish-harakatning konkret 
modal xarakteristikasini belgilab beradi. Ammo bundan istak mayli hech qanday 
modal ma’noga ega emas degan fikr kelib chiqmaydi. Istak maylining modalligi 
haqida shuni aytish mumkinki, masalan, “انہک” demoq, aytmoq ergash gapli 
qo‘shma gapda istak maylining oddiy shakli qo‘llangan bo‘lsa, bu fe’l biron tilak 
yoki niyatni anglatadi va u quyidagi misolni keltiradi: 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling