Utayeva feruza xolmamatovna


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/97
Sana01.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1738210
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
Bog'liq
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC

Hazrati Imom maqbarasi - Shahrisabzdagi me’moriy yodgorlik 
(XIV asr). Dorus-siyodat me’moriy yodgorligi tarkibidagi Jahongir 
Mirzo maqbarasi Hazrati Imom maqbarasi nomi bilan mashhur. 
Dastlab sardoba, keyinroq ustiga to‘rtburchak tarhli ziyoratxona 
tiklangan, tashqi tomonda kichik peshtoq ham bo‘lgan. Hazrati 
Imom maqbarasi yangi Madrasa peshtoqi bag‘rida qolib ketgan, 
maqbara qaddini rostlash uchun ziyoratxona tepasi qo‘shimcha 
devor orqali ancha baland ko‘tarilgan va ustiga yangi kulohsimon 
cho‘qqi gumbaz o‘rnatilgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqtida 
maqbaradan 3 ta jasad topilgan. Sharafuddin ali Yazdiy 
“Zafarnoma”sida Keshda yashagan Buxoro va Samarqandlik 
mashhur imomlar orasida Hazrati Imom nomi bilan mashhur Abu 
Muhammad al-Kashshiyni tilga olgan. Amir Temur ajdodlari 
xilxonasi yaqinida shu imomning qabri bo‘lgan, lekin qabr 
saqlanmagan.
Nazorat uchun savollar
1. Sharafuddin Ali Yazdiyning Shahrisabz shahari to‘g‘risidagi 
fikrlari? 
2. Shahrisabzdagi o‘rta asrlarlarga ta’luqli bitta me’morchilik 
majmuiga birlashgan ikkita inshoot haqida aytib bering? 
3. Shulluktepa o‘rta asrlarga oid yirik qo‘hna shahar xarobasi 
haqida nimalarni bilasiz? 
4. Yerqo‘rg‘on, Kishmishtepa, Kojartepa, Kasbitepa qadimgi 
shaharlar qaysi asrlarga ta’luqli? 
Test topshiriqlari 
 


64 
1. Shahrisabzning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga qachon 
kiritilgan? 
A 2002 -yilda dekabr 
B 2000 -yilda dekabr 
S 2007 -yilda noyabr 
D 2005 -yilda oktabr 
2. Naxshab tangasi (III-VI asrlar), so‘g‘d yozuvi namunalari, 
muxr nusxasi topilgan hudud? 
A Kishmishtepa
B Yerqo‘rg‘on 
S Kamaytepa 
D Kindaklitepa 
3. Tarixiy manbalarda Baxl, Bolo, Valaam, Nashebolo deb tilga 
olingan joy nomi? 
A Yerqo‘rg‘on 
B  Kamaytepa 
S Kindaklitepa 
D Kishmishtepa
4. Birinchi bo‘lib Shulluktepada arxeologik tadqiqotlarni kim 
o‘tkazgan?
A L.A.Zimin 
B S.K.Kabanov 
S M.E.Masson 
D M.X.Isomiddinov
5. Amir Temur tavalludining 660 - yilligi munosabati 
Shahrisabz “Amir Temur ordeni” bilan mukofotlandi
A 1996 -yil oktabr 
B 1997 -yil may 
S 1995 -yil oktabr 
D 1994 -yil dekabr 
6. “Kesh - Movarounnahr shaharlaridan biri, yam-yashil bog‘lari 
va ko‘zga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari tufayli u hozir 
Shahrisabz nomi bilan shuhrat topgan. U jahondagi eng chiroyli 
shaharlardan 
biri 
hisoblanadi; 
iqlimi 
juda 
yaxshi 
va 
diltortar...”,kimning asarida? 
A Mahmud ibn Vali 
B Rui Gonsalis de Klavixo 
S Sharafuddin Ali Yazdiy 


65 
D Hofizi Abru 
7. “Agar bizning kuch qudratimizga shubha qilsang, biz qurdirgan 
imoratlarga boq!” degan mashhur xitobnoma bitilgan. 
A Oqsaroy ustuniga
B Ulug‘bek maqbarasining ustuniga
S Hazrati Imom maqbarasi ustuniga
D Bibixonim maqbarasi ustuniga
8. Chubin madrasasi nechanchi asrga mansub? 
A XVI asr 
B XV asr 
S XIV asr 
D XIX asr 
9. Amir Temur davrida Shahrisabz qanday nomi bilan yuritilgan? 
A “Ilm va ta’lim gumbazi ” 
B “Islom dinining gumbazi” 
S “Bahr al-asror” 
D “Gullar shahri” 
10. Kishmishtepa- ilk o‘rta asr shahari bo‘lib milodiy …. 
asrlarlarga ta’luqli?
A V-XIII asrlarlarga ta’luqli
B IV-X asrlarlarga ta’luqli
S V-X asrlarlarga ta’luqli
D III-XIV asrlarlarga ta’luqli

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling