Uyg’onish davri jahon adabiyoti Migel Servantes ijodi haqida ma’lumot. U y g 'o n is h davriadab iyoti «Renessans»


Download 15.73 Kb.
Sana17.10.2023
Hajmi15.73 Kb.
#1706465
Bog'liq
21-ma\'ruza Ona tili va adab


21-MAVZU: O‘RTA ASRLAR VA UYG’ONISH DAVRI JAHON ADABIYOTI NAMOYANDALARI
REJA:

  1. Uyg’onish davri jahon adabiyoti

  2. Migel Servantes ijodi haqida ma’lumot.



U Y G 'O N IS H DAVRI A D A B IY O T I «Renessans» so‘zi fransuzcha bo‘lib (frans. Renaissanse), o ’rta asrlar madaniyati, adabiyoti va san’atidagi bnvuk o‘zgarishlar davrini anglatadi. Antik madaniyat barham topgandan so‘ng o ‘n asrdan ortiq vaqt o'tgach, g‘arb tafakkurida yana bir ulkan ko‘tarilish, yangilanish ro‘y berdi, shu sababli ham bu davmi Uyg‘onish davri deb ataydilar. Uyg‘onish davri XIV asming ikkinchi choragida boshlanib, XVII asigacha davom etdi. Renessans ilm-fan, madaniyat va san’atda o‘zini namoyon qildi. Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalari inson shaxsini ulugMaydilar, uning qadr-qim m ati, his-tuyg‘ularini qadrlaydilar, qoloq urf-odatlarga qarshi chiqadilar, ruh erkinligini yuqori qo‘yadilar. Uyg‘onish davri vakillarini gumanistlar ham deb ataganlar. Gumanistlar antik adabiyotga alohida hurmat bilan qaraganlar. Ular Rim va yunon adabiyotiga yuqori baho berganlar, ijodda ular yaratgan cho‘qqilarga intilganlar, unutib yuborilgan qadimgi qo‘lyozmalami qidirib topganlar, yunon va Rim shoirlari asarlarini, Gomer dostonlarini nashr qilganlar. G'arbiy Yevropada tashkil qilingan universitetlarda qadimgi — lotin, grek, yahudiy tillari o'qitilgan. Ayni paytda uyg‘onish davri ijodkorlari yaratgan asarlarda antik adabiyot an’analari realistik elementlar bilan uyg‘unlashadi. Bu zamin kishisi hayotidan olingan vaziyatlar, hayotiy obrazlar, insoniy kechinmalaming tabiiyligi kabilarda ko‘zga tashlanadi. Uyg‘onishning boshlanishi Italiyada namoyon bo‘ldi, uning ilk yirik vakili Dante hisoblanadi. Keyinchalik Petrarka she’rlari, Bokachcho hikoyalarida bu davrga xos asosiy belgilar — mavhum ramziy obrazlar o‘mini realistik obrazlar egallashi, voqelikni asliga muvofiq tasvirlashga intilish kabilar ko'zga tashlandi. Bu harakat keyinchalik butun Yevropaga yoyildi, Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer, Jordano Bruno, Kopemik, Rable va Servantes kabi yirik mutafakkir va ulug‘ yozuvchilami yuzaga keltirdi. Renessans G ‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari madaniyatidagi o‘rta asrlardan yangi davrga o‘tish bosqichini anglatadi. Nemis faylasufi Gegel «Falsafa tarixi»da Uyg'onish davrini «tong yog‘dusi» deb atagan edi. Yevropa Uyg'onish harakatining vatani Italiya hisoblanadi. Italyan gumanistlari diniy sujetlarga murojaat qildilar, ulami real voqelik bilan bog'lashga intildUar. Bu esa shakl bobidagi yangilanishlarga yo‘1 ochdi, o ‘rta asr adabiyotidagi allegorizm, majoziylik realistik usullar bilan uyg‘unlasha boshladi. Inson va uni o‘rab turgan muhit, kishining cheksiz imkoniyatlari va qizg'in ehtiroslarini aks ettirishga alohida e ’tibor berildi. Petrarkaning she’rlari, Bokachchoning hikoyalari insonning hissiyotlarini tushunish, ulami hurmat qilish, hayotsevarlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan. Uyg‘onish davri Italiya adabiyoti vakili Dante Aligeri Renessans jarchisi nomini olgan. Dante ijodini she’rlar yozishdan boshlagan. Arab faylasufi Ibn Rushdning ta’limotidan ta’sirlangan. XIII asr italyan lirikasiga lotin adabiyoti bilan bir qatorda arab she’r tuzilishi ham ta’sir etgan. Dante ijodida ham buni kuzatish mumkin. Uning eng yaxshi she’rlari «Yangi hayot» to'plamidan joy olgan. Dante keyinchalik ilmiy-falsafiy mavzular ustida ish olib boradi. «Ziyofat», «Xalq nutqi haqida», «Monarxiya haqida» traktatlarini yozadi. Dante Aligerining «Ilohiy komediya» asari zamonasiga oid masalalami ramziy-majoziy usullar orqali aks ettirdi, inson va voqelik haqida yangi so‘zini aytadi, shu tariqa butun o‘rta asr madaniyatiga falsafiy-adabiy yakun yasadi. Uyg'onish davrining Ispaniyadagi ilk asari F.Roxasning «Selestina»si hisoblanadi. Unga va umuman, Yevropada uyg'onish davriga yakun yasagan asar Servantesning «Don Kixot» romani bo‘ldi. Uyg'onish davrining janr sohasida katta kashfiyotlar qilgan, uning rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan ikki vakili — Shekspir va Servantesdir. Shekspir jahon dramaturgiyasida alohida bosqich yasagan bo‘lsa, Servantes ijodi realistik roman janrining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. XVI–XVII asrlar “Ispaniyaning oltin davri” deb ataladi. Bu davrda yevropaliklar yangi qit’alar va dengiz yo‘llarini ochib, yangi kashfi yotlarni amalga oshirdilar. Ispaniya hududi kengayib, uning boshqa Yevropa davlatlariga ta’siri ham kuchaydi. “Yangi dunyo” – Amerika qit’asidan kumush, oltin, tamaki, ziravor kabi mahsulotlarning olib kelib sotilishi Ispaniya qiroli g‘aznasiga katta daromad keltirardi. Savdo-sotiq, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat rivojlandi. Bu davrda Yevropa tillaridan birinchi bo‘lib ispan tilining grammatikasi chop etildi, ispan me’morchiligi, adabiyoti va san’atining nodir namunalari yaratildi. Muallif haqida Migel de Servantes Saavedra 1547-yilda Madrid yaqinida zodagon oilada tug‘ildi. Taxminlarga ko‘ra, u iyezuitlar (katolik ruhoniylari) kollejida tahsil olgan, biroq oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli o‘qishini davom ettira olmagan. 1570-yillarda u Ispaniya armiyasiga qo‘shiladi va usmonli turklarga qarshi olib borilgan urushda qatnashib, yaralanadi. Ispaniyaga qaytayotganida kemaga jazoirlik qaroqchilar hujum qiladi va yozuvchi umrining besh yilini Jazoirda tutqunlikda o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Xayriya jamoasi to‘lagan mablag‘lar evaziga ozod qilingan Servantes Ispaniyaga qaytib, turli ishlar bilan shug‘ullanadi, biroq muhtojlikda hayot kechiradi. Ijodkor bir qancha she’rlar, novellalar va pyesalar yozdi, biroq bu asarlar unga shuhrat keltirmadi. Uning nomini jahon adabiyoti tarixiga muhrlagan asar ikki qismdan iborat “Don Kixot sarguzashtlari” romani bo‘ldi. Uyg‘onish davrining eng katta me’moriy obidalaridan biri – ispan qirollarining “El Escorial” saroyidagi kutubxona 123 ? “Don Kixot sarguzashtlari” romani O‘rta asrlar Yevropa adabiyotida “ritsarlik romani” janrida yozilgan asarlar mashhur bo‘lgan. Bunday asarlarda jahongashta ritsarlar yolg‘iz yoki sodiq yaroqbardori (yordamchisi) bilan dunyo kezib, turli qahramonliklar ko‘rsatgan. “Don Kixot sarguzashtlari” ritsarlik romanlariga parodiya – taqlid sifatida yaratilgan. Asar muqaddimasida muallif o‘z maqsadi “ko‘pchilik yomon ko‘radigan, lekin undan-da ko‘proq odamlarning e’tirofiga sazovor bo‘lgan ritsarlik romanlarining soxta shavkatini yo‘qqa chiqarish” ekanini bayon qiladi. G‘arb adabiyotidagi dastlabki zamonaviy roman deya e’tirof etiladigan mazkur asarda o‘zini jahongashta ritsarlar an’analarining davomchisi deb tasavvur qilgan zodagon don Kixot va uning hamrohi – “yaroqbardori”, quv dehqon Sancho Pansa sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Download 15.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling