Utayeva feruza xolmamatovna
Toshkent XIV-XVI asrlarda
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
12630 2 B2855E2657369D507718BB519694CD97423CFCFC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kaykovus arig‘i
8.4. Toshkent XIV-XVI asrlarda
XIV-XVI asrlarda yirik hunarmanchilik va savdo markazi bo‘lgan. Toshkent shahristoni devor bilan o‘ralgan. Qal’a va shahar atrofidan iborat. Shahardagi asosiy qurilishlar sufiylarning naqshbandiya tariqati vakili shayx Xo‘ja Ahror nomi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z zamonasining siyosiy hayotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Toshkent atroflaridagi ko‘plab yerlarga, shahardagi dukonlar va xonadonlarga egalik qilib, badavlat bo‘lgan. Shahar jome masjididan 141 tashqari, ikkita masjid, ikkita madrasa va Ko‘kcha dahasidagi Ko‘nchilik mahallasi ko‘prigi qurilishini uning nomi bilan bog‘laydi. Mahalliy hunarmandlarning buyumlaridan tashqari shaharda Xitoy, Eron, Hindistondan savdogarlar olib kelgan mollar serob bo‘lib, shahar aholisi bahramand bo‘lganlar. Kaykovus arig‘idan suv ichadigan joyda X asr ilohiyotchisi Abubakr Muhammad Kaffol Shoshiy maqbarasi joylashgan. Maqbara muqaddas qadamjolardan bo‘lib XVI asrda maqbaraning yangi binosi qurilgan. Amir Temur muqaddas shayx va sufiylarga homiylik qilib, yodgorlik binolari qilishga ijozat bergan. Toshkentning g‘arbiy chekkasida Orifon qishlog‘i shahar tarkibiga kirgan. Bu yerda Zayniddin bobo nomi bilan bog‘liq qadamjo vujudga keldi. XIV asrda Amir Temur farmoyishi bilan maqbaraga aylantirildi. Toshkent yaqinida, Xo‘ja Ahmad Yassaviy muridlardan biri- Zangiota-Oyxo‘ja ibn Toshxo‘ja va uning xotini Anbarbibi maqbarasini o‘z ichiga olgan majmua Amir Temur homiyligida bitkazildi. Toshkent me’morchilik-qurilish maktabi Samarqandning hashamatli me’morchiligidan farq qilmaydi. Yirik tarixchi olim Abu Sulaymon al-Banokatiy (XIII-XIV asrning boshlarida yashagan) Tarixi Banokatiy“ asarini yozib qoldirgan. XVasrda yashagan olim Homiddin Toshkandiy, Jamshid Shoshiy (XIV asr), Zayniddin Vosifiy (XVI asr) ijod qilganlar. Kaykovus arig‘i yoqasida shayboniy sultonlarning Shoirlar bog‘i“ bog‘ majmuasi tashkil etilgan. “Tarixi jadidayi Toshkand” asarida XIV –XV asrlarda Toshkentning 12 darvozasi borligi yozilgan. Har bir darvozani qabila vakillari boshqargan va shu qabila nomlari bilan darvozalar atalgan. Qiyot, Turklar, O‘zbek, Taxtapul, Qorasaroy, Chig‘atoy, Su’boniyon, Ko‘kcha, Kamondoronn, Qang‘li, Beshog‘och, Qatag‘on darvozalari bo‘lgan. Shahar darvozalari zarur deb topilmasa vaqtincha bekitib tashlangan. Kaykovus arig‘i - Toshkent shahridagi qadimgi kanal, Bo‘zsuvning o‘ng tarmog‘i. VI-VII asrlarda Bo‘zsuv kanali kattalashtirilib, undan Kaykovus arigi chiqarilgan va Qoraqamish jarligigacha yetkazilgan Muhammad Solihning “Tarixi jadidai Toshkand” asarida Bo‘zsuv ham Kaykovus arig‘i deyilgan. Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” (“Sharafnomai shoxiy”) asarida XVI asrda Kaykovus arig‘i bo‘yida (shahar qo‘rg‘oni tashqarisida) 142 “Kaykovus bog‘i” bo‘lganligi va bog‘da Toshkent sultonlari yashaganligi aytiladi. Hozirgi Kaykavus Shayxontohur GESning yuqori tomonidan boshlanadi, uzunligi 28 km, suv o‘tkazish imkoniyati 20 m 3 /s. Sobir Raximov va Shayxontohur tumanlari hududidan oqib o‘tadi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling