Utayeva feruza xolmamatovna
Yerqo‘rg‘on, Kishmishtepa, Kojartepa
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kindaklitepa
4.3. Yerqo‘rg‘on, Kishmishtepa, Kojartepa,
Kasbitepa qadimgi shaharlar Yerqo‘rg‘on miloddan avvalgi IX-VIII asrlar va milodiy VI asrlarga ta’luqli qadimgi shahar. Qarshi shahridan 10 km shimolda joylashgan. Tarixiy manbalarda Baxl, Bolo, Valaam, Nashebolo deb tilga olingan. Yerqo‘rg‘onda dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zolari L.I.Zimin, I. Kastane, 1946 -yil arxeolog A.I.Terenojkin , 1946-1972 - yillar (tanaffus bilan), 1959-1964 - yillar Ya.G‘ulomov, 1963-1964 - yillar M.V.Masson tekshirishlar olib borgan. 1973 - yildan O‘zbekiston FA Arxeologiya institutining Qashqadaryo ekspeditsiyasi qazish ishlari olib bordi. Mustaqillik yillarida arxeologik hududlarni o‘rganishga xorij texnika va texnologiyasi jalb etildi. Yerqo‘rg‘on xarobasi qal’a va shahristondan iborat bo‘lib, umumiy maydoni 150 ga, burjlar bilan mustahkamlangan 2 qator mudofaa devori bilan o‘ralgan. Ichki devori (balandligi 8 m gacha) beshburchak tarhli bo‘lib, taxminan 40 ga maydonni o‘ragan atrofi xandaq bo‘lgan. Unda qal’a, saroy majmuasi, ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joylar va boshqalar joylashgan. Kulollar mahallasidan bir necha xona, ustaxona qazib ochilgan, uning tagidan eng qadimgi mudofaa devori qoldiqlari topildi (miloddan avvalgi VIII-VII asrlar). Ibodatxona sella (sajdagoh), bir necha kichik xona hamda ayvondan iborat bo‘lgan. Shahar ikkinchi qator devorlari ichidan daxma, maqbara, temirchilar mahallasi kavlab o‘rganilgan. Qazish vaqtida sopol idish (xum, xumcha, ho‘qacha, kosalar, tova, qozon, tog‘ora, qadah va boshqalar), diniy marosimlarda ishlatiladigan asboblar, ma’budalarning sopol haykalchalari, Naxshab tangasi (III-VI asrlar), so‘g‘d yozuvi namunalari, muxr nusxasi topilgan. Kindaklitepa - miloddan avvalgi IV milodiy VI-VII asrlardagi qadimgi qishloq. Qashqadaryo vohasining o‘rta qismida, Qorabog‘ qishlog‘i yaqinida joylashgan. Mazkur qishloq xarobasi o‘zi joylashgan tepalik (balandligi 12 m, maydoni 0,25 ga) ning shakliga ko‘ra shunday nom olgan. 1955-1957 -yillarda V.D.Jukov rahbarligida Qashqadaryo arxeologiya-topografiya ekspeditsiyasi bu yerda qazish ishlari olib borgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqtida madaniy qatlamlar 56 orasida puxta qilib qurilgan bir qancha to‘rtburchak shakldagi inshootlar qoldiqlari borligi aniqlandi. Saqlanib qolgan devorlarning balandligi 0,7 m dan 3 m gacha, qalinligi 1,4 m dan 1,7 m gacha bo‘lib, ba’zilari xom g‘isht va ba’zilari paxsadan qurilgan. Kindaklitepadan sopol idishlar siniqlari, ko‘za va xumlar, qozon va o‘choqlar, suyak, tosh, mis, temir va shishadan qilintan buyumlar, chiroqdonlar, o‘g‘ir va yorg‘uchoqlar, sopol muhr va tugmalar, urchuq hamda to‘quvchilik dastgohlarida ishlatiladigan konussimon, bikonussimon va yassi yuk toshlari hamda kulolchilik dastgohlari bo‘laklari topildi. Urchuq va to‘quv dastgohlarida ishlatiladigan yuk toshlari to‘quvchilik Kindakltepa aholisining asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lganligini ko‘rsatdi. Mazkur ashyoviy dalillar va ilmiy tadqiqotlar natijasida Kindaklitepa aholisining o‘troq tarzda hayot kechirib, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan mashg‘ul bo‘lganligi hamda keyinchalik suv tanqisligi oqibatida bu yerni tark etganligi aniqlandi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling