Utayeva feruza xolmamatovna


 Chag‘oniyon, Budrochtepa qadimiy shahar


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

3.2. Chag‘oniyon, Budrochtepa qadimiy shahar
Chag‘oniyon qadimiy shahar bo‘lib arabchada Sag‘oniyon deb 
yuritilgan Surxondaryo (Chag‘onrud) ning o‘rta va yuqori oqimi 
bo‘ylarida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat. Dastlab Syan Szan 
tomonidan milodiy taxminan 630 -yilda qayd etilgan. Bu hududda 
insonlar yashaganligining eng qadimgi izlari mezolit va neolit 
davrlariga oid. Miloddan avvalgi 2-ming -yillikning 2-yarmida bu 
yerda ilk dehqonchilik manzilgohlari (Mo‘lalitepa), miloddan 
avvalgi 1-ming -yillik o‘rtasida esa ilk shahar Qiziltepa vujudga 
kelgan. Miloddan avvalgi 1-asr milodiy 1 - asrda Chag‘oniyon 


34 
yuechjiylar davlatining asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Milodiy 
I - III asrlarda Chag‘oniyon Kushon podsholigi tarkibiga kirgan.
Chag‘oniyonning iqtisodi va madaniyati bu davrda ravnaq 
topgan, ko‘plab shahar va qishloqlar vujudga kelgan, tovar-pul 
munosabatlari, sug‘orma dehqonchilik, turli kasb-hunarlar, tasviriy 
va amaliy san’at ayniqsa, haykaltaroshlik rivojlangan. Milodiy III-
IV asrlarning 2-yarmida Chag‘oniyon sosoniy kushonshohlar qo‘l 
ostida bo‘lgan. Milodiy V asrning 2-yarmi VI asrda viloyat avval 
Eftaliylar, so‘ngra Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. VI asrning 2-
yarmidan VIII asrning 2 - yarmigacha Chag‘oniyonni mahalliy 
sulola boshqargan, u nomigagina Toxaristonning oliy hukmdorlari 
turkiy yabg‘ularga bo‘ysungan.
Chag‘oniyonning ayrim hukmdorlari yoki chag‘onxudotlarning 
ismlari yozma, epigrafik va numizmatik ma’lumotlar bo‘yicha 
aniqlangan: Fag‘anish, Sashr, Zarin, Turontosh, Tish, Xnar. Milodiy 
VII asrning 2 - yarmida Chag‘oniyonga arablar kirib kelgan, ular VIII 
- asr oxirida mahalliy sulolani tugatganlar. IX asr ning o‘rtasi yoxud 
2 - yarmidan XI asr boshigacha Chag‘oniyon - somoniylarning eng 
qudratli yarim mustaqil vassallaridan hisoblangan muxtojiylar 
sulolasidan bo‘lgan hokimlarning merosiy mulki bo‘lgan. Bu sulola 
amirlari Abu Bakr Muhammad bin Muzaffar (940/941 -yilda vafot 
etgan), ayniqsa, Ahmad bin Abu Bakr Muhammad - Abu Ali 
Chag‘oniy (955/956 -yilda) Somoniylar saroyida eng muhim 
ma’muriy mansablarni (jumladan, Xuroson noibi va sipohsolorlik) 
egallaganlar. Muxtojiylar davrida Chag‘oniyon tarkibiga hozirgi 
Surxondaryo viloyatidan tashqari Tojikistonning shimoliy-g‘arbidagi 
Shuman va Oxarun viloyatlari kirgan.
Chag‘oniyon poytaxti ham Sag‘oniyon deb atalib, Denovdan 6 km 
janubiy-sharqdagi 
Budroch 
shahri 
xarobasi 
o‘rnida bo‘lgan. 
Chag‘oniyon (Sag‘oniyon) shahri bu davrda Markaziy Osiyoning eng 
yirik iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan. Chag‘oniyon 
amiri Ahmad ibn Muhammad esa ko‘plab buyuk shoirlar Daqiqiy, 
Farruxiy, Manjuqiy homiysi (mamdux) sifatida Sharqda shuhrat 
qozongan. XI asrning 1 - yarmida Chag‘oniyon ma’lum darajada 
qoraxoniylarga qaram bo‘lgan, ayrim vaqtlarda u mustaqil mulk 
hisoblangan. XI asrning 2-yarmi XII asrning 1-yarmida Chag‘oniyon 
Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. XII asrning 2-yarmi XIII asr 
boshi Chag‘oniyonni qoraxoniylar, qarluqlar, g‘uriylar, xorazmshoxlar 


35 
idora etgan. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng XIII asr o‘rtasida 
Chag‘oniyon Chig‘atoyxonning nabirasi Yesun Tuvaning, so‘ngra 
uning o‘g‘li Baroqning merosiy mulkiga aylangan. Bu davrda Yangi 
shahar ilgarigi rabod o‘rnida vujudga kelib XVI - asr boshiga qadar 
mavjud bo‘lgan, so‘ngra Shayboniyxon tomonidan bosib olingan. 
Shundan so‘ng asosiy markaz Dehinav (hozirgi Denov) ga ko‘chgan. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling