Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Budrochtepa qadimiy shahar. Surxondaryo viloyati Denov
tumanida joylashgan. Maydoni salkam 120 ga. Unga Zaxartepa, Oqmozortepa va Dunyotepa deb nomlangan tepaliklar kiradi. Budrochtepa o‘rta asrlarda Chag‘oniyon deb atalib, podsho saroyi, shahriston va raboddan iborat bo‘lgan. Budrochtepa Afrosiyob devoriy rasmlaridagi sug‘dcha yozuvlarda “Chag‘oniyon”, arab manbalarida “Sag‘oniyon” deb atalgan. Ilk bor 1960 - yilda Budrochtepa O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan, 1960 - yildan beri shu ekspeditsiya tomonidan tadqiqotlar olb boriladi. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo‘lishicha, Budrochtepa o‘z boshidan bir necha tarixiy davrlarni (bosqichlarni) kechirgan: Birinchi bosqich: miloddan avvalgi 1- asr milodiy 1- asrlarda Oqmozortepa va Dunyotepa o‘rinlarida kichkina qishloq barpo etilgan; Ikkinchi bosqich: milodiy I-III asrlarda shahar hajmi 10 ga yetib, Oqmozortepa shoh saroyiga aylantirilib, 10 m qalinlikdagi mudofaa devori bilan o‘ralgan, Dunyotepa esa katta manzilgoh bo‘lgan; Uchinchi bosqich: milodiy III - V asrlar boshlarida shahar inqirozga yuz tutgan, mudofaa devorlari xarobaga aylangan; To‘rtinchi bosqich: V - asr oxiri va VIII asr boshlarida shahar yana tiklandi va 3 qismdan: shoh saroyi, shahriston va raboddan tashkil topgan. Shahriston atrofidagi devorning uzunligi 3 kmga yetgan; Beshinchi bosqich: VIII - IX asrlarda, arab istilosidan so‘ng shahar mavjud bo‘lib, uning hajmi bir oz kichik bo‘lgan; Oltinchi bosqich: X-XI asrlar birinchi yarmida shahar taraqqiy etgan. Shaharning umumiy maydoni 6 km 2 ga yetgan; Yettinch bosqich: XI-XII asr o‘rtalarida shahar saljuqiylar sultoni Aln Arslon tomonidan zabt etilgan. Ashyoviy dalillar shu paytda Dunyotepada hayot to‘xtaganligini va shahristonning ham mavqei pasayganligini ko‘rsatdi; 36 Sakkizinchi bosqich: XII asr o‘rtasi XIII asr boshlarida shahar yana tiklangan; To‘qqizinchi bosqich: XIII asr boshida shahar mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron qilinib XV asr boshlarida esa shahristonda hayot tamomila to‘xtagan, Dunyotepada hayot qisman kechgan, Oqmozortepa esa pishiq g‘ishtlar bilan tiklangan qabristonga aylantirilgan. Shahar o‘rni raboddan sharqda - G‘ishli degan joyda paydo bo‘lgan, u yerda madaniy qatlam 4 - 5 m ni tashkil qiladi; O‘ninchi bosqich: XVI asr boshlarida shayboniylar tomonidan shahar batamom vayron qilingan. Chag‘oniyon poytaxti endi Budrochtepadan 10 kmcha uzoqlikda joylashgan “Deh-i-nav”ga, hozirgi Denovga ko‘chgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida har bir davr uchun kerakli ashyoviy dalillar topilgan. Ular orasida sopol idish- tovoqdar, haykalchalar, Kushon podsholarining mis tangalari va so‘nggi davrdagi kumush va jez tangalari, toshdan va qimmatbaho ashyolardan tayyorlangan taqinchoqlar, shisha idishlar, temir va jezdan tayyorlangan qurol-aslahalar va uy-ro‘zg‘or buyumlari ko‘plab topilgan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling