Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Manba va adabyotlar


51 
1. Аннаев Т., Шайдуллаев Ш. Сурхондарё тарихидан 
лавҳалар. Тошкент, 1997. 
2. Асқаров А. Энг қадимги шаҳар. Тошкент, 2001 
3. Алламберганов М. Қадимий мудофа деворлари. Тошкент, 
2007. 
4. Норқулов Н., Низомиддинов Н. Миниатюра тарихидан 
лавҳалар.Тошкент, 1970. 
5. Пидаев Ш. Сирли кушонлар салтанати. Тошкент: Фан, 
1990. 
6. Ўзбекистон тарихи моддий маданият ва ёзма манбаларда. 
Масъул муҳаррир
Анорбоев. Тошкент: Фан, 2005. 
7. Қораев С. Топонимика. Тошкент, 2006 
4 - mavzu: Qarshqadaryo vohasi shaharlar urbanizatsiyasi 
Reja: 
4.1. Kesh tarixiy hujjatlarda 
4.2. Shahrisabz - Qashqadaryo viloyatidagi shahar 
4.3. Yerqo‘rg‘on, Kishmishtepa, Kojartepa, Kasbitepa qadimgi 
shaharlar 
4.4. Amir Temur va Temuriylar davrida Qashqadaryo vohasi 
shaharsozligi
4.5. Qashqadaryodagi me’moriy yodgorlilar 
Tayanch so‘z va iboralar: Kamaytepa-Kesh, Kitob - Shahrisabz 
vohasi, Sharafuddin Ali Yazdiy, Oqsaroy majmuasi, Husamota 
majmuasi, Hazrati Imom maqbarasi, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2002 -yilda 29 martda Shahrisabzning 
2700 -yil yubileyi,“Dilkash”,Qubbatul ilm val-abad
 
4.1. Kesh tarixiy hujjatlarda 
Kesh tarixiy shahar hisoblanib, arab manbalarida Kashsh, Kass, 
Kise nomlari bilan tilga olingan. Hozirgi Qashqadaryo viloyatining 
shimoliy-sharqiy qismini egallagan. Dastlab Kesh Kitob o‘rnida 
bo‘lgan, keyin IX-X asrlarda Shahrisabz hududiga ko‘chgan. Kesh 
nomining xitoycha transkripsiyasi birinchi marta VII asrga oid xitoy 
yozma manbalarida Syuysha shaklida uchraydi. Uning sug‘d tilidagi 
nomi esa VII asr oxiri VIII asr boshlarida hukmdorlik qilgan Kesh 
hokimi Axurpat tangalarida hamda VIII asr o‘rtalarida Keshni idora 


52 
qilgan hokim Ixridning dastlabki arabcha fale (tanga) larida ilk bor 
zikr etilgan. “Kesh” atamasining kelib chiqishi Qashqa-Qashqrud 
nomi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. A.Muhammadjonov fikrga ko‘ra, 
“Kesh” toponimining ma’nosi ilk bor uy, qishloq, shahar, 
poytaxt,viloyat, el-yurt, diyor, hatto “Kishvar” shaklida esa 
mamlakat va Vatan kabi ma’nolarni anglatgan. Xitoy yozma 
manbalarida qayd etilishicha, hokim Digja (Dichje) (VI asr oxiri VII 
asr boshlari) Keshga asos solgan bo‘lib, o‘sha vaqtda shahar aylanasi 
1 km ga yetgan. Arab tarixchisi Yaqubiyning yozishicha, Kesh milodiy 
VII asr o‘rtalarida yuksalib, Sug‘dning bosh shahriga aylangan.
Kesh bu davrda hunarmandchilik, savdo-sotiq, madaniyat 
yuksak rivojlangan shaharga aylanib ark, ichki va tashqi shahardan 
iborat bo‘lgan. Ichki shahar mudofaa devori va 4 darvozaga ega edi. 
VI asrda arkning g‘arbiy qismida shahar hokimi Digja tomonidan 
yangi qarorgohga asos solingan. VII asr oxiri VIII asrning 1-yarmida 
Keshni arablar bir necha bor fath etgan. 751 - yilda Kesh hukmdori 
Ixrid Xuroson noibi Abu Muslim buyrug‘i bilan qatl qilingan bo‘lib, 
at-Tabariyning guvohlik berishicha, arablar Keshda katta o‘ljani qo‘lga 
kiritganlar. 775-776 - yillarda Kesh viloyati Muqanna qo‘zg‘olonining 
asosiy markazlaridan biri bo‘lgan. Somoniylar davrida Kesh hududi 
eni va bo‘yiga 1/3 farsax (2 km ga yaqin) maydonini tashkil etgan. 
Bu vaqtda aholi Keshning ko‘handiz va madinasini tark etgan bo‘lib, 
hayot faqat uning rabodida davom etayotgandi. Asta-sekin aholi 
rabodni ham tark etib, hozirgi Shahrisabz o‘rnida yangi shaharga asos 
solgan. Arxeologik tekshiruvlar Kitob o‘rnidagi Keshning aynan shu 
vaqtda barham topganligini isbotladi. Keshning bundan keyingi tarixi 
Shahrisabz bilan bog‘liq bo‘lib, bu nom XIV asrda xalq ongiga uzil-
kesil o‘rnashgan. Shunday bo‘lsada, shaharning qadimgi nomi talay 
vaqt uning yangi nomi bilan bir qatorda aytilib yurgan. 
Shaharda ilm-ma’rifat rivoj topishi oqibatida “Koshiy, Keshiy” 
taxallusi bilan mashhur olim-fozillar etishib chiqqanligi tufayli Kesh 
shahri ,“Dilkash”, Qubbatul ilm val-abad, ya’ni “Ilm va ta’lim 
gumbazi” degan sifat bilan shuhrat topgan. 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling