Utayeva feruza xolmamatovna
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
Kishmishtepa - ilk o‘rta asr shahari bo‘lib milodiy V-XIII
asrlarlarga ta’luqli. Qashqadaryo viloyatidagi Chiroqchi shahri yonida joylashgan. O‘rta asr manbalaridagi Xushminjakas yoxud Xushminchkat shahri Kishmishtepa o‘rnida bo‘lgan. Kishmishtepa ark, shahriston va keng raboddan iborat. Shahristonning umumiy maydoni 24 ga ni tashkil qilib, u mudofaa devori va xandaq bilan o‘rab olingan. Kishmishtepaning eng quyi qatlamlari milodiy V-VI asrlarga oid. Shahriston atrofidagi devor VII-VIII asrlarga mansub. IX - X asrlarga kelib shahar kengayib, vohaning yirik shaharlaridan biriga aylangan. XIII asr boshida mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng shahar vayron bo‘lib, hayot hozirgi Chiroqchi o‘rnida qayta tiklangan. Kamaytepa - o‘rta asr shahari milodiy V-XVIII asrlarga tegishli. Qashqadaryo vodiysining o‘rta qismida, daryodan 1 km uzoqlikda. Chim qishlog‘i chekkasida joylashgan. 1964-1966--yillarda N.I.Krasheninnikova, S.B.Lunina hamkorligida Qashqadaryo arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilgan. Kamaytepa 3 qismdan - ark, shahriston va raboddan iborat. Arkning balandligi 20 m deyarli to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida (190x175 m), shahriston g‘arbdan sharqqa cho‘zilgan, uzunligi 450 m, kengligi - 350 m. Arkka qiya yo‘lka (pandus) orqali ko‘tarilganlar. Arkdan ilk o‘rta asrlarga oid sopol idishlar topilgan. Hozirda ark ichidagi tepalik qabristonga aylantirilgan. Kamaytepadan topilgan terrakota (sopol) taxtachada 2 shoxli bosh kiyim kiygan, so‘l qo‘lida dumaloq meva (olma) tutgan, o‘ng qo‘lining panjalarini ochgan holda baland ko‘targan bir shaxsning tasviri (milodiy V asr) aks etgan. Kindiktepa - o‘rta asrlarga ya’ni, milodiy VI-XII asrlar ta’luqli qishloq). Qashqadaryo viloyatidagi Yakkabog‘ tumanida joylashgan. 58 Dastlab G.Ya.Dresvyanskaya, so‘ngra S.B.Lunina (1980 -yildan) qazishma ishlari olib borgan. Kindiktepaning janubiy qismida maydoni 35x20 m keladigan baland tepalik bor. Kindiktepa aholisi qadimgi Bolxonariqdan suv ichgan. Kindiktepaning mudofaa devori bo‘lmagan. Qazishma ishlari markaziy tepalik VI-VIII asrlarda mahalliy zodagonning uy-qasri bo‘lganligi va uning atrofida qishloq vujudga kelganligini ko‘rsatdi. IX asrda uy-qasr tashlandiq holga kelgan va markaziy tepalikda hayot qayta jonlanmagan. X -XII asrlarda Kindiktepa yirik qishloqqa aylangan, u mana shu davrdagi bir qancha qishloqlarni (Poxoltepa, Katta Javog‘atepa, Kichik Javog‘a, Bo‘stontepa va boshqa) o‘z ta’sir doirasiga kiritgan kichik rustoqning markazi bo‘lganligi taxmin qilinadi. Kindiktepadan tarvuz urug‘i topilganligi aholining polizchilik bilan ham shug‘ullanganligini ko‘rsatadi.Turar joy binolari qoldiqlari, ko‘plab sopol idish parchalari va boshqalar chiqqan. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling