Usmanova Lola Ahmadovna mirzo g‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi


В.П. Липеровский Категория наклонения в современном  литературном хинди. 1964.  2


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/36
Sana23.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1388778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
mirzo golib maktublarida felga oid kategoriyalarning ifodalanishi

1. В.П. Липеровский Категория наклонения в современном 
литературном хинди. 1964. 
2. О.Г. Ульциферов Некоторые замечания о категории глагола в 
современном литературном языке хинди. 1971. 
Shoir maktublari asosida yaratilgan xatlar to‘plami uning hayoti va ijodini 
o‘rganishdagina emas, uning ziddiyatlarga to‘la davrini o‘rganishda ham bebaho 
manba bo‘la oladi. Shuningdek, shoirning urdu nasrchiligiga qo‘shgan salmoqli 
hissasini ham yoritib beradi. Ishning amaliy ahamiyati xatlarning o‘zbek tiliga 
tarjimasi va uning nashrga tayyorlanganligini tashkil qiladi. Mazkur magistrlik 
ishining natijalaridan oliy o‘quv yurtlarining normativ grammatikasining 
morfologiya bo‘limida, turli uslubiy tavsiyanoma, darslik va qo‘llanmalar 
yaratishda tilshunos mutaxassislar uchun yordamchi manba sifatida xizmat qilishi 
mumkin.
Mirzo G‘olib urdu mumtoz nasrchiligining oliy namunasi hisoblanadi. Mening 
ikkilamchi maqsadim, o‘zbek kitobxonini mana shunday go‘zal badiiy uslubda 
bitilgan maktublarga oshno qilib, badiiy estetik zavq bag‘ishlashdir. 
Ish tuzilmasining tavsifi. Tadqiqot ishi kirish, uch bob, boblar bo‘yicha 
xulosalar, umumiy xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatlaridan iborat.
Birinchi bob “Mirzo G‘olib maktublari – urdu nasrchiligi ibtidosi” deb nomlanib, 
mazkur bobda M.G‘olib maktubnavisligining o‘rganilish tarixi va fe’lga xos 
kategoriyalarning hind, rus va o‘zbek hindshunoslari ilmiy asarlarida yoritilishiga 
to‘xtalib o‘tiladi.


12 
Ikkinchi bob “Mirzo G‘olib maktublarida fe’l shakllari orqali zamon 
kategoriyasining ifodalanishi” deb nomlanadi. Ushbu bobda hozirgi zamon, o‘tgan 
zamon va kelasi zamon vaqt planlari orqali maktub matnlarida fe’l shakllarining 
ifodalanishi o‘z aksini topgan. Shuningdek, zamon shakllarining qo‘llanilish 
darajasini ifodalash uchun misollar turlarga bo‘lib, tahlil etilgan. 
Uchinchi bob “Mirzo G‘olib maktublarida fe’l shakllari orqali mayl 
kategoriyasining ifodalanishi” deb nomlanib, mazkur bobda istak, shart va taxmin 
mayli orqali fe’l shakllarining ifodalanishi misollar yordamida atroflicha yoritib 
berilgan. 


13 

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling