Utayeva feruza xolmamatovna


 Amir Temur va temuriylar davrida Termiz shahri


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

3.6. Amir Temur va temuriylar davrida Termiz shahri 


47 
Amir Temur 1370 -yil Movarounnahrni egallagach, Termiz 
Surxondaryo vohasi bilan birga Temur davlati tarkibiga kirdi. 
Surxon vohasining rivojida Amir Temur shaxsining alohida o‘rni bor. 
Keyingi tarixiy izlanishlar shu narsani aniq ta’kidlamoqdaki, Amir 
Temurning davlat boshqaruv faoliyatida Surxon vohasining o‘ziga xos 
o‘rni bo‘lib, uning janubiy mamlakatlar bilan olib borgan jamiki 
harakati Termiz bilan bog‘liq edi. Amir Temur o‘z armiyasiga yangi 
kuch qo‘shib, uning iqtisodiy ta’minotini Termizda mustahkamladi.
Amir Temurning Termizga yaqin Biyo qishlog‘ida to‘xtab, 
“Temur tuzuklari”da qayd etilgan: “Birinchisi - davlat va saltanatimga 
bog‘langan mening birinchi tuzugim - Tangri taoloning dini va 
Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim. Har yerda 
va har vaqt islom dinini quvvatladim” degan fikrni bildirgan. Chunki, 
Biyo qishlog’ida Amir Temur Makkayu Mukarrama sayyidlarining 
boshlig‘i Sayyid Baraka bilan uchrashadi.
Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarida ko‘hna Termiz 
haqida ma’lumot berar ekan, 1399-yil 11- sentabrda Kesh 
(Shahrisabz)dan Balxga borayotgan Amir Temur bir necha termizlik 
sayyidlarning qabrlarini, jumladan, Xoja Muhammad Ali Hakim 
Termiziy va Shayx Abu Bakr Varroqning mozorlarini ziyorat qilib 
o‘tganligini eslatadi. Amir Temur 1404 -yilning yozida Balxdan 
orqaga qaytayotganida ham Termiz sayyidlaridan Xudovanzoda A’lo 
al-muluk xonadonida to‘xtab o‘tadi. 1404-yilning kuzida Ispaniya 
qiroli Genrix III ning elchisi Klavixo ham Termizda bo‘gan edi. Rui 
Gonsales de Klavixoning “Samarqandga, Temur huzuriga sayohat 
kundaligi” (1403-1406 yy) dagi ma’lumotga ko‘ra, Temur Xurosonga 
qilayotgan yurishida Amudaryoga qayiq ustida turuvchi yog‘och 
ko‘prik qurdiradi va qo‘shinlar o‘tib bo‘lgach, uni buzdirib tashlaydi. 
Bu davrda Kichik Hindiston deb ataluvchi mazkur hudud Balx 
tumaniga qarashli edi. Termiz tumaniga tegishli qadimgi kechuv 
joylari Sho‘rob va Cho‘chqa Guzar Aleksandr Makedonskiygacha 
ham bor edi, bu joylar ilgari Kichik Hindistonga bo‘ysungan bo‘lsa, 
endi Amir Temur tomonidan Samarqand saltanatiga bo‘ysundirildi, 
deb qayd etildi. Sohibqiron saroyiga Kastiliya va Lion qiroli Genrix 
III nomidan elchi bo‘lib kelgan Rui Gonzalis de Klavixo Termiz 
shahrini shunday ta’riflaydi: “Termiz juda katta va aholisi zich, unda 
tashqi devor mudofaa istehkomlari yo‘q. Shahar atrofida ko‘plab 
bog‘lar va anhorlar joylashgan. Bu shaharga kirganimizdan so‘ng 


48 
doimo xilma-xil mollar sotiladigan gavjum ko‘cha va maydonlardan 
yurib bordik. Bu shahar elchilarga ko‘p marotaba marhamat 
ko‘rsatdilar”. Xuroson hukmdori Shohrux Mirzoning Anhud va Balx 
viloyatlarida ta’siri kuchayishidan tahlikaga tushgan Xalil Sulton 
1407-yilda Amudaryo bo‘ylab joylashgan Termiz qal’asini qayta 
tiklagan.1431-yili Shohruh Mirzo topshirig‘iga ko‘ra yozilgan Hofizi 
Abruning geografiyaga doir asarida Amudaryoning Orol dengiziga 
emas, balki Kaspiy dengiziga quyilishi, Movarounnahr va uning yirik 
shaharlari Buxoro, Samarqand, Kesh, Nasaf, Termiz, Xo‘jand haqida 
ma’lumotlar berilgan. Hofizi Abru Termiz shahri bilan qal’a bir joyda, 
bundan tashqari, Termiz tashqi shaharga ham ega ekanligini, imoratlar 
paxsadan qurilgan, bozor va jome masjidi shaharning markazida 
bo‘lganligini ta’kidlaydi. Buyuk geografik kashfiyotlar arafasida 
bo‘lgan Temur davri butun Turon zamin xalqaro savdosining yuksak 
rivojlangan bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Kichik Hindiston (g‘arbiy 
Yevropa adabiyotida Kichik Hindiston va Eron oralig‘idagi hududlar, 
ya’ni Afg’oniston, Belujiston va Mekron nazarda tutilgan)dan 
Samarqand sari yo‘l olgan karvonlar Termiz kechuvidan o‘tgan. 
Bundan ko‘rinadiki, Surxon vohasi hududi Temur davri savdosida 
muhim ahamiyat kasb etgan. Temur va temuriylar davrida vohada 
nafaqat savdo, balki iqtisodiy hamda madaniy siljishlar ham yuz 
berganini XIV-XV asrlarga oid bo‘lgan 80 dan ortiq obidadan 
topilgan ashyoviy manbalar isbot eta oladi. Bu yodgorliklardan qazib 
olingan, sifat darajasi bilan Xitoy chinnisiga tenglashgan sopol 
buyumlar, zargarlik namunalari, me’moriy koshinlar Surxon vohasi 
amaliy san’atining Temur davlati markaziy shaharlari madaniyati 
bilan hamohang taraqqiy etganligidan dalolat beradi. 
1407 -yilda Temuriy Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi 
Termiz qal’asi qayta tiklandi. Ko‘p o‘tmay o‘z tangalarini zarb 
etadigan katta shaharga aylandi.
1504 - 1505 -yillarda shaharni Shayboniyxon egalladi. 
Keyinchalik turli sulolalar tasarrufida bo‘lib, XVIII asrning 2 - 
yarmida shahar o‘zaro urushlar natijasida butunlay vayron qilingan. 
Faqat, uning atrofidagi Pattakesar va Solihobod qishloqlari saqlanib 
qolgan. 
Mustaqillik yillarida shaharlarning va mutaffakirlarning 
yubiliylari keng nishonlandi. Jumladan, Termizda islom dini 
arboblaridan Hakim at-Termiziy, Shaxobuddin Sobir Termiziy, 


49 
Muhammad ibn Hamid Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy kabi 
olimlar yashab o‘tishgan. Termizda 1999 - yilda Alpomish dostonining 
1000 yilligi, 2002 - yilda xalqaro miqyosda Termizning 2500 yillik 
yubileyi o‘tkazildi. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling