2.1.8 Samarali ko‘rsatkichlar
O‘xshash traktor dvigateli tirsakli valining nominal aylanish chastotasi qiymatidan kelib chiqib, hisoblanayotgan dvigatel porshenini o‘rtacha harakatlanish tezligi qiymati Wp o‘r qabul qilinadi, bunda porshenni o‘rtacha tezligini topishda quyidagi formuladan foydalanish mumkin
Wp o‘r = S ∙ n / (3∙104)=7 m/s,
bu erda S, n – o‘xshash traktor dvigatelidagi porshen yo‘li va tirsakli valni nominal aylanishlar chastotasi.
Mexanik yo‘qotishlar o‘rtacha bosimini aniqlashda quyidagi ifodadan foydalaniladi:
pm= a + b∙Wp o‘r=0,189 MPa,
bu erda, a va b dvigatel turi, tuzilishi va o‘lchamlariga bog‘liq koeffitsientlar bo‘lib ularning qiymati dizellar uchun a=0,105 va b=0,012 karbyuratorli dvigatellar uchun agar S/D>1 bo‘lsa a=0,05 va b=0,0155 agar S/D<1 bo‘lsa a=0,04 va b=0,0135 ga teng.
O‘rtacha samarali bosim quyidagicha aniqlanadi:
pe= pi - pm =0,972 MPa
Mexanik FIK:
m = pe / pi=0,84
Samarali FIK:
e = i ∙ m =0,38
Samarali solishtirma yoqilg‘i sarfi:
ge = 3600 / (Qp∙e)=221 g/kVt∙soat
YUqoridagi formulada yoqilg‘ining pastki solishtirma yonish issiqligi Qp qiymati MJ/kg da qo‘yiladi.
Samarali ko‘rsatkichlar qiymati dizellar uchun e=0,35...0,40 ge=225...260 g/kVt∙soat, karbyuratorli dvigatellar uchun e=0,25...0,33 ge=300...370 g/kVt∙soat oralig‘ida bo‘ladi.
1>
Do'stlaringiz bilan baham: |