- KIRISH
- I-BOB. O’ZBEKISTON MASHINASOZLIK SANOATI
- MUSTAQILLIKNING DASTLABKI YILLARIDA
- I.1. Mashinasozlik sanoatidagi vaziyat
- I.2. Mashinasozlik sanoatini rivojlantirish omillari
- I.3. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida mashinasozlik sanoatini
- rivojlantirish muammolari va istiqbollari
- II-BOB. MASHINASOZLIK SANOATINING RIVOJLANISHI
- II.1. O’zbekistonning yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqaradigan
- mamlakatga aylanishi
- II.2. «O’z DEU avto» qo`shma korxonasining eksport strategiyasi
- II.3. Qo’shma korxonalar va ularning mashinasozlikni rivojlantirishdagi
- o’rni va roli
- XULOSA
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
- Mustaqil O’zbekiston milliy iqtisodiyotini rivojlantirish, uning barcha sohalardagi xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlash, eksport salohiyatini yuksaltirish va jahon hamjamiyatidagi o’rnini yaxshilab borish ko’p jihatdan uning ichki geosiyosiy tuzil-masi – viloyatlar (mintaqalar) salohiyatidan har tomonlama foydalanishga bog’liq. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov hozirgi davrda mamlakatimiz oldida turgan ustivor vazifalar qatorida “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi hali-beri davom etayotgan og’ir bir sharoitda iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash, uni diversifikasiya va modernizasiya qilish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishimiz zarur”, deb ta’kidlaydi.
- O’zbekiston mashinasozlik sanoatini rivojlanishi ma’lum bir bos-qichni bosib o’tgan, o’z tarixiga ega bo’lgan sohalardan biri. Sobiq sho’rolar davrida o’lkamizda qishloq xo’jaligi mashina-lari ishlab chiqaradigan «Tashselmash», «O’zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular tom ma’nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va imkoniyatiga ega emas edi.
- Sobiq Ittifoqning o’nlab shaharlaridan, chekka-chekkalaridagi turdosh korxonalaridan tayyor qismlar olib kelinib, O’zbekistonda yig’ilar edi, xolos. Bu O’zbekiston mashinasozlik industriyasini rivojlantirishga emas, aksincha uning iqtisodiy qaramligini chuqurlashtirishga xizmat qilar edi.
- Yuqorida ta’kidlanganidek haqiqiy o’zbek mashinasozligi mustaqillik mahsuli bo’lib, u 1993 yilning mart oyida «O’zDEU-avto» nomi bilan ro’yxatdan o’tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shahridagi priseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qilinishi hamda bu muhim inshoot qurilishining boshlanishi bilan O’zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |