Yirik donali asfaltbeton qorishmasidan qoplamani qurish
Asfaltbeton qorishma – ma’dan materiallarinin [chaqilgan tosh (shag’al) va qumning ma’dan kukun bilan yoki usiz] qatron bilan mayyan nisbatlarda maqbul tanlangan hamda issiq holatda aralashtirilgan qorishmasi.
Asosiy ko’rsatkichlari va xillari :
a) Asfaltbeton qorishmalarni (kelgusida qorishmalarni) va asfaltbetonlarni ma’dan tashkil qiluvchilarning turiga bog’liq ravishda chaqilgan toshli, shag’alli va qumli turlarga ajraladi.
b) Foydalanilayotgan qatronning qovushoqligiga va haroratiga bog’liq ravishda qorishmalarni yotqizishda quyidagi turlarga ajraladi:
- issiq – qovushoq va suyuq yo’l neft qatronlaridan foydalangan holda tayyorlanuvchi hamda kamida 1200 S haroratda yotqiziluvchi;
- sovuq- suyuq yo’l neft qatronlaridan foydalangan holda tayyorlanuvchi hamda kamida 50 S haroratda yotqiziluvchi.
Issiq qorishmalarni va asfaltbetonlarni, ma’dan donalarining eng katta o’lchamlariga bog’liq ravishda quyidagi turlarga bo’linadi:
donalari o’lchamlari 40 mm gacha bo’lgan ÷ yirikdonador;
donalari o’lchamlari 20 mm gacha bo’lgan ÷ maydadonador;
donalari o’lchamlari 10 mm gacha bo’lgan ÷ qumli.
Issiq qorishmalardan tayyorlangan asfaltbetonlarni qoldiq g’ovakdorligi kattaligiga bog’liq ravishda quyidagi turlarga bo’linadi:
qoldiq g’ovakdorligi 1,0 dan 2,5 % gacha bo’lgan ÷ yuqori zichlikli;
qoldiq g’ovakdorligi 2,5 dan 5,0 % gacha bo’lgan ÷ zich;
qoldiq g’ovakdorligi 5,0 dan 10,0 % gacha bo’lgan ÷ g’ovakdor;
qoldiq g’ovakdorligi 10,0 gacha bo’lgan ÷ yuqori g’ovakdor;
Chaqilgant toshli va shag’alli issiq qorishmalar va zich asfaltbetonlarni (ulardagi chaqilgan tosh, shag’al) miqdoriga bog’liq ravishda quyidagi turlarga bo’linadi:
A - chaqilgan tosh miqdori 50 dan 60 % gacha;
B - chaqilgan tosh miqdori 40 dan 50 % gacha;
V - chaqilgan tosh miqdori 30 dan 40 % gacha;
Do'stlaringiz bilan baham: |