Ustivorlik. Kritik kuch va kuchlanishlarni aniqlash


-chizma. To‘g‘ri o‘qli siqilgan ingichka sterjenning muvozanat holati


Download 0.59 Mb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1528609
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oʻrinova Nodira Ustivorlik Kritik kuch va kuchlanishlarni aniqlash

16.2-chizma. To‘g‘ri o‘qli siqilgan ingichka sterjenning muvozanat holati.
Qaralayotgan siqilgan sterjenga kichik ko‘ndalang turtki bersak, u biroz egilib o‘zining dastlabki to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatiga darhol qaytib keladi. Unda sterjenning to‘g‘ri chiziqli muvozanat holati ustuvor holat deb ataladi.
Ikkinchi hol. Siquvchi kuchning qiymatini sekin-asta oshira borish yo‘li bilan
shunday bir qiymatini topish mumkin, siquvchi kuchning bu qiymatida ko‘ndalang
turtki berilsa ham, sterjen egilib o‘zining dastlabki to‘g‘ri chiziqli muvozanat
holatiga qaytmasdan, egri chiziqli muvozanat holatida ustuvor bo‘lib qoladi. Agar
sterjen o‘zining dastlabki to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatiga qaytarib keltirilsa, u
bu holatida ham ustuvor bo‘ladi. Bunda sterjenning muvozanat holati befarq holat
deb ataladi (16.2,b-chizma).Bu misollardan xulosa qilib aytish mumkinki, sterjenning ham to‘g‘ri chiziqli, ham egri chiziqli muvozanat holati ustuvor bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keluvchi F kr bilan belgilanadi.
Uchinchi hol. Siquvchi kuch qiymatini befarq holatga to‘g‘ri keluvchi kritik
siquvchi kuch kritik kuch deb ataladi va u kuch qiymatidan biroz orttirilsa, sterjen katta deformatsiya hosil qilib, o‘z ustuvorligini yo‘qotadi. Siqilgan sterjenning bunday holati noustuvor holat deb ataladi (16.2,d-chizma).
Sterjenlarning siquvchi bo‘ylama kuch ta’sirida to‘g‘ri chiziqli muvozanat
holatidagi ustuvorligini yo‘qotishi sababli egilishi bo‘ylama egilish deb ataladi.
Sterjenning egilishi natijasida eguvchi moment hosil bo‘ladi. Siquvchi kuchdan
hosil bo‘lgan kuchlanishga egilishdan hosil bo‘lgan kuchlanish qo‘shiladi va
natijada, sterjenning to‘satdan yemirilishiga sabab bo‘ladi. Kritik kuch ta’sirida elastik muvozanat holat ustuvorligini yo‘qotish faqat siqilgan sterjenlar uchun xos bo‘lib qolmasdan, balki konstruksiyalarning boshqa turdagi halqa, rama, plastinka, qobiq kabi elementlarida ham uchraydi.
Konstruksiya elementlarini ustuvorlikka to‘g‘ri hisoblashning qanchalik
dolzarb vazifa ekanligini quyidagi tarixiy ma’lumotlardan ham ko‘rish mumkin.
Adabiyotlardan ma’lumki, inshootlarni ustuvorlikka noto‘g‘ri hisoblash natijasida
ular yemirilib, ko‘pgina baxtsiz voqealar yuz bergan. Masalan: Shveytsariyaning
Menxenshteyn qishlog‘idagi ko‘prikda 1891-yil may oyida bo‘lgan fojia siqilgan
sterjenlarni ustuvorlikka to‘g‘ri hisoblash naqadar zarur va muhimligini ko‘rsatuvchi tarixiy dalildir. Baxtsiz voqea yuz berganda ko‘prikdan parovoz o‘tib
ulgurgan edi, lekin daryoga qulagan vagonlar uni ham tortib ketgan. Natijada 74
kishi vafot etgan va 200 dan ortiq kishi turli jarohatlar olgan 1907-yilda AQSHda Shimoliy Lavrentiya daryosiga qurilgan, bosh prolyoti 549 m bo‘lgan konsol sistemali katta ko‘prik ag‘darilib tushgan. Halokat natijasida 74 kishi halok bo‘lgan va 9 ming tonna metall konstruksiya butunlay ishdan chiqib suv ostiga cho‘kib ketgan. Kvebek ko‘prigini qurishda siqilgan yig‘ma sterjenlarning ustuvorlikka
noto‘g‘ri hisoblanishi natijasida ulkan fojiali halokat ro‘y bergan. Shunisi e’tiborga
loyiqki, bu voqeadan 9 yildan keyin, 1916 yilda o‘sha joyda o‘sha sxema bo‘yicha
yangi Kvebek ko‘prigini qurish nihoyasiga yetkazildi, baxtga qarshi ikkinchi marta
ham ko‘prik halokatga uchradi, chunki u vaqtlarda siqilgan sterjenlarni ustuvorlikka hisoblash nazariyasi mukammal emas edi. Demak, bo‘ylama egilish xavfli bo‘lib, unga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bulardan shunday xulosa kelib chiqadiki, sterjenning o‘lchamlari shu sterjen materialining xarakteristikalari va unga ta’sir etuvchi siquvchi kuch va boshqa omillar orasida shunday munosobatlarni topish lozimki, toki siqilgan sterjenning bo‘ylama egilish xavfsizligi ta’minlansin. Shunday qilib, sterjenga qo‘yilgan siquvchi kuch kritik
kuchdan bir necha marta kichik bo‘lishi shart ekan.
Siqilgan sterjenlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun ruxsat etilgan kuchkritik kuchdan yetarlicha kichik bo‘lishi shart:



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling