Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi


To`g`ridan-to`g`ri ishlatiladigan o`g`itlar


Download 1.27 Mb.
bet3/45
Sana21.06.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1643803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
МУКТ маьруза матн

To`g`ridan-to`g`ri ishlatiladigan o`g`itlar usimliklarning bevosita oziqlanishiga muljallangan. Ular tarkibida usimliklar xayoti uchun muxim bulgan elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir, shuningdek mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobal`t) tutadi. To`g`ridan-to`g`ri ishlatiladigan o`g`itlar, uz navbatida, oddiy (bir yoklama) va kompleks ( kup yoklama) o`g`itlarga bulinadi.
Oddiy o`g`itlar tarkibida usimliklar oziqluvchi elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor va boshkalardan bittasi buladi. Ular xam uz navbatida azotli, fosforli, kaliyli, mikroelementli o`g`itlar turlariga bulinadi.
Mikroo`g`itlar — kam me`yorda (gektariga gramm va kilogrammlarda) kullaniladigan o`g`itlar hisoblanadi. Tarkibida mikroelementlar tutgan — borat kislota, mis(P)-sul`fat, ammoniy molibdat va boshqa texnik tuzlar ishlatiladi. Kolchedan kuyundisi, marganetsli kuykum (shlam), chuktirilgan magniy borat va boshka mikroelementli chikindilar suvda erimaydi. Ularni suvda eriydigan holatga qayta ishlanadi yoki to`g`ridan-to`g`ri o`g`it sifatida ishlatiladi. Qishloq hujaligida suvda eriydigan xam, suvda erimaydigan ham mikroo`g`itlar ishlatiladi.
Murakkab o`g`itlar — tarkibida kamida ikkita ozuqa elementi tutgan o`g`itlar hisoblanadi. Ikkilamchi komplekslar o`g`itlar (masalan, azot-fosforli, azot-kaliyli, fosfor-kaliyli) va uchlamchi kompleks o`g`itlar (masalan, azot-fosfor-kaliyli) turlarga bulinadi. Uchlamchi o`g`itlar tula tarkibli o`g`itlar deyiladi. Murakkab o`g`itlar tarkibida shuningdek mikroelementlar, pestitsid va ustiruvchi moddalar qushimchalari xam bulishi mumkin.
Murakkab o`g`itlar ularni ishlab chiqarish xususiyatiga kura guruxdanadi:
aralash o`g`itlar turli kukunsimon yoki donadorlangan tayyor o`g`itlarni mexanik usulda aralashtirish yuli bilan olinadi;
- murakkab-aralash donadorlangan o`g`itlar aralashtirish jarayonida kukunsimon tayyor o`g`itlarni suyuq reagentlar (ammiakli suv, fosfat yoki sul`fat kislota va boshqalar) qushish bilan aralashtirilish orqali olinadi;
- murakkab o`g`itlar yagona texnologik jarayonda xom ashyoni kayta ishlash orqali olinadi.
Ta`sir etuvchi moddalarning kontsentratsiyasi buyicha o`g`itlar shartli ravishda kuyi kontsentratsiyali (oddiy), tarkibida 20-25% gacha; kontsentrlangan — 30-38%; yukori kontsentratsiyali — 60% dan kup va ul`tra kontsentrlangan — 100% dan kup ta`sir etuvchi komponentli turlarga bulinadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling