2.1.2 Atrof-muhit va qoldiq gazlar ko‘rsatkichlari
Dvigatel ishlayotgan sharoitdan kelib chiqib atmosfera havosi bosimi ro va harorati To qiymatlari qabul qilinadi. Ushbu qiymatlar kurs loyihasi topshirig‘ida berilgan bo‘lishi ham mumkin.
Silindrlarga havo bosim bilan kiritilmaydigan dvigatellar uchun atrof-muhit bosimi po=pk, harorati To=Tk ga teng. Bu erda pk va Tk silindrlarga kiritilayotgan yangi zaryad bosimi va harorati.
Qoldiq gazlar bosimi pr ni aniqlab olinadi:
pr = (1,05 ... 1,25) ∙ p0=0,15 MPa
Odatda tirsakli valda katta aylanishlar chastotasiga ega dvigatellarda pr ham katta bo‘ladi.
Qoldiq gazlar harorati - Tr qiymati ham qabul qilinadi, dizellar uchun Tr = 600...900 K, karbyuratorli dvigatellar uchun Tr = 900...1100 K.
Do'stlaringiz bilan baham: |