Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Download 0.95 Mb.
|
215 16.10.2006 davlat korxonasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat korxonalari to‘g‘risida NIZOM I. Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2006-yil 16-oktabr, 215-son Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-son qaroriga 1-ILOVA [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi] Davlat korxonalari to‘g‘risida NIZOM I. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat korxonasining huquqiy maqomini, davlat korxonasini, uning filiallari va vakolatxonalarini tashkil etish va ularning faoliyati xususiyatlarini, muassisning, ijro etuvchi organning huquq va majburiyatlarini, davlat korxonasi bilan uning muassisi o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni belgilaydi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: davlat korxonasi — davlat mulkidagi, o‘ziga tezkorlik bilan boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir, u o‘ziga birkitilgan mulkdan qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdorning (yoki uning topshirig‘iga ko‘ra u vakolat bergan davlat organi — muassisning) topshiriqlariga hamda egalik qilish huquqidagi mulkning maqsadiga muvofiq mulkdan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi; Oldingi tahrirga qarang. davlat korxonasining muassisi (keyingi o‘rinlarda muassis deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki uning tomonidan vakolat berilgan davlat organlari; (2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son) 3. Davlat korxonasi alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzi, shtamplari va blankalariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘zining firma nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi. Davlat korxonasining firma nomida “davlat korxonasi” so‘zlari bo‘lishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. Davlat korxonasi qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. (3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 4. Davlat korxonasi muassis roziligi bilan qonunchilikka muvofiq tijorat tashkilotlari, shuningdek ularda yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlar qatnashchisi (a’zosi) bo‘lishi mumkin. (4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Davlat korxonasi davlatning boshqa korxonasi muassisi bo‘lishga haqli emas. Oldingi tahrirga qarang. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son) Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling