Utkir buyrak yetishmovchiligi glomerulonefrit uroligik bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari va bemorlarning zamonaviy tekshirish usullari reja
Download 86.93 Kb.
|
Utkir buyrak yetishmovchiligi glomerulonefrit uroligik bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari va bemorlarning zamonaviy tekshirish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- GLOMERULONEFRIT ASORATLARI
GLOMERULONEFRIT SABABLARIGlomerulonefrit rivojlanishining sababi odatda o’tkir yoki surunkali streptokokk infektsiyasi (angina, pnevmoniya, tonzillit, skarlatina, streptodermiya) hisoblanadi. Kasallik qizamiq, suvchechak yoki O’RVI asorati sifatida rivojlanishi mumkin. Uzoq vaqt davomida namlik yuqori bo’lgan sovuqda qolib ketishda glomerulonefrit boshlanishi ehtimolligi ortadi, chunki bu tashqi omillarning kombinatsiyasi immunologik reaktsiyalar kechishini o’zgartiradi va buyraklar qon ta’minotini buzadi. Glomerulonefrit va ayrim viruslar, Toxoplasma gondii, Neisseria meningitidis, Streptococcus pneumoniae va Staphylococcus aureus tomonidan chaqiriladigan kasalliklar bilan bog’liqligiga ishora qiladigan ma’lumotlar mavjud. Juda ko’p hollarda glomerulonefrit streptokokli infektsiyadan 1-3 hafta o’tib rivojlanadi, tadqiqotlar natijasi glomerulonefrit A guruh b-gemolitik streptokokklarning «nefritogen» shtammlari bilan chaqirilganligini tasdiqlaydi. Bolalar guruhida streptokokkning nefritogen shtammlari tomonidan chaqirilgan infektsiya sodir bo’lganda, o’tkir glomerulonefrit belgilari infektsiyalangan bolalarning 3-15 foizida qayd qilinadi. Laboratoriya tadqiqotlari o’tkazilganda, siydikdagi o’zgarishlar bemor atrofidagi 50% bolalar va kattalarda aniqlanadi, bu esa glomerulonefritning torpid (alomatlarsiz yoki zaif ifodalangan alomatlar bilan) kechishidan dalolat beradi. Skarlatinadan so’ng, uy sharoitida davolangan bolalarning 3-5 foizida va shifoxonada davolangan bemorlarning 1 foizida o’tkir glomerulonefrit rivojlanadi. Surunkali tonzillit bilan og’rigan yoki teri nefritogen streptokok tashuvchisi bo’lgan bolalarda O’RVI ham glomerulonefritning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. GLOMERULONEFRIT ASORATLARIO’tkir diffuz glomerulonefrit quyidagi asoratlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin: O’tkir buyrak etishmovchiligi (1% hollarda); O’tkir yurak yetishmovchiligi (3% dan kamroq hollarda); Preeklampsiya yoki eklampsiya (o’tkir buyrak gipertenziv ensefalopatiyasi); Miyaga qon quyilishi; Vaqtinchalik ko’rish buzilishi; Surunkali diffuz glomerulonefrit. O’tkir glomerulonefritning surunkali shaklga o’tish ehtimolini oshiradigan omil, gipoplastik buyrak displaziyasidir, bunda buyrak to’qimasining rivojlanishi bolaning xronologik yoshidan ortda qoladi. Progresslovchi kechish va faol immunodepressiv terapiyaga chidamliligi bilan xarakterlanadigan surunkali diffuz glomerulonefrit yakuni buyrakning ikkilamchi bujmayib qolishi bo’ladi. Glomerulonefrit buyrak kasalliklari orasida yetakchi o’rinlardan biriga ega bo’lib, u bolalarda buyrak yetishmovchiligining rivojlanishiga va bemorlarning erta nogironligiga olib keladi. Download 86.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling