Usmanova Lola Ahmadovna mirzo g‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/36
Sana23.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1388778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
mirzo golib maktublarida felga oid kategoriyalarning ifodalanishi

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tavsifiy metod ilmiy 
metodlardan biri bo‘lib, u ijtimoiy gumanitar va tabiiy fanlar sohasida keng 
qo‘llaniladi. Biz bu metodni qo‘llagan holda, eng avvalo, tahlilga tortilgan 
matndagi fe’l shakllarining turli lisoniy belgilari va xarakteristikasini berdik. 
Asosiy jarayon o‘z ichiga Mirzo G‘olib maktublarida qo‘llangan fe’l shakllarini 
to‘plash, katalogizatsiyasini o‘tkazishdan boshlandi, ya’ni bunda biz fe’l 
shakllarining tipologik xususiyatlariga ko‘ra bir tizimga solib, undan so‘ng 
kategoriyalarga ko‘ra taqsimladik.
Bu esa bizga fe’l shakllarining tarkibi, strukturasi, xarakteristikasi va ular 
orasidagi eng mushtarak jihatlar va farqlarni ochib berishga imkon tug‘dirdi. Bu 
to‘plangan kartoteka qo‘limizda yig‘ilgan fe’l shakllarini chuqurroq va izchil 
o‘rganib, asosli ilmiy xulosa qilishga yo‘l ochadi. 
Shuningdek, ishimizda statistik metoddan ham foydalandik. Bu uslub 
tushuntirish qobiliyatiga ega bo‘lmasa-da, til elementlarini aniq ko‘rsatib berish 
xususiyatiga ega
10
.
XX asrda paydo bo‘lgan statistik uslub til elementlari va til hodisalarining 
ishlatilish darajasini aniq ko‘rsatib beradi. Statistik tahlil til va nutq hodisalarini 
oddiy sanash, miqdorini aniqlash uslubi bo‘lib, tilning tabiatini, qonuniyatlarini 
o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. 
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Ishning nazariy 
ahamiyati shundan iboratki, ushbu tadqiqot ishida Mirzo G‘olib maktublarining 
matnlari fe’lning finit shakllari asosida o‘rganildi va magistrlik dissertatsiyasi 
talablari asosida tahlil qilindi. Xatlar matnida uchragan so‘z turkumlari ichida eng 
chigal va murakkab hisoblangan fe’lga xos grammatik kategoriyalar birinchi marta 
10
Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – T.: Yangi asr avlodi, 2009. – 209 b. 


11 
tahlil qilindi. Shuningdek, rus tilshunos olimlari tomonidan fe’lning finit 
shakllariga xos maqolalari to‘liq o‘rganilib tahlil qilindi: 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling