Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


) Bir t еkislikda yotgan ravoqlar qatori mе’morchilikda nima dеb ataladi?


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

200) Bir t
еkislikda yotgan ravoqlar qatori mе’morchilikda nima dеb ataladi? 
A) Zanjira 
B) Qatorak 
C) Ravoqlar ritmi 
D) Dandana 
 


243 
"Arxitektura shakllarini uyg‘unlashtirish va bezash" fanidan talabalar 
bilimini yakuniy baholash uchun "yozma ish" savollari 
1. Fanning maqsadi va vazifalari, uning predmeti haqida tushuncha bering.
2. Fanning me’moriy loyihalash va me’moriy yodgorliklarni qayta tiklashdagi 
ahamiyatini tushuntiring.
3. Me’moriy shakllar uyg‘unligi atamasiga izoh bering, misollar bilan 
tushuntiring.
4. Shaharsozlikdagi uyg‘unlik masalasiga tushuncha bering, misollar bilan 
tushuntiring.
5. Misr ehromlarida yashiringan uyg‘unlik sirlarini tushuntirib bering.
6. "Gippodam muntazamligi" yoki "Muntazamlik qonuni" deganda nimani 
tushunasiz?, uning amaliyotdagi ahamiyati haqida so‘zlang.
7. O‘rta Osiyo shaharsozligining nazariy asoslarini nimalarda ko‘rasiz?
8. "Me’moriy shakllar tektonikasi" tushunchasiga izoh bering, uni misollarda 
tushuntiring.
9. "Hajm muhitda" va "Muhit hajmda" tushunchalariga izoh bering, misollarda 
tushuntiring.
10. O‘rta Osiyo me’morchiligining nazariy asoslarini izohlab bering.
11. Forobiy asarlaridagi go‘zal handasaviy uslublar haqida tushuncha bering.
12. G‘iyosiddin Koshiyning ravoqlar yasash uslublarini chizib ko‘rsating va 
izohlab bering.
13. M.S.Bulatovning handasaviy uyg‘unlik haqidagi ta’limotini mosollar asosida 
tushuntirib bering.
14. "Dinamik kvadratlar" qonuniga izoh bering va uning me’moriy mohiyatini 
tushuntiring.
15. N.S.Kryukovning me’moriy uyg‘unlik haqidagi ta’limotini tushuntirib be- 
ring.
16. M.S.Bulatov, P.SH.Zohidov va K.S.Kryukovning me’moriy uyg‘unlik 
haqidagi ta’limotlari orasidagi farqni tushuntirib bering.
17. K.S.Kryukovning me’moriy go‘zallik qonunini chizmada ifodalab bering.
18. Misr uchburchagi asosida tuziladigan handasaviy to‘rtburchaklarni chizib 
bering.
19. Proporsionalliklarning turlari haqida tushuncha bering.
20. Oddiy sonli nisbatlar deb qanday nisbatlarga aytiladi?
21. Geometrik (irratsional) nisbatlar deb qanday nisbatlarga aytiladi?
22. Handasaviy mutanosibliklarning turlarini tushuntirib bering.
23. Miqyosiy uyg‘unlik deb qanday uyg‘unlikka aytiladi?


244 
24. Miqyosiy va handasaviy uyg‘unlik tushunchalari orasidagi bog‘liqlikni 
tushuntirib bering.
25. Chortoq, chorustun, chorsu, chorbog‘, chorchaman va chorchinor 
kompozitsiyalariga izoh bering.
26. Chor unsur falsafasini arxitektura va shaharsozlikka bog‘lab tushuntirib 
bering.
27. Shohi-zinda me’moriy majmuasi qanday ansambl turiga kiradi?
28. "Qo‘sh" ansambliga izoh bering va uning mohiyatini tushuntiring. 
29. "Juft" ansambliga izoh bering, uning badiiy mohiyatini tushuntiring.
30. "Maydoncha" ansambliga izoh bering, badiiy mohiyatini tushuntiring.
31. O‘rta Osiyo me’morchiligiga xos ansambllarning tarixiy rivojlanish 
evolutsiyasini tushuntirib bering.
32. "Oltin nisbat"li to‘rtburchakni handasaviy chizib bering va undan amalda 
foydalanishga misollar keltiring.
33. Toq va ravoq chizishning an’anaviy uslublarini tushuntiring.
34. Ellips asosida ravoq chizish uslubini chizmada ko‘rsating.
35. Me’moriy bezaklar (naqsh)lar turlariga izoh bering.
36. Me’moriy bezaklarni handasaviy chizish uslublarini ko‘rsating.
37. Me’moriy miqyos (modul) tushunchasini izohlang, uning me’morchilik 
amaliyotidagi ahamiyatini tushuntiring.
38. O‘rta Osiyo me’moriy obidalarida modul tarzida ob’yektning qanday qismlari 
olingan?
39. O‘rta Osiyo me’moriy obidalarini metrlab o‘lchaganimizda nima uchun butunli 
sonlar chiqadi?
40. O‘rta Osiyo me’moriy obidalarida miqyos (modul) va "gaz" orasidagi 
bog‘liqlik nimadan iborat?
41. Le Korbyuze tuzgan "modulor" mohiyati va kamchiliklarini tushuntirib bering.
42. "Chor unsur" falsafasi va uning me’morchilik va shaharsozlikdagi ahamiyatini 
tushuntirib bering.
43. Chortoq, chorustun, chordara kompozitsiyalari orasidagi aloqadorlikni 
tushuntirib bering.
44. Chorbog‘, chorchaman va chorchinor kompozitsiyalarining handasaviy 
tuzulishini tushuntirib bering.
45. Me’morchilikda "ostona" nazariyasini tushuntirib bering.
46. Me’morchilikda badiiy tugallanish nazariyasini tushuntirib bering.
47. Me’moriy shakllar proporsionalligini tashkil etuvchi va ularni shakllantiruvchi 
asosiy handasaviy shakllarni ayting.


245 
48. Arxitekturada (tarhda va tarzda) qo‘llaniladigan proporsionalliklarni bir-biriga 
bog‘lovchi va birlashtiruvchi asosiy narsa nima, unga izoh bering.
49. Markaziy Osiyo me’morchiligida bino tarhlarida qo‘llaniladigan asosiy modul 
nima hisoblanadi?
50. O‘rta asr me’morlari nima sababdan o‘z chizmalariga o‘lchamlar 
qo‘yishmagan, nega bunga zarurat bo‘lmagan? Qanday qilib tarhda va tarzda 
binoning o‘lchamlarini topishgan?
51. K.S.Kryukovning me’moriy go‘zalliklariga erishish jadvalini va undan 
foydalanish uslubini tushuntirib bering.
52. Teng yonli va teng tomonli uchburchaklar yordamida olinadigan 
mutanosibliklarni chizmada tushuntirib bering.
53. Arxitekturada masshtab va masshtablilik mohiyatini tushuntirib bering.
54. Kvadratdan keltirib chiqariladigan "oltin nisbatli" to‘rtburchakni chizib 
ko‘rsating.
55. O‘rta asrlar shaharlari joylashuvidagi uyg‘unlik asoslarini tushuntirib bering.
56. Ansambllar tuzishdagi handasaviy uyg‘unlikni tushuntirib bering.
57. Irratsional kattalikdagi mutanosibliklarni butun sonli modulli 
mutanosibliklarga aylantiring.
58. Inson qomatiga xos uyg‘unliklar haqida tushuncha bering, uning ar- 
xitekturadagi ahamiyatini tushuntiring.
59. Fibonnachi qatorining mohiyatini tushuntirib bering.
60. Buyuk Ipak yo‘lining shaharlar joylashuviga ta’sirini tushuntiring. 
61. Misr ehromlaridagi uyg‘unlik sirlarini tushuntiring va chizmalarda ko‘rsating. 
62. Islomning go‘zallik va uyg‘unlik haqidagi tushunchalariga izoh bering. 
63. Me’morchilik va me’moriy uyg‘unlikka doir tarixiy yozma manbalar haqida 
tushuncha bering. 
64. O‘rta Osiyo me’moriy girih naqshlarining handasaviy yaratilish 
qonuniyatlarini tushuntiring. 
65. Me’moriy bezaklarning ramziy ma’nolarini tushuntiring. 
66. Islimiy naqshlarning turlarini tushuntiring. 
67. Me’moriy uyg‘unlik va mutanosiblik qonunlariga izoh bering. 
68. Arifmetik, geometrik va garmonik mutanosibliklar haqida tushuncha bering. 
69. Me’moriy tarhda va tarzda modul tizimini tushuntiring. 
70. Gippodam muntazamligi va Muntazamlik qonuni haqida tushuncha bering. 


246 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling