Uyg’onish davri XIV-XVI asrlar Yevropada ilmiy bilimlar rivojida уаngi davr


Download 78 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi78 Kb.
#1553442
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
gumanizm tayyor1

Uyg`onish davrini g`oyaviy jihatdan tayyorlashda arab tilida vujudga kelgan O`rta va Yaqin Sharq ilg`or falsafiy ta`limotlari, Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlari muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu mutafakkirlar asarlari 12-asrdan boshlab latin tiliga tarjima qilinib, keng foydalanildi. Ular orqali yunon faylasuflari asar­lari Yevropaga kirib keldi. Averroizm Yevropada ham hurfikrlilik, ikki haqiqat ta`limotining tarqalishida hal qiluvchi ta`sir ko`rsatdi.
Biroq Uyg`onish davri madaniyati shunchaki antik madaniyatga qaytish emas edi. Antik madaniyatni tiklash yangi madaniyat taraqqiyotida asosiy vosita, manba bo`lib xizmat kildi. Antik ma­daniyat yangi tarixiy sharoitdan kelib chiqib, yangicha rivojlantirildi. Uyg`onish davrida ilmiy tadqiqotda erkinlik huquqi e`lon qilindi. Dunyoviy fan, dunyoviy adabiyot va san`at vu­judga keldi. Yevropa mamlakatlarida kitob bosish yuzaga kelishi (15-asr) hamda tarqalishi antik merosning, yangi, gumanistik qarashlarning yoyilishida katta rol o`ynadi.


2.G`arbiy YEvropada yuz berayotgan ma`naviy va madaniy qayta o`zgarish turli xarakterlarga ega bo`lgan va turli bosqichlarda kechgan.
Birinchi bosqich XIV—XV asrlarni o`z ichiga oladi. Madaniyat eng avvalo «gumanistik» xarakterga ega bo`lib, asosan Italiyada namoyon bo`lgan. XVI va XVII asrlardagi o`zgarish esa ko`proq tabiiy-ilmiy yo`nalishga ega edi. Bu davrda gumanizm YEvropaning boshqa ko`pgina davlatlariga ham tarqala boshlaydi.
Gumanizm insonning dunyodagi o`rni, moxiyati va vazifasi, borlig`ining mazmuni va maqsadi haqida o`ylay boshlashidan yuz beradi. Bu mulohazalar hamma vaqg aniq tarixiy va ijtimo-iy sharoitlardan kelib chiqadi. Umuman, gumanizm ma`lum ij-timoiy va umummilliy manfaatlarni aks ettiradi.
Tor ma`noda gumanizm iborasi, Uyg`onish davrida shakllangan g`oyaviy xarakterni anglatadi. Uning mazmuni va maqsa-di antik davr adabiyoti, san`ati, madaniyati va tillarini tarqatishdir. Gumanistlar xizmati faqat falsafiy tafakkurni rivojlantirishdangina iborat bo`lib qolmasdan, balki shu bilan birga qadimiy manbalarni o`rganish bo`yicha tadqiqotlardan ham iboratdir. Shuning uchun ham Italiya gumanizmi adabiy-filologik (tilshunoslik) gumanizm bo`lgan.
Tarixshunoslik fanida ba`zi antik davr merosi bir tomonlama bo`rttirib ko`rsatiladi. Ularda «gumanizm» faqat yunon va Rim madaniyatining madaniy va ma`rifiy ta`sirigina qilib ko`rsatiladi. Lekin gumanizmni bunday talqin qilishda uning ma`na-viy tomonigina qo`rsatilib, amaliy, kurashchan tomonlari in-kor qilinadi. Bu tomonlarni hech mahal nazardan qochirmaslik kerak, garchi ular har xil sharoitlarda namoyon bo`lgan bo`lsa ham. Bu narsa Italiya gumanizmiga ham taalluklidir. Bu gumanizm ham o`zining tarixiy cheklanganligiga qaramasdan, aniq ijtimoiy harakatning ifodasi bo`lib, olga tashlangan sal-moqli qadam edi.
XVI—XVI asrlarda Uyg`onish davrining gumanistik g`oyalari faqat Italiya bilan chegaralanib qolmasdan, Angliya, Niderlandiya, Germaniya, Shveytsariya, Ispaniya, Polsha, Vengriya kabi mamlakatlarga ham yoyiladi. Italiya va Shimoliy YEvropadagi Uyg`onish davri tafakkuri qator umumiy ko`rinishi va jihatlarga ega bo`lishi bilan birga o`zining betakror xususiyatlariga ham egadir.
Uyg`onish davri madaniyatining xronologik chegarasi, uning yoyilish doirasi, milliy xususiyati xaqidagi masala ancha murakkab masalalardandir. Renessans madaniyatining tarqalish darajasi turli mamlakatlarda turlichadir. Uning paydo bo`lishi va yorqin ifodasi Italiya b-n bog`liq.

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling