Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


II. Davlat korxonasini ta’sis etish xususiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet3/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi

II. Davlat korxonasini ta’sis etish xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat unitar korxonalari istisno holatlarda faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tashkil etilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son)
7. Davlat korxonasi, agar uni tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, faoliyat ko‘rsatish muddati cheklanmagan holda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Muassis tomonidan tasdiqlangan va qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli davlat organlarida ro‘yxatga olingan ustav davlat korxonasining ta’sis hujjati hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9. Davlat korxonasi ustavida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
firma nomi, joylashgan joyi (pochta manzili);
faoliyatining predmeti va maqsadi;
davlat korxonasi faoliyatini boshqarish tartibi;
ustav fondining miqdori, uni shakllantirish tartibi va manbalari;
ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi;
ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq mulkni tasarruf etish shartlari;
daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi;
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
kuzatuv kengashi va rahbarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
(9-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
yillik hisobotlarni tuzish, tekshirish va tasdiqlash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
kuzatuv kengashi tarkibida tashkil etiladigan qo‘mitalar va ularning vazifalari;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
davlat korxonasini qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamiyat ustavida qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar bo‘lishi mumkin.
(9-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli “Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2848, 20.12.2016-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat korxonalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan, tegishli kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan keyin bir hafta muddatda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yoki uning hududiy boshqarmasiga:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
davlat korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi qarorning;
korxonaning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustavi nusxasini taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan korxonalar ustav fondini shakllantirish tugagandan keyin bir hafta muddatda tegishli ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yoki uning hududiy boshqarmalariga davlat mulkini topshirish — qabul qilib olish hujjatlari nusxalarini ham taqdim etadilar.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
11. Davlat korxonasi ustaviga o‘zgartirishlar muassisning qaroriga ko‘ra kiritiladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonasi ustavga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir hafta muddatda bu to‘g‘rida tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini yoki uning hududiy boshqarmasini xabardor qilishi shart.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling