Uyushiq boʻlaklar gapda bir XIL soʻroqqa javob boʻlib, bir XIL sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlanadigan boʻlaklar


Download 57.59 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi57.59 Kb.
#1684704
Bog'liq
Uyushiq boʻlaklar


Uyushiq boʻlaklar — gapda bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bogʻlovchilar yoki sanash ohangi bilan bogʻlanadigan boʻlaklar. Bunday boʻlaklar gapda birdan ortiq holda qator kelishi mumkin va bu gaplar uyushiq boʻlakli gaplar hisoblanadi. Masalan, Tobora koʻtarilayotgan quyosh oʻrik, yongʻoq, shaftoli, olma va giloslarning shoxlariga oʻzining ertalabki yogʻdusini sepmoqda. Bu gapda oʻrik, yongʻoq, shaftoli, olma va gilos soʻzlari uyushib kelgan. Ular bir xil soʻroqqa javob boʻlib, bir xil sintaktik vazifani bajarmoqda. Ular oʻzaro sanash ohangi va teng bogʻlovchi yordamida birikkan. Gapning barcha boʻlaklari uyushiq boʻla oladi: uyushiq egalar, uyushiq kesimlar, uyushiq aniqlovchilar, uyushiq toʻldiruvchilar, uyushiq hollar. Uyushiq boʻlaklar qismlari, odatda, bir xil grammatik shaklda boʻladi. Gapning boʻlaklari yakka-yakka holda yoki oʻziga bogʻliq soʻzlar bilan kengaygan holda uyushib kelishi mumkin: Abdulla Qahhorning ijodiy tajribasi kitobxonlar uchun ham, adabiyotshunoslar uchun ham, yosh yozuvchilar uchun ham bebaho bir manbadir (P. Qodirov). Kesim uyushib kelganda uni shakllantiruvchi vositalar (zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor shakllari, bogʻlama va koʻmakchi feʼllar) oxirgi boʻlakka qoʻshiladi: Mavzuni yaxshi tushunish uchun, avvalo, darsni diqqat bilan tinglash, berilgan topshiriqlarni bajarish, muntazam takrorlash kerak; Men uzoq yillardan buyon shu shaharda yashab, oʻqib, ishlab kelyapman. Agar ushbu vositalar har bir kesimga qoʻshilsa, bunday gap uyushiq kesimli sodda gap emas, qoʻshma gap hisoblanadi: Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur etadi
Gapda bir xil so'roqqa javob berib, bir xildagi sintaktik vazifani bajarib, sanash ohangi va teng bog'lovchilar yordamida birikkan gap bo'laklari gapning uyushiq bo'laklari deyiladi. Masalan:
O'z yurtimiz, bog'imiz, o'z vodiymiz, tog'imiz, O'z qutli chirog'imiz hamisha bo'lur omon. (G'. G'.) Bu gapdagi yurtimiz. bog'imiz. vodiyimiz, tog'imiz, chirog'imiz so'zlari uyushib kelgan va bir xil so'roqqa javob bo'lib, sanash ohangi orqali o'zaro birikkan.
Har bir gap bo'lagi uyushib kela oladi. Masalan:
l.Ega uyushadi: Muhayo, Surayo, Ra'no, Muqaddas,
Ko'zlarni yashnatib kiyibsiz atlas. (Qo'shiq.)
Kesim uyushadi: 1) fe'l kesim: Haqiqat bukilar, lekin sinmas.(Maqol.) 2) ot kesim; Xormisan yo gulmisan, tojdormisan yogulmisan. cho'g'izmisan, bulbulmisan, nodon o'zing, xushxono'zing. (E.V.)
To'ldiruvchi uyushadi: 1) vositasiz to'ldiruvchi: Aqlimni,dilimni, bebaxtlarimni—Borishsiz dunyoda otgan azizim. (U.A.)2) vositali to'ldiruvchi: Navoiy obod joylardagi ekinlarga,mevazor bog'larga diqqat qildi. (O.) Navoiy tarixda mashhur shaxslarning hayotlari, fikrlari, maslaklari va ularga doir afsonalar haqida asar yozishni Jomiyga taklif etdi. (O.)
Aniqlovchi uyushadi: 1) sifatlovchi: Maktabimiz bog'ida oqqizil, sariq va boshqa anvoyi gullar bor; 2) qaratuvchi: Oq o'rik, shotut, shaftoli, g'aynolining sap-sanq yaproqchalari hovli betini ko'mib yotibdi. (I.R.)
Hol uyushadi: Buzoq, echki boqib, to'n tepishib, varrakuchirib, chillak o'ynab yurgan bolalar uylariga tarqab ketishdi.(H. N.) Ariq suvi bir xilda, jimgina, sharpasiz va shabadasizoqmoqda (I.R.).
Uyushiq bo'laklarda son, egalik, kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar odatda uyushuvchi so'zlarning oxiriga qo'shilib. hammasi uchun umumiy bo'ladi. Maktabimizda rasm, musiqa va drama to'garaklari bor.(Gazetadan.)
Son, egalik, kelishik qo'shimchalari va ko'makchilar ba'zan uyushuvchi so'zlarning har biriga qo'shilib keladi. Masalan: Tog' etaklaridan nafis gullarning, xushbo'y giyohlarning hidlar an-qiydi. (O.) Xalqi uchun vatani uchun o'z jonini ayamadi bizning mard o'g'lonlar. (Teleeshittiruvdan.)
Uyushiq bo'laklarda qo'shimchalar emas, balki so'zlar ham umumlashib, ular har bir ujTishuvchi so'z bilan takrorlanmay, uvushiq bo'lak oxirida keladi. Dalada kim unumli, kim ko'p, kim tez ishlash uchun musobaqa qilishdi
Qaysi javobda quyidagi gap haqida noto‘g‘ri hukm keltirilgan?
Qush goh pastlab, goh ko‘tarilib uchadi.
Qaysi javobda keltirilgan gapda uyushiq bo‘laklar yasama so‘zlar bilan ifodalangan?
Qaysi javobda uyushgan sifatlovchi aniqlovchi haqidagi to‘g‘ri fikrlar ko‘rsatilgan?
1) Narsa-buyumlarning bir turdagi belgilarini bildirgan birdan ortiq sifatlovchi uyushib kela oladi. 2) Uyushiq aniqlovchilar aniqlanmishga baravar tobe bo‘ladi.
3) Narsa-buyumlarning turli belgilarini bildirgan birdan ortiq sifatlovchi uyushib kela olmaydi.
4) Uyushiq sifatlovchi aniqlovchilar o‘zaro sanash ohangi bilan teng bog‘lanadi.
Mehnat yoshlarga ham, keksalarga ham daromad va obro‘ keltirishini biling.
Ushbu gapda qaysi gap bo‘lak (lar) i uyushgan?
Berilgan baytlarning qaysi birida kesim uyushgan?

Qaysi qatorda qo‘shma fe’llar bilan ifodalangan ravish holi uyushib kelgan?


Uyushiq bo‘laklarning hammasi ta’kidlanmay, balki sanab o‘tilgan gap qaysi javobda berilgan?
Qaysi gapda har xil so‘z turkumi bilan ifoda qilingan payt holi uyushgan?
Uyushiq bo‘laklarning har biri ta’kidlangan gap qaysi javobda berilgan?
Qaysi gapda ham vositali, ham vositasiz to‘ldiruvchi uyushgan?
Uyushiq bo‘laklar va ajratilgan bo‘laklarning o‘xshash jihatlarini aniqlang.
1) bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi;
2) bir xil grammatik shaklga ega bo‘lishi;
3) turli tushunchalarni ifodalashi;
4) sanash ohangi bilan talaffuz qilinishi.
Qismlari juft so‘z bilan ifodalangan uyushiq to‘ldiruvchili gapni toping.
Gapda qaysi bo‘lak uyushganini toping.
Uning goh yig‘lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostin-ustun qilib qo‘shiq aytgisi kelardi.
Uyushiq bo‘lakli gaplardagi umumlashtiruvchi so‘zlar haqidagi noto‘g‘ri fikrni aniqlang.
Qaysi sodda gapda uyushiq aniqlovchi mavjud?
Kesimi uyushgan gapni belgilang.
Dunyoning tinchligi va farovonligi, insoniyat butunligi, haqiqatan ham, dono va oqil, pok niyatli odamlar faoliyatiga bog‘liq.
Ushbu gapdagi uyushgan bo‘laklar gapning qaysi bo‘lak (lar) iga ergashib kelgan?
Qaysi gapda uyushiq bo‘laklarning navbatma-navbatligi ifodalangan.
Qaysi gapda teng bog‘lovchi uyushiq bo‘laklarning birini tasdiqlab, ikkinchisini inkor etib bog‘lagan?
Berilgan gapda qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
Tasavvuf ahli sig‘ingan ideal - komil inson aslida xalq ideali, adabiyot ideali edi.
Uyushib kelgan yasama sifatlar faqat sanash ohangi bilan bog‘langan gapni toping.
Qaysi gaplarda vositali va vositasiz nomustaqil to‘ldiruvchilar uyushgan?
1) Respublikamiz o‘quvchi va o‘qituvchilarini darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashni ko‘ngildagidek yo‘lga qo‘yaylik.
2) “Avesto”da yigitlar kurash tushishni, chavandoz bo‘lishni, mol boqa olishni, chorvani yirtqich hayvon va qaroqchilardan muhofaza qila bilishni o‘rganishlari shartligi aytiladi.
3) Men kitoblarni va daftarlarni ukam va singlim uchun oldim.
4) Siz va bizga bunday baxt va toleni bergan istiqloldan o‘rgilay.
Ayiruv bog‘lovchilari uyushiq egalarni bog‘lagan javobni aniqlang.
Qaysi gapda to‘ldiruvchining ikki turi ham uyushib kelgan?
Qaysi gapda kesim uyushib kelgan?
Ikkidan ortiq uyushgan bo‘laklar tarkibida va, hamda, bilan bog‘lovchilari bir marta qo‘llansa, qanday ma’no anglashiladi?
Quyidagi gaplarning qaysi birida uch marta uyushish hodisasi mavjud emas?
Ulug‘bek rasadxonasida - bir paytlari bu yerdan turib ulug‘ bobomiz osmon ilmini o‘rgangan edi - katta ko‘lamda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Tirening qo‘yilish sababi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
Uyushiq bo‘laklar tarkibida qanday holatda va bog‘lovchisi o‘rnida bilan yordamchisini qo‘llab bo‘lmaydi?
Qaysi gapda uyushgan bo‘lakning biri shaxs oti, biri shaxs nomi bilan ifodalangan?
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon, oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola — bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang, otasi — otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha gap boʻlaklari vazifasida keladi.
Aniq, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan tushunchalarni ifodalaydigan otlar maʼnosiga koʻra, atoqli va turdosh otlarga boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera, Boychibor kabilar. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi turdosh otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.

Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2) egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.


Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha grammatik maʼno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi. Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud: 1) sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon, boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar, oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi (osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha, boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida hosil boʻladi: qalam bilan (da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. Otning takroriy shakli koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor gʻalla.
Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz, oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma, toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari (bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish, odamgarchilik).
Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga keladi: bilaguzuk, achchiqtosh, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish.
Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi: BMT, SamDU, OʻzME kabi.
Otlar gapda ega, toʻldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi, hol vazifalarida keladi. Ammo oʻrni bilan sifatlovchi, izohlovchi, kesim yoki atov, vokativ ran boʻlib kelishi ham mumkin.
Shunos kabi qo'shimchalar yordamida shaxs otlari hosil qilish, juft shaxs otlari lug'atini tuzish ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. O'quvchilar egallagan bilimlarga asoslanib,istagan matndan otlarga so'roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar predmetning aniqligi, yani ishlash, ko'rish o'lchash mumkinligi va mumkin emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil bo'lgan guruhlarni mustaqil davom ettiradilar. Masala bilan turlanishini o‘rganish jarayonida esa egalik qo‘shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog‘lanib, so‘z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Otlarning turlanishi. Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rgatishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘zlarni (so‘z birikmalarini) ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash gapda so‘zlarning bog‘lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi ot gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi kerak. Ot gapda boshqa so‘zlar bilan bog‘langanda qo‘shimchalar bilan o‘zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o‘quvchilar 1-sinfdayoq, so‘z shakllarining o‘zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo ular so‘z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O‘quvchilar keyingi sinfda shakl yasovchi (so‘z o‘zgartuvchi) qo‘shimchalar bilan tanishadilar, bu qo‘shimchalar gapda so‘zlarni bog‘lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ot yaxlit holda o‘rganiladi va uni o‘rganish o‘quvchilar shu so‘z turkumining belgilarini, vazifasini o‘zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektordagi nutqi.
2. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. - T.: Noshir, 2009.- B.-245-246, 258-260.
3. Internet resurslari (Ziyonet.uz, kitob.uz)

Morfologiya (yun. morphe — shakl va... logiya) (tilshunoslikda) — 1) tilning morfologik qurilishi; 2) soʻz shakllari haqidagi taʼlimot. Birinchi maʼnosida obʼyektni anglatsa, ikkinchi maʼnosida tilshunoslikning shu obʼyektni oʻrganuvchi bo'limini bildiradi.U shuningdek 3ta katta guruhga bo'linadi: 1) mustqil so'z turkumlari; 2) yordamchi so'zlar; 3) oraliqdagi sozlar (alohida olingan so'zlar)


M. so'z turkumlari, ularga xos grammatik maʼnolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik maʼnolar va shahrik.ni oʻrganadi. Til tizimdan iborat boʻlganidek, uning M.si ham oʻziga xos tizimni tashkil etadi. Oʻz navbatida, morfologik tizim ham oʻziga xos kichik tizimlardan tashkil topadi. Ulardan har birining mohiyati yoritilishi bilan, tilning M.si yaxlit holda, tizim sifatida oʻrganiladi.
Har bir soʻz turkumiga xos ichki tizim (tizimcha)larni shu turkumga xos morfologik kategoriyalar tashkil etadi. Morfologik kategoriyalar soʻz turkumiga xos maʼlum bir hodisaga oid umumiy va xususiy maʼnolar va bu maʼnolarni ifodalovchi soʻz shakllari birligidan iborat boʻladi. Ana shu soʻz shakllari va ularga xos umumiy va xususiy maʼnolar yoritilishi bilan muayyan morfologik kategoriyalarning mo-hiyati belgilanadi. Boshqacha aytganda, morfologik tizim ichidagi ichki tizimlardan birining mohiyati belgilanadi. Mas, feʼlning zamon kategori-yasi feʼl M.sida alohida tizimni tashkil etadi. Shuning uchun feʼlning zamonlariga nisbatan "feʼl zamonlari tizimi" degan ibora ham qoʻllanadi. Feʼlning zamon kategoriyasi, zamon tizimining mohiyati shundan iboratki, zamon shakllarining barchasi harakatning nutq vaqtiga (nutq momentiga) munosabatini bildiradi. Bu — zamon shakllarining barchasi uchun umumiy boʻlgan xususiyat. Shu bilan birga har bir zamonga oid feʼl shakli (shakllari) oʻziga xos xususiyatga ega. Mas, oʻtgan zamon shakllari harakatning nutq vaqtigacha, hozirgi zamon shakllari harakatning nutq vaqtida, kelasi zamon shakllari harakatning nutq vaqtidan keyin bajarilishini bildiradi. Feʼl zamon shakllariga xos ana shu umumiy va xususiyliklar zamon kate-goriyasining , feʼl zamonlari tizimining mohiyatidir. Demak, feʼl turkumiga oid har bir morfologik kategoriyaning mohiyatini aniqlash bilan feʼlning morfologik tizimi yoritiladi.[1]
4.So’z turkumlarining ma’noviy guruhlarini o’rgatish, ularni bir-biridan ajrata olishga o’rgatib borish talab etiladi. Bu orqali o’quvchilar umumiylikdan xususiylikni farqlashga o’rganib boradilar.
5.So’z tarkibi yuzasidan o’tkaziladigan tahlilni so’z turkumlariga mos ravishda o’tkazib borishning ahamiyati katta. Buni fe’l so’z turkumi yuzasidan o’tkaziladigan tahlil misolidan tushunishga o’rganib ko’ramiz.
Bunday tahlil ham soddadan murakkabga qarab kengayib boradi. Fe’l nisbatlarini o’rganish jarayonida o’quvchilar berilgan gap tarkibidagi fe’l turkumiga oid so’zni aniqlaydilar va uni tarkibiy qismlarga bo’ladilar: Masalan Ilm zehnimizni o’stiradi. O’quvchi fe’lni shunday tarkibiy qismga bo’ladi: o’s-asos, tir-orttirma nisbat shaklini hosil qiluvchi Qo’shimcha, -a kelasi zamon fe’li qo’shimchasi, -di shax-son qo’shimchasi, III shaxs, birlik.
Bunday tahlil doimiy ravishda o’tkazilib borilsa, o’quvchi fe’l turkumiga xos morfologik xususiyatlarni yaxshi o’zlashtiradi, ongli tarzda idrok qiladi.
Mustaqil so’z turkumlarini ongli tarzda o’rganishda mavzulararo, turkumlararo hamda sathlararo bog’lanishni yo’lga qo’yishning ahamiyati katta. Ayniqsa, sathlararo bog’lanish o’quvchilarga tilni tizim sifatida idrok qilishga, o’rganilgan til hodisalarini yodda tutib turishiga yordam beradi.
Mustaqil so’z turkumlarini tilning sintaksis, punktuatsiya, orfografiya, leksikologiya kabi bo’limlari bilan bog’liq holda o’rganish imkoniyati mavjud. Mustaqil so’z turkumlarini o’rganish jarayonida ularning gapdagi sintaktik vazifasi haqida ham ma’lumot beriladi. Masalan, ot so’z turkumi barcha gap bo’laklari vazifasini bajarsa, sifat aniqlovchi, hol, kesim vazifalarida keladi. Fe’l turkumi esa kesim vazifasiga xoslangandir. Bunday ma’lumotlar berib borish morfologiya sathini sintaksis sathi bilan bog’lash imkoniyatini beradi. So’z turkumlarini o’rganishda imloviy bilimlar ham berib boriladi. Masalan, juft otlar, takroroy otlar, qo’shma otlar, qisqartma otlar o’rgatilganda ularning yozilishi haqida ham ma’lumot beriladi. Shunga doir mashqlar ishlanadi. Qolgan so’z turkumlarini o’rgatishda ham shunday ma’lumotlar beriladi. Bu esa so’z turkumlarini orfografiya bilan bog’liqligini ta’minlaydi.
So’z turkumlarini tilning fonetika, leksikologiya sathlari bilan ham yuqoridagi kabi bog’liqlikda olib borish mumkin. Bunday bog’lanish nazariy ma’lumotlarni berish, amaliy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida, test savollari bilan ishlashda yo’lga qo’yilishi mumkin.

BOSHLANG’ICH SINF DARSLIKLARIDA FE’LGA OID MASHQLARNI TASNIF QILISH


Reja:
1. “Fe’l” mavzusini o‘rganishdagi asosiy vazifalar.
2. Fe’lni o‘rganishdagi izchillik:
a)1-sinfda fe’l ustida ishlash;
b) 2-sinfda fe’lni o‘rganish;
v) 3-sinfda fe’lni o‘rganish;
g) 4-sinfda fe’lni o‘rganish.


Fe’l ustida izchillik bo‘limlar orasidagi bog‘lanish, programma materialining hajmi, uni har bir sinfda o‘rganish usullari va vositalari shu so‘z turkumini o‘rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. “Fe’l” mavzusini o‘rganishda asosiy vazifalar: so‘z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shaklantirish, o‘quvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og‘zaki va yozma nutqda fe’ldan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish, o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim orfografik qoidalarni o‘zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bog‘liq holda hal etiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligini hisobga olinadi. Fe’lni o‘rganishda izchillik. 1-sinfda fe’l ustda ishlash o‘rganish davrida boshlanadi. Bu davrda o‘quvchilarning diqqati fe’lning leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig‘iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi so‘z va mashqlarni o‘qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog‘lab o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so‘z nimani bildirishini va qanday so‘roqqa javob bo‘lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko‘rib, gapni mazmunga mos so‘zlar bilan to‘ldiradilar nima qiladi?... (etiladi), daraxt barglari nima qiladi?... (sarg‘aya boshlaydi), bolalar nima qilayaptilar?... (dam olayaptilar)... (o‘ynayaptilar)... (ishlayaptilar). Fe’lni o‘rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so‘zlar mavzusini o‘rganishdan boshlanadi. (1-sinf, o‘quv yilining 2-yarmi), fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilayapti?) yugurayapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan o‘quvchilar o‘zlari bajargan harakatlarni aytishni so‘rab, ular bergan javobni (fe’lni) so‘roqlari bilan doskaga yozib, suhbat o‘tkazish bilan tushuntiriladi. Bolalarni so‘roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, o‘ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarning ham tanlashga o‘rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o‘quvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish ko‘nikmasini shakllana borishiga yordam beradi. Dastur o‘quvchilarda so‘zlarga so‘roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko‘nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o‘quvchi fe’lning har xil formalaridan foydalanib, maxsus mashqlar o‘tkazadi. Nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z bilan nima qildi? (nima qilayapti? Nima qiladi?) so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar taqqoslanadi: nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar esa predmet bildirishi, nima qildi? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar esa predmet harakatini bildirishi aniqlanadi. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga o‘rgatadi. Ularning nutqda bir-biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi. Fe’lga so‘roq berishga o‘rgatish yuzaki bo‘lmasligi o‘quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi? Nima qilayapti? Nima qilmoqchi? So‘roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so‘roqlarga javob berishga o‘rgatish o‘z navbatida, fe’l zamonlarini o‘rgatishga tayyorlash demakdir.
1-sinfda morfologik so‘roq so‘z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O‘quvchilarni so‘zga so‘roq berishga, o‘qituvchi bergan so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlarni tanlashga so‘zni so‘roqda mos ravishda o‘rgatishga (nima qildi? –o‘qidi, nima qilamiz? –o‘qiymiz, nima qilmoqchi? –o‘qimoqchi) kabi o‘rgatiladi. 2-sinfda fe’lni o‘rganish. 3-sinfda fe’lni o‘rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi “fe’l –so‘z turkumi” degan tushunchani shakllantirish, bo‘lishliva bo‘lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash ko‘nikmasini hosil qilish, bo‘lishsizlik qo‘shimchasining talaffuzi va imlosini o‘rgatish hisoblanadi. Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o‘quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o‘qituvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o‘qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni bolalarning o‘zlari bajaryotgan ish-harakatni aytishni so‘raydi, suhbat o‘tkazadi. Suhbatda “O‘qituvchi nima qildi? O‘quvchilar nima qildilar? Hozir o‘qituvchi nima qilayapti? O‘quvchilar nima qilayaptilar? Endi o‘quvchilar nima qiladilar? O‘qituvchi nima qiladi?” kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida o‘qituvchilar o‘qituvchi rahbarligida fe’llarni so‘rog‘i bilan yozib boradilar. Masalan, nima qildi? So‘zladi, tushuntirdi; nima qildilar? Tingladilar, yozdilar; nima qilayapti? Tushuntirayapti, so‘rayapti, tinglayapti, nima qilayaptilar? Javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? Tekshiradi, ko‘radi; nima qiladilar? Ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar. Suhbat va o‘quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo‘lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? Nima qilayapti? Nima qiladi? Kabi so‘roqlarga javob bo‘lib, predmet harakatini bildirgan so‘zlar fe’l deyiladi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Mavzu yuzasidan o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish uchun so‘roq berib fe’lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo‘yish, aralash berilgan so‘zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Dasturga ko‘ra bu sinfda bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar o‘rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat o‘qish darsida kimlar o‘qidi? Rahim ham o‘qidimi? Kim so‘zladi? Ravshan so‘zladimi? Ra’no kutubxonaga boradimi? Abdulla-chi? U qachon bormoqchi? Hozir kim tushuntirayapti? Hozir Halima gapirayaptimi? Savollaridan ham foydalaniladi. O‘quvchilar so‘roq berib fe’llarni topadilar, ma’nosini qiyoslaydila va o‘qituvchi rahbarligida tushuntiradilar. Xulosa chiqariladi: fe’l harakatning yuzaa chiqqanini, ya’ni bajarilganligini (o‘qidi, so‘zladi, hozir bajarilayotganini (tushuntirayapti), endi bajarilishini (boradi) bildiradi. Bu fe’llar bo‘lishli fe’llar deyiladi. Ayrim fe’llar harakatning bajarilmaganligini (o‘qimadi, so‘zlamadi), hozir bajarilmayotganini (o‘qimayapti), keyin ham bajarilmasligini (bormaydi) bildiradi. Bunday fe’llar bo‘lishsiz fe’llar deyiladi. O‘quvchilar bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni so‘roqlari bilan ikki ustun shaklida yozadilar va so‘roqlarini bo‘lishsiz fe’l qanday hosil bo‘lganini aytadilar. O‘quvchilar bilimli mashqlar bilan mutahkamlanadi, bo‘lishsizlik qo‘shimchasi –ma, -mi shaklida talaffuz qilinsa ham, doim aslicha – ma, -mi shaklida yozilishi tushuntiriladi. O‘quvchilarda bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llarni ma’nolarga qarab farqlash ko‘nikmasini o‘stirish uchun bo‘lishli fe’ldan bo‘lishsiz fe’l hosil qilish, bo‘lishsiz fe’llarning talaffuz va yozilishini qiyoslash, bo‘lishsiz fe’llar bilan gaplar tuzish mashqlaridan foydalaniladi. 4-sinfda fe’lni o‘rganish. Bu sinfda fe’lni o‘rganishning vazifasi: 1. Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo‘shimchasi bilan o‘zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko‘nikma hosil qilish fe’lning leksik ma’nolari, bo‘lishli va bo‘lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish. 2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish masalasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda sinonim va antonim fe’llarning matn bilan bog‘liq holda va ko‘chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish. 3.
O‘tgan zamon qo‘shimchasining talaqquzi va yozilishi haqidagi ko‘nikmani hosil qilish. 4. Qo‘shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko‘nikmani hosil qilish hisoblanadi. Fe’l zamoni formasining mohiyati ish-harakat qachon bajarilishini, ya’ni ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda, undan oldin va keyingi bajarilishini taqqoslash asosida ochiladi. O‘quvchilar o‘zlari bajargan yoki bajarayotgan harakatlarni kuzatadilar, shuningdek, keyin nima qilishlarini muhokama etadilar. Xuddi shunga o‘xshash kuzatishni tabiatda bo‘layotgan o‘zgarishlar yuzasidan ham o‘tkazadilar. Bu mavzu bahorda o‘tiladi. Shuning uchun bolalar kuzatish asosida Bahor keldi. O‘rik, olcha gulladi. Gullar ochilayapti. Endi gilos pishadi. Bahordan so‘ng yoz keldi. Yozda u lagerga bormoqchi kabi gaplar tuzadilar. Gapdagi fe’llarga so‘roq berib, ish-harakatining bajarilishi payti, ya’ni ish-harakat bajarilayotganini (nima qilyapti? o‘qiyapti, ochilyapti), oldin bajarilganini (nima qildi? o‘qidi, keldi, gulladi) va keyin bajarilishi (nima qilmoqchi? Yodlamoqchi, bormoqchi) aniqlanadi. Aniq kuzatish asosida yig‘ilgan bu leksik materiallar o‘qituvchi rahbarligida umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi. 1. Fe’llar zamon bilan o‘zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi zamon, o‘tgan zamon, kelasi zamon. 2. Hozirgi zamon fe’llari nima qilyapti? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, hozirning o‘zida, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan harakatni bildiradi. 3. O‘tgan zamon fe’li nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning oldin, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini bildiradi. 4. Kelasi zamon fe’li nima qilmoqchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, harakatning keyin, ya’ni nutq so‘zlanayotgan vaqtdan keyin bajarilishini bildiradi. boshlang‘ich sinf o‘quvchilari fe’l zamonlarini unga beriladigan so‘roqdan bilib oladilar. So‘roqdan uning leksik ma’nosi ham bilinib turadi. Fe’lning zamon formasini yasash va bilib olish uchun o‘quvchilarni so‘roqlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish ham muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval kollektiv ravishda ishlanadi va o‘quvchilar e’tibori so‘roq bilan fe’l zamonining bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon formasini hosil qilish uchun fe’lning ikkinchi shaxs-birlik formasi asos qilib olinadi (Boshlang‘ich sinflarda fe’lning bosh formasi o‘rganilmaydi). Fe’lga so‘roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi. Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun “Fe’l” mavzusini o‘rganish jarayonida fe’lni zamon qo‘shimchasi bilan o‘zgartirish mashqi muntazam o‘tkazib boriladi. O‘quvchilarni fe’l zamonlarini ongli qo‘llashga o‘rgatish maqsadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va biror fe’l formasidan foydalanishni asoslash, shuningdek, fe’l zamonini o‘zgartirish, fe’llarni muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish topshiriladi. Dasturga ko‘ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha beriladi. O‘quvchilarda o‘zbek tilida 3 shaxs: so‘zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), o‘zga (3-shaxs) mavjudligi haqida dastlabki ko‘nikma “Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi” va “Kishilik olmoshlari” mavzulari o‘rganilayotganda hosil qilingan. “Fe’llarda shaxs-son” mavzusi shu ko‘nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi. Suhbat asosida kishilik olmoshlari 3 shaxsni, birlik va ko‘plikni bildirishi eslatilgach, o‘quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Ular tuzgan gap o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi (Men kitobni o‘qidim). O‘quvchilar men 1-shaxs birlikda kishilik olmoshi ekanini aytadilar; o‘qidim fe’lini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qilib, o‘qi- o‘zak- di- o‘tgan zamon qo‘shimchasi, -m – ham qo‘shimcha ekanini aniqlaydilar. O‘qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: ish-harakat so‘zlovchi (1-shaxs), tinglovchi (2-shaxs), o‘zga (3-shaxs) tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-harakat yakka (bir) yoki bir necha shaxs tomonidan bajarilishi ham mumkin.
Fe’llarga qo‘shilib, ish-harakatni bajargan shaxsni va sonni (ko‘plik va birlikni ham bildiradigan qo‘shimchalar bor. Masalan, o‘qidim fe’lidagi –m qo‘shimchasi shunday ma’noni bildiradi, u shaxs-son qo‘shimchasidir. Chunki –m o‘qish harakatini bajara shaxsni (1-shaxsni) va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, ya’ni ham shaxsni, ham sonni ifodalayapti. O‘qituvchi (xattataxtaga yozilgan gaplarni ko‘rsatib) “Nuqtalar o‘rniga gapning mazmuniga mos bo‘lgan fe’llarning shaxs-son qo‘shimchasini topib qo‘yib, gaplarni o‘qish” vazifasini topshiradi. Mashq o‘qituvchi rahbarligida birgalikda bajariladi. Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe’llar shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi. Shaxsson qo‘shimchalari zamon qo‘shimchalaridan keyin qo‘shiladi. Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko‘nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘yish, berilgan fe’llarni hozirgi, o‘tgan, kelasi zamonda shaxs-son qo‘shimchasi bilan tuslash, fe’llarni so‘z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalanadi. Bu sinfda qo‘shma fe’llar va ularning yozilishi haqida ham ko‘nikma hosil qilinadi. Mavzuni tushuntirish uchun qo‘shma fe’llar ko‘proq bo‘lgan matn tanlanib, matnni o‘qish, so‘roq berib fe’llarni topish, nechta so‘zdan tuzilganini va qanday yozilganini aytish topshiriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar. Suhbat yordamida xulosa chiqariladi: ba’zi fe’llar ikki va undan ortiq so‘zdan tuziladi, bitta so‘roqqa javob bo‘ladi (nima qildi? ko‘rib qoldi, olib chiqdi kabi). Bunday fe’llar qo‘shma fe’llar deyiladi. Qo‘shma fe’llar alohida yoziladi. Qo‘shma fe’llar va ularning yozilishi haqidagi ko‘nikmani shakllantirish uchun matndagi qo‘shma fe’llarni topish va yozilishini tushuntirish, berilgan fe’llardan qo‘shma fe’llar yasash, qo‘shma fe’llar bilan gap tuzish mashqlaridan foydalaniladi.

Adabiy til — muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va meʼyorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. „Qayta ishlangan“ tushunchasi nisbiy (tarixan turli davrlarda, turli xalqlarda adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqda ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi turkiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Baʼzi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Masalan, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; baʼzi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan. Adabiy til ning ikki — ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu maʼnoda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda baʼzan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va ogʻzaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy til ni ayni bir deb boʻlmaydi. Adabiy til oʻz mezonlarini egallagan shu tilda soʻzlashuvchilar barchasi uchun bir-dekabr U ham yozma, ham ogʻzaki shakllarda amalda qoʻllanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til meʼyorlariga boʻysunsada, 181koʻplab xususiylik hamda umum eʼtirof etmagan jihatlarni oʻzida mujassam-lashtiradi. Turli xalqlarda hamma dav-rlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda boʻlmagan. Adabiy til bilan milliy til oʻrtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi boʻlgan xalq millat boʻlib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til Adabiy til vazifasiii oʻtaydi, lekin har qanday Adabiy til darhol milliy tilga aylana olmaydi. Adabiy til bilan shevalar oʻrtasidagi munosa-bat alohida muammoni tashkil etadi (qarang Shevalar). Shevalar tarixan qanchalik barqaror boʻlsa, Adabiy til uchun shevalarning vakillarini lingvistik nuqtai nazar-dan umumlashtirish shunchalik murakka-blashadi. Hozirgi kunda koʻpgina mamlakatlar (mas, Italiya, Indoneziya va boshqalar)da she-valar Adabiy til bilan teng suratda qoʻllanmoqda. Adabiy til tushunchasi odatda til uslublari tushunchasi bilan bogʻlanadi. Ammo bu bogʻlanish bir tomonlama. Chunki til us-lubiyatlarining oʻzi Adabiy til koʻrinishlari hisoblanadi. Ular tarixan shakllangan, muayyan belgilar majmuidan iborat boʻladi. Mazkur belgilarning bir qismi boshqa uslublarda takrorlanishi mum-kin. Lekin, bu takroriy belgilarning maʼlum shaklda birikishi va vazifasining oʻziga xosligi bir uslubning ik-kinchi uslubdan farqini belgilaydi. Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi (1989) oʻzbek Adabiy til rivojini taʼminlovchi muhim voqea boʻldi. Oʻzbek Adabiy til i turli xalqlar Adabiy til i rivojlanish tajribasi asosida yanada takomillashib bormoqda (yana qarang Oʻzbek adabiy tili).


Sheva (fors. — harakat tarzi, tarz, usul) — tilning fonetik, grammatik va lugʻaviy jihatdan oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan eng kichik hududiy koʻrinishi — sezilarli lisoniy tafovutlari boʻlmagan bir yoki bir necha aholi maskani (odatda, qishloq)da yashovchilarning soʻzlashuv vositasi sifatida qoʻllanadi. Sheva — bu boshqa Sheva tizimlaridan fonetik, grammatik, soʻz yasalishi va lugʻaviy belgilariga koʻra farqlanuvchi lisoniy tizim sifatida mavjud boʻladi. Mas, qipchoq lahjasining mangʻit yoki saroy shevasi, qarluq lahjasiga mansub margʻilon shevasi va boshqalar oʻzbek tilining eng kichik hududiy koʻrinishlari hisoblanadi. Alohida Shevalar birikib, lahjasi tashkil etadi.
Shevalar tizimining murakkablik darajasi, asosan, ekstralingvistik omillar: Shevaning alohidalanish (ajralib qolish) darajasi, muayyan Sheva vakillarining boshqa Shevalar va tillarning vakillari bilan aloqa qilish darajasi, adabiy tilning shahriga taʼsiri va shahrik.ga bogʻliq. Alohida ajralib qolgan Shevalarda uning vakillari bilan atrofdagi aholi oʻrtasida aloqalarning yoʻqligi (geografik yoki siyosiy sabablar, atrofdagi aholining til, madaniyat, diniy eʼtiqod jihatdan ayni Sheva vakillaridan keskin farklanishi tufayli), sheva vakillarining anʼanaviy turmush tarzini saqlab qolishga astoydil intilishi oqibatida Sheva juda sekinlik bilan oʻzgaradi, katta va kichik yoshdagilarning tilidagi farq sezilarsiz darajada boʻladi. Adabiy tilning yoki boshqa shahrining kuchli taʼsiri ostida boʻlgan shahrida aholining turli guruhlari nutqiga xos boʻlgan, birbiriga qarama-qarshi qoʻyilgan va turli darajada farqlanadigan anʼanaviy (qad.) va yangi qatlamlar ajralib turadi.
Milliy til tushunchasining hajmi va qoʻllanish doirasi keng boʻlib, lahja va Shevalarni ham qamrab oladi. Shevalar adabiy til tushunchasiga kirmaydi, biroq ular tilning quyi shakli va tarmoqlari hisoblanib, adabiy tilni boyitish uchun xizmat kiladi. Adabiy til meʼyorlarining takomillashuvi, fan va madaniyat taraqqiyoti, shahar bilan qishloq oʻrtasidagi tafovutlarning kamayib borishi kabi ekstralingvistik omillar tufayli Shevalar ham asta-sekin oʻz hususiyatlarini yoʻqota boradi.
Shevalar tilshunoslikning dialektologiya boʻlimida oʻrganiladi. Oʻzbek Shevalarini oʻrganishga Gʻozi Olim Yunusov, Ye.D. Polivanov, A.K. Borovkov, V.V. Reshetov, F. Abdullayev, ShevaShoabdurahmonov, A. Ishayev, S. Otamirzayeva, O. Madrahimov va boshqalar katta hissa qoʻshdilar. Ad.: Reshetov V.V., Sh oabdurahmonov Sheva, Oʻzbek dialektologiyasi, T., 1978. Abduvahob Madvaliyev.
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi malum soha doirasiga,malum nutqiy vaziyatga xoslangan korinishni nutq uslubi hisoblanadi. Sozlar ham malum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga kora uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf sozlarga bolinadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qollanadigan sozlar uslubiy xoslangan sozlar,bunday xususiyatiga ega bolmagan sozlar esa uslubiy betaraf sozlar sanaladi.Ozbek tilining quyidagi nutq uslublar mavjud:1)sozlashuv uslubi,2)publistik uslub,3)ilmiy uslub,4)rasmiy uslub,5)badiiy uslub.Bulardan birinchisi og`zaki;qolganlari yozma nutqqa xosdir.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).

So‘z turkumlarini o‘rganish metodikasi


Reja:
1. So‘z turkumlari haqidagi ko‘nikmalarning shakllantirilishi.
2. So‘z turkumlarini shrganishdagi asosiy vazifalar.
3. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganishdagi asosiy vazifalar.
4. Otni o‘rganishdagi izchillik.

So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli gruppalarga ajratilishi – so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.


So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda 3 belgiga: 1)leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni predmet, harakat yo holat, belgi kabilarning umumlashitirilgan ma’nolari);
2)morfologik (so‘zning turli shakl tizimi); 3)sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslanadi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhlardagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolari, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlarga qaratilishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z turkumi bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ular taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiradigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1)so‘z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanog‘i va tartibi, predmet harakati yoki holati);
2) qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
3) o‘zgarish-o‘zgarmasliligi;
4)gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan bilimlari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar.
O‘quvchilar nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha boradi.
Dasturga ko‘ra, 1-2-sinflarda so‘zlar javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlarga qarab tasnif qilinadi. 3-sinfda “so‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanilishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi.
4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlaning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasi, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.
Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan bilimlarning hajmi ko‘rsatilgan (1-jadval)
O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi.
Masalan, gul, guldor, guladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 3-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? –gul, bu so‘z predmet bildirayapti, ko‘plikda qo‘llanadi
– gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet belgisini bildirayapti, bu sifat; gulladi so‘zi nima qildi? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet holatini bildirayapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llaniladi – gullamadi, bu fe’l.
Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsuslashtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe’l gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllanitrish, atrof-muhit haqidagi bilimlarni boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasini ham amalga oshiriladi.
1-jadval
Ot Sifat Son Fe’l
1.Predmet
1.Predmet belgisi
1.Predmetning sano-
1.Predmet harakatini bildiradi. bildiradi. g‘ini va tartibini bildiradi.

2.Kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.


2. Qanday? qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
2. Necha? yoki ne-chanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
2. Nima qildi? Nima qiladi? Nima qila-yapti?
Nima qilmoq-chi kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi
3. Birlik va ko‘p-likda qo‘llanadi.
3. O‘zgardi
3.Asosan o‘zgarmaydi 3. Bo‘lishli va bo‘lish-siz shaklda qo‘llani-ladi.
4.Egalik qo‘shim-chalari bilan o‘zgaradi.
4.Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifa-sida keladi.
4.Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazi-fasida keladi.
4. Shaxs-son qo‘shim-chalari bilan tuslana-di.
5.Kelishiklar bilan turlanadi.
5. Uch zamonni bildiradi.
6.Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak vazifasi keladi.
6.Gapda kesim vazifasida keladi.

Foydalaniladigan adabiyotlar

1. Karimov I. A. BarKamol avlod orzusi. ToshKent: «Sharq nashriyoti Kontserni», 1999 .

2. Ahmadjon B., Islom odobi va madaniyati. ToshKent: «Cho'lpon», 1995 .

3. Zunnunov A., Hotamov N. Esonov J. MaKtabda adabiyot o'qitish metodiKasi. ToshKent: «O'qituvchi», 1993 .

4. Yo'ldoshev K. Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari. ToshKent: «O'qituvchi», 1996


Foydalaniladigan adabiyotlar

1. "Вопросы грамматического строя", Издательство академий Наук СССР Москва, 1955.

2. Мухитдинов Х., Худойберганова Д., Умиров И. ва бошка. Хрзирги узбек адабий тили. (укув кулланма), Т., Илм-зиё, 2004.

3. Ishonch Zikrulloh, Hozirgi o'zbek tili, Kobul, Nigorxona matbaasi, 2014.

4. Sayfullahyeva R.R. Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H. va boshqa. Hozirgi o'zbek adabiy tili, T., fan va texnologiya, 2010.

5. Турсунов У. Хрзирги узбек адабий тили. Т., 1992.

6. Сапаев Хрзирги узбек тили. Т., 2009.

7. Шоабдурахмонов Ш. Хрзирги узбек адабий тили. Т.: Фан, 1980

XULOSA


So'z turkumlari masalasi, garcha butun dunyoda, jumladan, O'zbekistonda ham ko'plab tadqiqotlarda ob'ekt qilib olingan bo'lsa-da, hammaga bir xil darajada manzur bo'ladigan holatda o'rganilmagan.
So'z turkumlari bilan bog'liq material, ma'lumot lug'atlardan olinmasligi kerak. Chunki ular lug'atlarga qayta ishlanib kiritilgan bo'ladi. Bizning ushbu ishimizda matndagi barcha so'z va ularning turli grammatik qoidalari qulaylicha tahlil qilishinishi mumkin.
Download 57.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling