Utayeva feruza xolmamatovna


Kasbitepa, (K a s b a , K a s b i )


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Kasbitepa, (K a s b a , K a s b i )  - milodiy I-II va XIII asr 
boshlariga mansub qadimgi shahar. Qarshidan 35 km janubiy-g‘arbda 
joylashgan. Kasbitepaning eng quyi arxeologik madaniy qatlamlari 
milodning boshlariga oid. Hududi taxminan 2 ga bo‘lgan. 589 - yilda 
sosoniylar sarkardasi Bahrom Cho‘bin turkiy qavmlar ustidan zafar 
qozonib Kasbitepa qal’asini egallagan. Sosoniylarning Sug‘d bilan 
chegaradosh yerida qurilgan Kazbion qal’asi arman manbalarida V 
asr deb qayd etilgan. M.V.Massonning fikricha, bu qal’a Kasbitepa 
arki o‘rnida joylashgan. Arkning balandligi 18 m, maydoni 180x120 m 
ni tashkil qilgan. Uning atrofi devor bilan o‘ralgan. Janubiy-sharq 
tomon cho‘zilgan rabodning uzunligi 1 km. 
Ilk o‘rta asr qal’asi va qishlog‘i o‘rnida X-XII asrlarda Kasbitepa 
shahri rivojlangan. X asrda Kasbitepa shahri manbalarga ko‘ra, hatto 
Nasafdan ham ulkan bo‘lgan. Shaharning jome masjidi, bozorlari 
bo‘lib, hunarmandchilik, shahar atrofida dehqonchilik taraqqiy etgan. 
Kasbitepa Buxoro-Nasaf-Termiz karvon yo‘lida joylashganligi 
tufayli yirik savdo markaziga aylangan. XIII asr boshi Mo‘g‘ullar 
istilosi natijasida vayron bo‘lgan. XVII asrda Kasbitepada “sayyidlar” 
xonadoni yashagan. Kasbitepa o‘rnida keyinchalik Kasbitepa 
qishlog‘i vujudga kelgan. Kasbitepada XI-XII asrlarga ta’luqli Sulton 
Mir Haydar nomi bilan mashhur maqbaralarning katta majmuasi 
saqlangan. 


57 
Kojartepa Qashqadaryo vohasidagi milodiy III – IV - XIII asr 
boshlariga ta’luqli qadimgi shahar. Dastlab qishloq va so‘ngra shahar 
maqomini olgan. Aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq 
bilan shug‘ullangan va shahar rivojlanib borgan. Shulluktepadan 15 km 
masofada joylashgan. Kojartepa ark va shahristondan iborat bo‘lib, 
atrofi qalinligi 4 m lik mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Kojartepa 
qal’asi III - IV asrlarda qurilib, uning atrofida qishloq vujudga kelgan. 
VII - VIII asrlarda mudofaa devori bilan o‘ralgan. IX-XII asrlarda 
Kojartepa vohaning kichik savdo-hunarmandchilik markazlaridan 
sanalgan. Mo‘g‘ullar istilosi davrida vayron bo‘lgan. Kojar qishlog‘i 
hozir ham mavjud. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling