Узбекистон Республикаси Кишлок ва Сув хужалиги


Yerlarni sug‘orish variantini tanlab olish va loyihani iqtisodiy jihatdan asoslash


Download 1.91 Mb.
bet9/15
Sana07.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1437438
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
SXI kurs ishi Samarkand

Yerlarni sug‘orish variantini tanlab olish va loyihani iqtisodiy jihatdan asoslash

Ichki sug‘orish tizimini qurishga kapital mablag‘lar sarflash variantlarini bir-biriga solishtirganda (agar ular qurilishning davomiyligi, kapital mablag‘larni qurish bosqichlar bo‘yicha taqsimlash bilan bir-biridan farq qilsa) kapital mablag‘larni turli vaqtda sarflashning shu variantlarning samaradorligiga ta’siri hisob-kitob qilinadi.
Agar solishtirma variantlar bo‘yicha kapital mablag‘lar turli muddatlarda sarflanadigan bo‘lsa, u holda variantlarni bir-biri bilan solishtirish uchun eng keyingi xarajatlar hozirgi davrdagi xarajatlarga moslanadi, buning uchun quyidagi formula bilan hisob-kitob qilinadigan moslash koeffitsienti qo‘llaniladi:




Bu yerda:
K - moslash koeffitsienti
t - moslangan vaqt, yil bilan o‘lchanadi
Tn - turli muddatlardagi xarajatlarni moslash me’yori (0.15)

Eng arzon va samarali variantlar tanlanib, shu variantlar amalga oshiriladi.


Variantlar bo‘yicha moslangan kapital mablag‘larning umumiy yig‘indisi jadvalga muvofiq chiqariladi.
Sug‘orish variantlari bo‘yicha moslangan kapital mablag‘lardan olingan summa yerlarni sug‘orishning eng foydali variantini belgilashda foydalaniladi. Kapital mablag‘larning solishtirma iqtisodiy samaradorligining hisob-kitobi melioratsiya ob’ektlarini qurish variantlarini tanlab olishda xo‘jalik yoki texnik echimlarning variantlarini qiyoslashda qo‘llaniladi. Solishtirma iqtisodiy samaradorlik asosida belgilanadigan eng qulay iqtisodiy variant ko‘rsatkichi - moslangan xarajatlar minimumidir.

Har bir variantga moslangan-xarajatlar joriy xarajat (tannarx) va kapital mablag‘lar summasidan iboratdir, bular qiyosiy samaradorlik me’yori (Mx) ga binoan bir xil miqdorda moslanadi:


Mx = Xi/ch + Kk/m x K
bu yerda:
Mx - variant uchun mablag‘lar to‘la o‘zlashtirilgan yilga mo‘ljallab moslangan xarajatlar miqdori:
Xi/ch -variant bo‘yicha mablag‘lar to‘la o‘zlashtirilgan yilga mo‘ljallab tuzilgan joriy ishlab chiqarish xarajatlari:
K - variant bo‘yicha kapital mablag‘lar miqdori, so‘m.
Kk/m - ko‘rsatkichi eng kam miqdorda bo‘lgan variant eng afzal variant hisoblanadi.


9-jadval




Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling