Uyg’onish davri XIV-XVI asrlar Yevropada ilmiy bilimlar rivojida уаngi davr
U. d. mutafakkirlari (Italiyada — L. Balla, Germaniyada — I. Reyxlin, U. fon Gutten; Niderlandiyada — Erazm Rotterdamskiy va b.)
Download 78 Kb.
|
gumanizm tayyor1
- Bu sahifa navigatsiya:
- U. d. da tarixga
- U. d. da gumanistlar
U. d. mutafakkirlari (Italiyada — L. Balla, Germaniyada — I. Reyxlin, U. fon Gutten; Niderlandiyada — Erazm Rotterdamskiy va b.) ilohiyot va cherkovga qarshi asarlar yaratdilar. Ba`zi gumanistlar katolik ruxoniylarni tanqid qilib, papaning dunyoviy xokimiyatiga qarshi chiqdilar.
U. d. da tarixga xam o`zgacha yondoshildi. Tarix cherkov-feodal tasavvurlaridan ozod qilina borib, iloxiyotchilarning davrlashtirish sistemalari rad etila boshlandi. Gumanistlar antik davr b-n o`rta asr o`rtalaridagi sifat tafovutiga e`tibor berdilar.o`rta asr va yangi tarixga bo`lish kelib chiqdi. U. d. da gumanistlar dunyoqarashiga xos xususiyatlar ta`lim va tarbiyaviy ishlarga oid qarashlarda ham uz aksini topdi. Gumanistlar (Erazm Rotterdamskiy, F. Rable, M. Monten) o`rta asr sxolastik ta`lim sistemasini kattik tankid kilib, akliy va jismoniy kamol topgan kishini tarbiyalashni ilgari surdilar. Mustaqil fikrlashga, yuksak axloqiy sifatning shakllanishiga, estetikaga axamiyat berdilar. Ular maktabda faqat latin tilini emas, yunon tilini, antik badiiy adabiyoti va mifologiyasini xamda matematika, tarix, tabiatshunoslikni o`rganish zarur deb hisobladilar. Bolalarning jismoniy rivojlanishi haqida g`amho`rlik qildilar va ularga jismoniy jazo berishga qarshi chiqdilar. Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi; hayotga muhabbat, insonga, uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr merosini ijodiy oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga tayanib inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular sanʼatni perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va h.k. hamda odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga oʻtildi, haykaltaroshlik mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi davrning ilk xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho, haykaltarosh Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya sanʼatining „oltin asri“ hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning 2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq, lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi va keng yoyildi. Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida Gʻarbiy va Markaziy Yevropada 15-asrdan boshlab notekis rivojlandi, individual inson obrazi va uning muhitiga boʻlgan katta qiziqish diqqatga sazovor. 15-asr niderland rassomlari Ya. Van Epk va X. van der Gus, keyinchalik boshqa rassomlar oddiy odamlarni tasvirlashga katta eʼtibor berdi. 16-asr 2yarmi rassomlari (P. Breygel Katta) ijodida demokratik anʼanalar yorqin namoyon boʻldi. Germaniyada keskin siyosiy va gʻoyaviy kurashlar davrida oʻtkir ijtimoiy xususiyatga ega bulgan grafika va rangtasvir keng tarqaldi (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina va boshqalar). Fransiyada oʻta uygunlashgan dunyoviy mazmundagi Uygʻonish davri rivojlandi, psixologik portretlar va monumental bezak haykaltaroshligi tarqaldi (rassom F. Klue, J. Fuke, haykaltarosh J. Gujon, J. Pilon va boshqalar). Uygʻonish davriga xos xususiyatlar Ispaniya, Chexiya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham namoyon boʻldi. Uygʻonish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va gʻoyaviy hayotida katta ijobiy rol oʻynadi, bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Sharqda ham, Gʻarbda ham Uygʻonish davri insoniyat taraqqiyotining benazir davridir. Uygʻonish davrining koʻp gʻoyalarini 18-asr maʼrifatparvarlik vakillari meros qilib oldi. Uygʻonish davri ijodkorlarining ilmiy va adabiy asarlari hozirda ham maʼnaviyatimiz yuksalishiga xizmat qilib kelmoqda.[1] Adabiyotlar: Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling