Ustunli kamera qazib olish tizimi parametrlarini hisoblash


Download 0.86 Mb.
bet2/4
Sana17.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1205083
1   2   3   4
Bog'liq
11-amaliy ish (1)

Qazish usullari: Zamin pog‘onalar bilan qazish (1-rasm). Kamera shifti ostidagi ilgarilovchi kov joy balandligi 5 m dan yuqori bo‘lganda kengligi 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak, balandligi 5 m dan kichikroq bo‘lgan hollarda kengligi 1,5 m gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Kamerada qazib olish ishlari ilgarilovchi kov joy va yuqorilovchi lahimdan kesma tirqish hosil qilinishi bilan boshlanadi. So‘ngi yillarda pog‘onalardan rudani vertikal skvajinalar hamda gorizontal shpurlar orqali ajratib olish keng qo‘llanilmoqda.
Qo‘llanilish sharoiti: Qalin ruda tanalarini qazib olishda, ruda va atrof tog‘ jinslarining turg‘unligi yuqori darajada bo‘lganda, qimmatbaho bo‘lmagan foydali qazilmalarni qazib olishda (muhofazalovchi seliklarning ko‘p miqdori qoldirilishi sababli); Ruda tanasi gorizontalga yaqin va gorizontal joylashgan holatlarda, bundan tashqari kov joyda qo‘porilgan rudani saralash imkoniyati mavjud bo‘lmaganligi tufayli ruda tanasida puch tog‘ jinslari hamda balansdan tashqari zaxira mavjud bo‘lmagan holatlarda .
Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari tizim unumdorligi rudani yuklashni va eltishini mexanizatsiyalash darajasiga bog‘liq holda yuqori ko‘rsatkichda bo‘ladi. Kunlik unumdorlik tuz konlarida 200-223 m3, ruda konlarida 50-60 m3 va undan yuqori bo‘ladi. Tayyorlov ishlarini solishtirma hajmi 1000 t rudaga 1,5÷2,5 m gacha o‘zgaradi.
Foydali qazilma isrofgarchiligi konning kon-texnik sharoitigi bog‘liq bo‘lib qoldirilgan tasmali seliklarda 40 % va undan ko‘proq, ustunsimon seliklarda 15-20 % ni tashkil etadi.
Foydali qazilmani sifatsizlanishi aksariyat konlarda 4-5% ni tashkil etadi. Ko‘p joyda rudani saralash imkoniyati mavjud bo‘lmaganligidan sifatsizlanish darajasini yanada pasaytirish imkoniyati yo‘q.
Afzalligi: kov joydagi ishchilar yuqori mehnat unumdorligiga erishilishi, tayyorlash ishlarning hajmi ko‘p emasligi, qazish ishlarini olib borishda mexanizatsiyalashtirish uchun qulay sharoit mavjudligi, qazib olish ishlari tannarxining arzonligi.
Kamchilligi: seliklarda ruda isrofgarchiligi yuqoriligi rudani saralab qazib olishning va kov joylarda ularni navlarga ajratishning imkoni yo‘qligi, qazib olish kov joyi shiptining doimiy nazorati qiyinligi. Kamerani ustunlab qazish tizimining asosiy kamchilligi, kameraning ochilgan shipi yuzasi ostida ishlashda uning xavfliligining yuqoriligi.


Masala: Quyidagi sharoitlar uchun ustunli kamera qazib olish tizimi parametrlarini hisoblansin.
Q azib olish ishlari bajarilayotgan chuqurlik N=115 m (ruda tanasi ustida yotgan jins qalinligi Nq =105 m); ruda tanasi qalinligi m=10 m: ruda tanasining yotish burchagi α=00-30; ruda zichligi γ=3,6 t/m3; rudaning mustahkamlik koeffitsienti f=11; konchilik korxonasining yillik ishlab chiqarish quvvati A=580 ming/t; bir yildagi ish kunlari 305 kun; kundagi smenalar soni 4: 2 smena tayyorlash va 2 smena qazib olish ishlari, smena davomiyligi 6 soat; panel eni 100 m, tasmasimon to‘siq selikning eni 12 m (10.2 rasm).
11.2 rasm. Ustunli kamera qazib olish tizimi



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling