Uzbekiston respublikasi oliy va urta maxsus ta`lim vazirligi
Download 1.27 Mb.
|
МУКТ маьруза матн
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fosforli o`g`itlar
- Kaliyli uritlar.
- Murakkab o`g`itlar.
- Gigroskopiklik.
Azotli o`g`itlar qattiq va suyuq xolatda ishlab chiqariladi. Qattiq azotli o`g`itlar orasida eng kontsentrlangan o`g`it — tarkibida 45-46% N tutgan karbamid, undan keyin tarkibida 33,6-34,6 % N tutgan ammiakli selitra xisoblanadi. Kam kontsentratsiyali o`g`it — tarkibida 20-21% N tutgan ammoniy sul`fat nisbatan kup miqdorda ishlab chiqariladi.
Suyuq azotli o`g`itlar orasida eng kontsentrlanran o`g`it — tarkibida 82% N bulgan suvsiz ammiak xisoblanadi. Kam kontsentratsiyali ammiakatlar va azotli eritmalar tarkibida 30-36% N va ammiakli suv tarkibida 20-21% N buladi. Barcha azotli o`g`itlar, ular tarkibidari azotninr shaklira karab, beshta: ammiakli, ammoniyli, nitratli, ammoniyli-nitratli, amidli guruxlarga bulinadi. Fosforli o`g`itlar suvda eriydigan va suvda erimaydigan shakllarda ishlab chiqariladi. Suvda eruvchan fosforli o`g`itlarga apatit va fosforitdan olinadigan oddiy superfosfatlar (muvofiq ravishda 20-21% R2O5umum va 14-15% R2O5uzl va qushaloq superfosfatlar (ishlatiladigan xom ashyo va fosfat kislotaga muvofiq ravishda 40-50%) R2O5usv) kiradi. Qiyin eriydigan o`g`it — fosforit unining anchagina miqdori tug`ridan-to`g`ri o`g`it sifatida ishlatiladi. Bunday fosforit uni yuqori darajada maydalangan buladi va undagi R2O5 miqdori katta chegarada uzgarishi mumkin. Suvda erimaydigan o`g`it sifatida o`g`itli pretsipitat ham ishlab chiqariladi. Xozirgi paytda suvda erimaydigan o`g`itlar qatorida ftorsizlangan fosfatlar, tomasshlaklari xam ishlatilmoqda. Kaliyli uritlar. Asosan suvda eruvchan kaliyli o`g`itlar ishlab chiqariladi. Ular ga kaliy xlorid, kaliy sul`fat, aralash tuzlar va boshkalar kiradi. 1. - jadval Kaliyli o`g`itlar assortimenti
Murakkab o`g`itlar. Ularga tarkibida ikkita va uchta ozuka elemeiti bulgan murakkab o`g`itlar (ammofos, diammofos, superammofos-Ts, nitroammofoska, nitrofoska va boshkalar), murakkab-aralash va aralash o`g`itlar, shuningdek suyuq murakkab o`g`itlar kiradi. Mikroo`g`itlar, gips va gipsli materiallar, xayvonlar uchun ozuqali kimyoviy vositalar assortimeti, shuningdek barcha turdagi o`g`itlarning agrokimyoviy xossalari mineral o`g`itlar ishlab chiqarish texnologiyasi va ularning qullanilishi to`g`risidagi ma`lumotnoma adabiyotlarida batafsil keltirilgan. 1.4. Mineral o`g`itlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari O`g`itlar xossalarini tavsiflovchi asosiy kursatkichlariga: gigroskopikligi, yopishuvchanligi, donadorlanish (fraktsiyali) tarkibi, zarrachalarning urtacha ulchami, donachalar mustaxkamligi, tabiiy qiyalanish burchagi, nom tortuvchanligi, xaqiqiy va tukma zichligi, aralashmalarning bir jinsliligi va katlamli tarqalishi (segretsiyasi), elanishi, Tuzli tarkibi, kristall tuzilishi, eruvchanligi, bug` bosimi, termodinamik tavsifi kiradi. Gigroskopiklik. Gigroskopiklik moddaning havodan namlikni yutish xususiyati bilan tavsiflanadi. Gigroskopiklikni keng tarkalgan baxolashi - % bilan ifodalashdir Gigroskopiklik nuqtasi aniqlanadi. Suvda eruvchan tuzlar uchun Gigroskopiklik nuqtasi (K) tuzning tuyingan eritmasi ustidagi suv bo`g`ining partsial bosimini xuddi shu xaroratdagi bur bilan tuyintirilgan xavodagi suvning bug bosimiga nisbati orqali aniqlanadi: K = (R/R)*100 Gigroskopiklik nuqtasi moddaning namlik yutmaydigan va yuqotmaydigan nisbiy namligiga muvofik keladi. Cheklangan me`yorda namlik tutgan o`g`itning gigroskopiklik nuqtasi havoning yillik urtacha nisbiy namligidan katta bulmaydi. Moddalarning gigroskopikligini baxolash uchun gigroskopiklik koeffitsenti (K) ishlatiladi. Gigroskopiklik koeffitsenti namunaning kritik (maksimal) namligiga tugri proportsionaldir: Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling