Utayeva feruza xolmamatovna
Termiz shahri manbalarda
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
3.4. Termiz shahri manbalarda
IX asrining ikkinchi yarmi va X asrning birinchi choragida yashagan sayyoh va geograf olim Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiy al-Istaxriy (850-934) “Masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlarga olib boradigan yo‘llar haqida”) asarlarida Termiz viloyatining chegaralari, iqlimi, ma’muriy bo‘linishi, aholisi va uning mashg'uloti, mashhur kishilari, savdo-sotiq masalalari haqida ma’lumot bergan. Ularda aytilishicha, Jayhun bo‘yidagi Termiz qal’asi va shahriston shahar chekkasida joylashgan hamda mustahkam devor bilan o‘rab olingan rabotdan iborat. Hukumdor saroyi qal’ada, qamoqxona (zindon) kuhandizda emas, shahristonda, ya’ni bozorning o‘rtasida bo‘lib, shu yerda jome masjidi mavjud, nomozgoh (fuqarolar nomoz o‘qiydigan joy) esa rabotda, ya’ni devorning ichkarisida qad ko‘tarib turibdi. 41 Bozor ichkarisidagi imoratlar xom g‘ishtdan qurilgan, keng ko‘chalarga va maydonga pishiq g‘isht yotqizilgan. Jayhun bo‘yida, daryoning kechuv joyida shahar aholisi istiqomat qiladi, Termizning ekinzorlari Sag‘oniyon (Chag‘onrud) daryosi suvi bilan sug‘oriladi, aholi uchun ichimlik suvi quvurlar yordamida Jayhun daryosidan olingan. X asr oxirida yashagan Al-Muqaddasiy (Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr al-Muqaddasiy) o‘zining “Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al-aqolim” (“Iqlimlarni o‘rganish uchun yaxshi qo‘llanma”) nomli asarida Termiz Jayhun bo‘yidagi eng katta shahar ekanligini, hamma joydan bu yerga ko‘plab ziyoratchilar, savdogarlar kelishini qayd qilgan. Shaharning Kuhandiz qal’asi alohida ta’kidlanadi, Kuhandizda bitta, shahristonda esa uchta darvoza borligi e’tirof etiladi. Al- Muqaddasiy, shuningdek, yuqoridagi fikrlarni tasdiqlab, Sag‘oniyon shahri Ramiuga, uning viloyati esa Falastinga o‘xshashligini, uning pishiq g‘ishtdan terilgan baland ustunli, ravoqsiz masjidi bozorning o‘rtasida joylashganligini, shaharning har bir mahalla va uy- xonadonlariga sopol suv quvurlari o‘tkazilganligi aytilgan. X asrning ko‘zga ko‘ringan yirik olimi Istaxriyning shogirdi sayyoh geograf Ibn Xavqal (Abulqosim ibn Xavqal an-Nasibiy) uztozining iltimosiga ko‘ra “Kitob ul-masolik”ning xatolarini tuzatib, unga xaritalar ilova qiladi. Ibn Havqal o‘zining “Kitob surat al-ard” (“Yerning shakli”) nomli asarining Movarounnahr qismiga tarixiy voqealarni kiritib, kitobning qimmatini oshirishga erishadi. Sag‘oniyon Amudaryoga Termiz shahridan pastroqda qo‘shilishini tasvirlagan Ibn Xavqal o‘z asarida Istaxriy qo‘llagan “qal’a” atamasini ishlatmaydi, balki faqat kuhandiz-eski qo‘rg'on haqida ma’lumot keltiradi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling