Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


III. Davlat korxonasini boshqarish


Download 0.95 Mb.
bet4/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi

III. Davlat korxonasini boshqarish
111. Muassis, kuzatuv kengashi va ijroiya organi (rahbar) davlat korxonasining boshqaruv organlaridir.
Kuzatuv kengashning faoliyati, uning a’zolariga qo‘yiladigan talablar mazkur Nizom va muassisning qarori bilan tasdiqlanadigan korxonaning kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
(III bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
III. Muassisning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
12. Muassis qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega;
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat korxonasi faoliyatining maqsadi, predmeti, turlarini belgilash ;
o‘zi ta’sis etgan davlat korxonasi ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat korxonasi rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda muddatidan oldin to‘xtatish;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat korxonasini qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;
davlat korxonasi mulkiga oid bitishuvlarni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilish;
davlat korxonasining ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va ularni tasarruf etish;
zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga davlat korxonasini xususiylashtirish yoki davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat korxonasiga yetkazilgan zararlarni undirish to‘g‘risida davlat korxonasi rahbari va kuzatuv kengashi a’zolariga nisbatan da’vo taqdim etish;
(12-bandning to‘qizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kuzatuv kengashini tuzish, uning a’zolarini tayinlash va vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat korxonasining moliyaviy yil yakunlangach olti oydan kech bo‘lmagan muddatda taqsimlanadigan sof foydasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan ajratmadan tashqari qoladigan qismini olishga.
(12-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
13. Muassis quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat korxonasi rahbarini tayinlash, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq uning bilan mehnat shartnomasi tuzish;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
davlat korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida korxonaning ustav fondini unga davlat mulkini tezkorlik bilan boshqarish uchun berish yo‘li bilan shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
har yili ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichni nazarda tutuvchi korxonaning biznes-rejasini tasdiqlash, har yili kamida bir marta ijro etuvchi organning uning bajarilishi haqidagi hisobotini eshitish;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bozor qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ming baravari miqdoridan oshadigan mol-mulkini ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq mulkni tasarruf etish uchun davlat korxonasining ijro etuvchi organiga ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi qarorni tegishli ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishish.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
korxonaga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek uning begonalashtirilishini nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat unitar korxonalarining yillik yig‘ilishi yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkazilishi va davlat budjetiga ajratmalarni sof foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan 60 kundan kechiktirmay to‘lash.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyundagi 544-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 09/19/544/3376-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling