Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Kattatepa o‘rta asr shahri bo‘lib VII-XII asrlarlarga tegishli. 
Sherobod (Surxondaryo viloyati) dan 7 km janubiy-g‘arbda 
joylashgan. Maydoni 20 ga. Termiz viloyatidagi ilk o‘rta asrlarga oid 
eng yirik shahar xarobasi hisoblanadi. Kattatepa 3 qism va raboddan 
iborat bo‘lib, ularning barchasi mudofaa devori bilan o‘rab olingan. 


38 
Bu yerdan VII asr oxiri VIII asr 1-yarmiga oid sopol parchalari 
topilib, ularda Qur’on oyatlari bitilgan. E.V.Rtveladzening fikricha, 
Kattatepa o‘rnida ilk o‘rta asrlarda Xushvarog‘ shahri joylashgan.
Xushvarog‘ atrofi 3 qator mudofaa devorlari bilan o‘ralgan yirik 
shahar bo‘lib, arablar istilosidan avval Sheroboddaryo havzasidagi 
Kufton rustoqining markazi hisoblangan. V-VIII asrlarda shaharning 
o‘z zarbxonasi bo‘lib, faqat Sheroboddaryo havzasida muomalada 
bo‘lgan kumush va mis tangalar zarb etilgan. VIII asrning 1-yarmida 
Xushvarog‘ shahri arablar tomonidan vayron qilingan, lekin bir oz 
vaqtdan so‘ng, Abu Muslim davrida Hoshimgird nomi bilan qayta 
tiklangan. XI-XII asr manbalarida Hoshimgird qayd etilmagan. 
Kattatepadagi hayot bu davrga kelib so‘ngan, uning aholisi esa 
Sherobod atrofidagi kushonlar davriga oid Kofirqal’a shahar xarobasi 
arki o‘rnida vujudga kelgan yangi qishloqqa ko‘chgan. 
Mirzaqultepa ilk kushonlar davriga oid qo‘rg‘on bo‘lib 
miloddan avvalgi 1 - asr oxiri - milodiy I asr boshi. Termiz shahri 
aeroporti hududida, qadimgi Termiz shahrini suv bilan ta’minlovchi 
Surxondaryodan chiqarilgan kanalning o‘rta oqimida joylashgan. 
Yodgorlikning kvadrat shaklda saqlanib qolgan qismi 1 ga 
maydonini egallab, balandligi 3 m ni tashkil qiladi. 1973 – 1976 va 
1974 – 1980-yillarda O‘zbekiston FA Arxeologiya institutining 
Baqtriya ekspeditsiyasi Sh. Pidaev tomonidan Mirzaqultepaning 
janubiy qismida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilgan. 2 me’moriy 
bosqich qayd etilgan. Qazishma ishlari yuqori me’moriy bosqich 
sathida olib borilgan va qo‘rg‘onning mudofaa devorlari va yuzga 
yaqin turli hajmdagi to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat shakldagi 
xonalar, ko‘cha va yo‘laklar ochib o‘rganilgan.
Qo‘rg‘on va uy devorlari kvadrat shakldagi xom g‘ishtdan 
qurilgan va bular o‘zlarining simmetrik ko‘rinishlari bilan ajralib 
turadi. Har bir uy 3 - 5 xonadan iborat. Don mahsulotlarini xumlarda 
saqlaydigan maxsus omborxonalar ochilgan. Mirzaqultepadan yuqori 
sifatli sopol idishlar, temir va jezdan tayyorlangan ko‘zgu, 
paykonlar, pichoq va o‘roqlar, tosh yorg‘uchoqlar, tegirmontoshlar, 
urchuqlar, bezak buyumlar, suyakdan ishlangan tugmalar, erkak 
va ayol ma’budlarning terrakota haykalchalari, aholi tomonidan 
ilohiylashtirilgan suvoriy, xo‘kiz, fil, maymun, yo‘lbars kabilarning 
haykalchalari, sopolga bitilgan baqtr yozuvi va Yunon-Baqtriya 
podshosi Geliokl tangalariga taqlid qilib zarb qilingan jez tangalar va 


39 
boshqalar topilgan. Aholi, asosan, dehqonchilik bilan mashg‘ul 
bo‘lgan. Milodiy II asrda Mirzaqultepa xarobalarida bir necha qabr 
paydo bo‘lgan. Mirzaqultepadan 300 - 350 m shimoliy-sharqda 
qabriston joylashgan, unda 10 ga yaqin qabrlar saqlanib qolgan.
Ayritom Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryo qirg‘og‘ida 
joylashgan. Dastlab Ayritom yaqinida Amudaryo tubidan odam 
haykalchalari ishlangan friz(piramon) parchalari topilgan (1932), 1933 
-yil M.V.Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks 
ekspeditsiyasi Ayritomda qazish ishlari olib borib, yana 7 ta friz 
bo‘laklari hamda budda ibodatxonasi xarobasini topgan. Frizlar 1-II 
asrlarga oid bo‘lib, ularda qo‘shnay, chiltor, ud, nog‘ora chalayotgan 
sozandalar va gulchambarlar, meva solingan idishlar ko‘tarib olgan 
yigit-qizlar ifodalangan. Bundan tashqari Ayritomdan miloddan 
avvalgi II asr oxiri va milodiy IV asrlarga oid ikkita qabr topilib, 
ularning biridan qurol-yarog‘lari bilan birga dafn qilingan 
jangchining, ikkinchisidan idish-tovoqlar hamda zeb-ziynatlar bilan 
ko‘milgan ayolning skeletlari chiqqan.
B.Turg‘unov 1963-1966 -yillarda Ayritomda O‘zbekiston 
san’atshunoslik ekspeditsiyasi ham qazish ishlari olib borgan. 
Devorlarining qalinligi 1,5 m, balandligi. 2-2,5 m bo‘lgan 15 ga yaqin 
eshik va derazasiz xonalar diniy marosimlar o‘tkazilgan xonalar 
topilgan. Xonalarga yuqoridan maxsus zinalar orqali tushilgan. 1978 - 
yilda olib borilgan qazilmada yunon alifbosida 6 qator qilib bitilgan 
yozuvi bor haykal tagkursisi topilgan. Ayritom moddiy-madaniy 
yodgorliklari o‘zbek xalqining kushonlar davridagi tarixini, madaniy 
merosini, urf-odatlarini va boshqalarni o‘rganishda katta ahamiyatga 
ega. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling