Ustav kapitali


Buxgalteriya hisobi schotlari


Download 57.98 Kb.
bet3/3
Sana15.01.2023
Hajmi57.98 Kb.
#1094511
1   2   3
Bog'liq
1-MАVZU. BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI VA METODI (1)

Buxgalteriya hisobi schotlari – bu korxona mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlash, joriy tartibda aks ettirish va nazorat qilish usulidir.
Xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir guruhi bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar olish uchun iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir xil bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini guruhlashda schotlardan foydalaniladi.
Xo‘jalik muomalasini buxgalteriya schotlarida aks ettirish ikki yoqlama yozuv usuli yordamida amalga oshiriladi. Bu usul xo‘jalik muomalalarining ikki taraflamalik xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, moddiy boyliklar sotib olish redm bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik muomalasi bir tomondan moddiy boyliklar zaxirasini ko‘paytirsa, ikkinchi tomondan pul mablag‘larining kamayishiga olib keladi. Xaridorda bu muomala aks ettirilganda sotib olingan Materiallarning kirimi va mol yetkazib beruvchiga to‘langan pul mablag‘larining chiqimi bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘zaro bog‘lanadi. Mol yetkazib beruvchi bu muomalani aks ettirganda, xaridordan kelgan pulning ko‘payishi va unga sotilgan Materialning kamayishini o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rsatadi.
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schotlarida joriy tartibda guruhlanadi. Tayyorlangan Materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan redm ko‘rsatilgan xizmatning tannarxini aniqlash buxgaltriya hisobida kalkulyatsiya deyiladi. Kalkulyatsiyaning rejadagi, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot kabi turlari mavjud. Hisobot kalkulyatsiyalari buxgalteriya hisobi schotlaridagi yozuvlar asosida tuziladi. Kalkulyatsiyalash qoidalarini yuqori organlar belgilaydi va ular barcha korxonalar uchun majburiydir.
Buxgalteriya hisobi schotlarida aks ettirilgan korxona mablag‘lari, mablag‘lar manbalari, xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar vaqti-vaqti bilan balans tarzida umumlashtirilishi zarur. Balansda xo‘jalik mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilib, unda xo‘jalikda qanday mablag‘lar mavjudligi va ular qaysi manbalar hisobidan tashkil topganligi hamda maqsadli tayinlanishi ko‘rsatiladi. Balans mavjud mablag‘lar bilan ularning tashkil topish manbalarini taqqoslab, xo‘jalik ahvolini o‘rganish imkonini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqida xulosa chiqarish uchun xo‘jalik mablag‘lari, ularning tarkibi va tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga ega bo‘lgan balansdan tashqari, korxonadagi ayrim bo‘limlar xo‘jalik faoliyatining umumiy ko‘rsatkichlari, xo‘jalik faoliyatining maxsus tomonlarini tavsiflaydigan ko‘rsatkichlar ham zarur bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish buxgalteriya hisobi metodining muhim usullaridan bo‘lgan hisobot yordamida yerishiladi. Ma'lum davr uchun xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi umumlashtirilgan va o‘zaro aloqadorlikni ta'minlaydigan ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi shakllar yig‘indisi hisobot deyiladi.
Download 57.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling