Узбекистон республикаси кишлок ва сув


Traktor dvigatelining nominal quvvati va aylanish chastotasini aniqlash


Download 0.83 Mb.
bet3/26
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
302 Muzaffar

1.1 Traktor dvigatelining nominal quvvati va aylanish chastotasini aniqlash

Dvigatelning nominal quvvati va aylanishlar chastotasini aniqlash uchun traktor ilmog‘idagi foydali tortish quvvati Nil va dvigatelning tirsakli validagi nominal quvvat Nn orasidagi bog‘lanish tenglamalaridan foydalaniladi.

Nil = Ril ∙Vh / (3,6 ∙ 103)=42 kVt

Nn = Nil / t =67,6 kVt

bu erda, Ril - traktor ilmog‘idagi tortish kuchi, N, bu kuch ilmoqdagi kuchning harakat tekisligiga parallel tashkil etuvchisi hisoblanadi; Vh - traktorning haqiqiy tezligi, km/soat; Ril va Vh qiymatlari kurs loyihasi topshirig‘ida beriladi; t - traktorning tortish FIK, u quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi:

t = m ∙ f ∙  =0,622

bu erda, m - transmissiyaning berilgan uzatmasida mexanik yo‘qotishlarni e’tiborga oluvchi FIK:

g‘ildirakli traktorlar uchun:

m = sa ∙ kb=0,877

zanjirli traktorlar uchun:

m = sa ∙ kb ∙ g

bu erda, s - traktor transmissiyasining harakat uzatishda ishtirok etuvchi bir juft silindrsimon shesternyalarini FIK; k - bir juft konussimon shesternyalarni FIK. s va k larning qiymatlarini quyidagicha qabul qilinadi:

s = 0,98; k = 0,97

a-berilgan uzatmada ishtirok etuvchi silindrsimon shesternyalarning juft soni; b- berilgan uzatmada ishtirok etuvchi konussimon shesternyalarning juft soni; g - zanjirli uzatma FIK bu koeffitsient zanjir sharnirlarida va uni yulduzcha bilan tishlashishdagi ishqalanish sarflarini e’tiborga oladi, g ning qiymati adabiyotdan olinadi, g = 0,96 ga teng.a=5, b=1

Harakat uzatishda ishtirok etuvchi shesternyalarning juft sonlarini aniqlash uchun o‘xshash traktor transmissiyasini kinematik sxemasidan foydalaniladi.

f - traktorning harakatlanishiga sarf bo‘lgan yo‘qotishlarni e’tiborga oluvchi yumalashga qarshilik koeffitsenti bo‘lib, bu quyidagi formula bilan aniqlanadi:

f = Ril / (Ril + Rf)=0,830

bu erda, Rf - traktorning g‘ildiraklarini yumalashiga qarshilik qiluvchi kuch yoki traktorning o‘zini harakatlanishi uchun sarf bo‘lgan kuch bo‘lib quyidagicha aniqlanadi:

Rf = f ∙ G=3968 H

bu erda, f - traktor g‘ildiraklarini yumalashiga qarshilik koeffitsienti bo‘lib, uning qiymati traktor harakatlanayotgan er sharoitiga qarab adabiyotdan olinadi, masalan angizda harakatlanayotgan zanjirli traktorlar uchun f = 0,08; g‘ildirakli traktorlar uchun f = 0,1 ga tengdir. G - hisoblanayotgan traktorning og‘irligi, u quyidagi formula bilan aniqlanadi: haydalgan yer f=0,09

G = Ril / (∙  ∙  - f )=44091 N

bu erda, -ish jarayonida dvigatelning quvvatidan foydalanish koeffitsienti, =0,85...0,95 deb qabul qilinadi; -etakchi g‘ildiraklarni er bilan tishlashish koeffitsienti, traktor og‘irligi hisoblanayotganda zanjirli va g‘ildirakli traktorlar uchun =0,6 ga teng deb qabul qilinadi; -traktorning og‘irligini etakchi g‘ildiraklariga ta’sir qilayotgan qismini e’tiborga oluvchi koeffitsient, agar g‘ildirak sxemasi 4x2 bo‘lsa =0,75...0,85 g‘ildirak sxemasi 4x4 bo‘lgan va barcha zanjirli traktorlar uchun =1 ga teng deb qabul qilinadi. =0,9 , =1

SHuni aytib qo‘yish kerakki traktor og‘irligi hisoblanayotganda zanjirli va g‘ildirakli traktorlarni yumalashiga qarshilik koeffitsienti qiymatini f = 0,1 ga teng deb olinadi.

- traktorni etakchi g‘ildiraklarining shataksirashi (toyishi) natijasidagi yo‘qotishlarni e’tiborga oluvchi FIK. Bu koeffitsient quyidagicha aniqlanadi:

= 1 - =0,855

bu erda,  - shataksirash natijasidagi yo‘qotishlar qismi

SHataksirash natijasidagi yo‘qotishlarni aniqlash uchun, avval traktorning nisbiy tortish kuchi Ri aniqlanadi va uning miqdoriga qarab 1.1-jadval bo‘yicha shataksirash natijasidagi yo‘qotishlar  aniqlanadi.

1.1-jadval


Ri

0,4

0,6

0,65

0,7

0,8

0,9

shataksi-



g‘ildirakli traktorlar

0,084

0,136

0,152

0,18

0,27

0,46


rashdagi yo‘qotishlar

zanjirli traktorlar

0,013

0,028

0,036

0,05

0,105

0,24

Nisbiy tortish kuchi quyidagi emperik tenglama bilan aniqlanadi:

Ri = Ril / (i ∙  ∙ G)=0,63

Nisbiy tortish kuchini aniqlayotgan paytda 4x2 sxemali g‘ildirakli traktorlar uchun i= 0,75...0,85 zanjirli va 4x4 sxemali g‘ildirakli traktorlar uchun i =1ga teng deb qabul qilish tavsiya qilinadi. Etakchi g‘ildiraklarni er bilan tishlashish koeffitsienti  traktor harakatlanayotgan er sharoitiga qarab adabiyotdan olinadi.

Agarda hisoblash yo‘li bilan aniqlangan Pi miqdori asosida jadvaldan yoki uni asosida qurilgan diagrammadan  qiymatini aniqlash qiyin bo‘lsa, m.: g‘ildirakli traktor uchun Pi=0,48 bo‘lsa, shataksirashga sarflangan yo‘qotishni quyidagi hisoblash orqali aniqlash mumkin: Pi=0,4 dan Pi=0,6 gacha oshganida =0,084 dan =0,136 gacha oshadi, ya’ni Pi qiymati har 0,02 ga ortganida  miqdori 0,0052 ga ortadi. Bunga asoslanib quyidagi jadvalni tuzish mumkin.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling