2.1 - rasm. Axos-340C traktorining issiqlik balansi
Qe – foydali ishga aylangan issiqlik miqdori; Qs – sovitish tizimiga uzatilgan issiqlik miqdori; Qg – yonib bo‘lgan gazlar bilan atrof muhitga chiqarilgan issiqlik miqdori; Qqol – hisoblashlardagi noaniqliklarni va yo‘qotilgan issiqlikni aniqlashda hisobga olinmagan qismini e’tiborga oluvchi balans tenglamasining qoldiq tashkil etuvchisi
2.3 Dvigatelning dinamik hisobi
Dinamik hisobni bajarishda dvigatel krivoship-shatun mexanizmiga ta’sir qiluvchi gazlarning bosim kuchi, ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi detallarning inersiya kuchi, yig‘indi kuch, radial va tangensial kuchlar aniqlanadi. Bundan tashqari indikator, inersiya kuchlari, yig‘indi kuchlar va tangensial kuchlar diagrammalari kuriladi. Hisoblash ishlari qarshilik kuchining o‘rtacha qiymati va dvigatel maxovigining massasini aniqlash bilan tugallanadi.
Dinamik hisobni bajarib diagrammalarni qurishda grafoanalitik usuldan yoki kompyuter dasturlaridan foydalanish mumkin. Dinamik hisob bo‘yicha hisoblashlarni bajarish va diagrammalarni qurishda kompyuterda Microsoft Excel dasturiga moslashtirilgan dasturdan foydalaniladi. Natijalar jadval va alohida diagrammalar shaklida keltiriladi (ilovadagi namunaga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |