Uzatilayotgan ma'lumotlarga qo'shimcha ortiqchalikni kiritishning yana bir usuli-tuzatish kodlaridan foydalanish
Download 113.54 Kb.
|
1 2
Bog'liqmustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.7. ZAXIRAVIY MANBALASH UCHUN SINXRON GENERATORLAR
- 5.16-rasm. Strelkalarni o‘tkazish uchun dvigatelning sxemasi
KODLI YO’L TRANSMITTERLARINING
BIR FAZALI ASINXRON DVIGATELLARI Transmitterlar kodli avtoblokirovka va avtomatik lokomotiv signallashtirish qurilmalarida ishlatiladi. Bir fazali asinxron kondensatorli AСOM-48 turidagi dvigatel kodli yo‘l trans-mitterlarga o‘rnatiladi. Bu dvigatel chastotasi 50 va 75 gertsli 110 V o‘zgaruvchan kuchlanishga ega bo‘lgan manbadan ta’minlanadi. 50 Gts li chastota bo‘lganda, dvigatelni elektr sxemasiga sig‘imi 6 Mkf (5.14-rasm, a) bo‘lgan kondensator, 75 Gts li chastotada esa – sig‘imi 2 Mkf (5.14-rasm, b) bo‘lgan kondensator ulanadi. AСOM-48 turidagi davomiy ish rejimi uchun mo’jallangan dvigatelning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardir: - ol iste’m qilinayotgan to‘la quvvat–16,5 VA; - foydali quvvat – 3,5 Vt; FIK η = 0,3; - me’yordagi yuklama va 110 V kuchlanishda stator cho‘lg‘amlari iste’mol qila-digan tok: birinchi faza (yo‘g‘on cho‘lg‘am) da 0,1… 0,15 A, ikkinchi faza (ingichka cho‘lg‘am) da 0,13…0,18 A; - 50 Gts li chastotada yakorning minimal aylanish tezligi n = 982 ayl/ min, 75 Gts li chastotada esa n = 1473 ayl/min; - sinxron aylanish tezligi 50 Gts li chastotada n = 1000 ayl/min, 75 Gts li chastotada esa n = 1500 ayl/min; 5.7. ZAXIRAVIY MANBALASH UCHUN SINXRON GENERATORLAR Sinxron generator ДГA turidagi dizel-generator agregatining komplektiga kiradi. Bunday generatorlarning stator cho‘lg‘amlari yulduzli ulanganda chiziqli kuchlanishi U = 380 V, quvvati esa Pn = 2, 24 yoki 48 kVA ga teng bo‘ladi. ДГA generatori o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish va kuchlanishni avtomatik rostlash tizimlarining apparaturalari bilan ta’minlangan. Bu generatorning sxemasini ko‘rib chiqamiz (5.16-rasm). 5.16-rasm. Strelkalarni o‘tkazish uchun dvigatelning sxemasi Yuklamaga ketma-ket – transformator Tr1 ning birlamchi cho‘lg‘ami, yukla-maga parallel ravishda esa – transformator Tr2 ning birlamchi cho‘lg‘amlari ulana-di. Transformatorlarning ikkilamchi cho‘lg‘amlari parallel ulangan va ular sinxron generatorning qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami QCH ulangan to‘g‘rilagich T ni manbalaydi. Ketma-ket transformator Tr1 ning ikkilamchi toki Ii yuklama toki I ga, parallel transformator Tr2 ning ikkilamchi tok Iu esa – yuklama kuchlanishi U ga bog‘liq bo‘ladi. To‘g‘rilagich kirishidagi tok I~ tok Ii va Iu larning geometrik yig‘indisiga, ya’ni I~ = Ii + Iu ga teng bo‘ladi. Qo‘zg‘atish toki Iq~I~ na faqat yuklama toki I va kuchlanish U qiymatiga, balki ular orasidagi siljish burchagi φ ga xam bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun 27.3-rasmdagi sxema fazaviy kompaundlashtirish sxemasi deb ataladi. Transformator Tr1 va Tr2 larning transformatsiya koeffitsientlari va ulangan g‘altaklarning induktivligi L shunday tanlanadiki, bunda yuklama toki I va siljish burchagi φ larning xar qanday qiymatida xam, generatorning kuchlanishi o‘zgar-mas xolda saqlanib turiladi. Aktiv yoki aktiv-induktiv yuklamani ortishi bilan tok Ii, I~, Iq lar va EYuK E lar xam ortadi. Natijada, stator cho‘lg‘amlaridagi kuchla-nish tushishining ortib boruvchi ta’siri avtomatik tarzda qoplanadi. 5.16-rasmdagi sxemada, sinxron generatorning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish jarayo-nini yaxshilovchi rezonansli kontur ishlatilgan. Buning uchun, to‘g‘rilagichga parallel ravishda o‘zgaruvchan tok tomonidan kondensator С lar ulanadi. Kondensator С larning sig‘imi shunday tarzda tanlanadiki, bunda ishga tushi-rish paytida, rotor aylanish tezligi nominal tezlikdan kam, ya’ni n < nn bo‘lganda, kuchlanish rezonansi kelib chiqadi va kondensatorlar va to‘g‘rilagich kirishidagi kuchlanish ko‘payadi. Buning xisobiga to‘g‘rilagich qarshiligi kamayadi, o‘z-o‘zi-ni qo‘zg‘atish sodir bo‘ladi. Rotor aylanish tezligi turg‘un bo‘lganda (n nn), rezonans shartlari buziladi va kondensatorlar amaliy jixatdan sxema ishlashiga ta’sir o‘tkazmaydi. Download 113.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling