Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Kuyovqo‘rg‘on ilk o‘rta asrlarga oid badavlat dehqon qo‘rg‘oni 
milodiy V asr. Yodgorlik Termizdan 26 km shimolida, Angor 
tumanida, Zartepadan 300 m sharqda joylashgan. Kuyovqo‘rg‘on 
1977 -yilda Arxeologiya institutining Baqtriya ekspeditsiyasi 
tomonidan to‘liq ochib o‘rganilgan (Pidaev Sh.P.). Qo‘rg‘on 2 
qavatli bino bo‘lib, kvadrat shakldagi (20x18) paxsa ko‘tarma 
(platforma) ustiga qurilgan. Binoning ikkala qavatida 5 - 6 tadan 
xona mavjud. Bu yerda mehmonxona, yotoqxona va xo‘jalik 
xonalari bo‘lgan. Xo‘jalik xonalari uzun yo‘laksimon shaklda bo‘lib, 
ularning tomi ravoqsimon qilib xom g‘ishtlardan terib chiqilgan. 


40 
Qolgan xonalar yassi qilib yopilgan. Bino darvozasi qo‘rg‘onning 
shimoliy tomonida joylashgan.
Kuyovqo‘rg‘on tarixida 2 me’moriy bosqich qayd qilingan. 2 - 
bosqichda bino xonalari tuzilishiga ayrim o‘zgartirishlar kiritilgan. 
Qurilish materiallari sifatida to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi xom 
g‘ishtlardan foydalanilgan. Qo‘rg‘onni o‘rganish davomida turli 
shakldagi sopol idishlar va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlari topilgan. 
Topilmalar orasida loyganchdan ishlangan monumental haykallar 
alohida o‘rin egallaydi. Haykallarda oqsuyak ayol va erkaklar aks 
ettirilgan. Haykallarning har biri o‘ziga xos ko‘rinishga ega. 
Haykaltarosh 
yaratilayotgan 
haykallarga 
jo‘shqin 
hayotiylik 
baxshida etgan. Har bir haykal o‘zining badiiy barkamolligi bilan 
ajralib turadi. Haykallarda kushon davri haykaltaroshligining an’analari 
o‘z ifodasini topgan. Haykallar qo‘rg‘onning 2 - qavatida joylashgan 
mehmonxonaning 3 devorini bezatib turgan. 4 - devor rangli surat 
bilan naqshlangan. Kuyovqo‘rg‘on haykallari O‘rta Osiyodagi ilk 
asrlarga oid hayotiy obrazlarni o‘zida mujassamlashtirgan yagona 
haykaltaroshlik 
namunasidir. 
Haykallar 
ilk 
o‘rta asrlardagi 
Toxaristonning boy va yuqori rivojlangan moddiy va ma’naviy 
madaniyatidan dalolat beradi. Kuyovqo‘rg‘on ilk o‘rta asrlarga xos 
bo‘lgan qo‘rg‘on me’morligining dastlabki ko‘rinishidir. Qo‘rg‘on 
o‘zining ilg‘or me’moriy yechimlari bilan ajralib turadi. Shahar 
aholisi hunarmandchilikning turli xil turlari bilan mashg‘ul 
bo‘lganlar. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling