Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Piramidalarning xususiyatlari
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
5.3. Piramidalarning xususiyatlari Olamning yetti mo‘jizalaridan biri bo‘lgan Misr ehromlari salkam 5000 yildan buyon o‘z salobati-yu go‘zalligini sir saqlab kelmoqda. So‘ngi yillarda ehromlarga va ularning xususiyatlariga qiziqish tobora oshib boryapti. Ehromlarning noyob xususiyatini o‘rganish butun olam bo‘ylab tarqalmoqda. Amerikaliklar o‘simliklarni ehrom shaklidagi oynavand isitgich ichida o‘stirish tajribasini o‘tkazganlar. Bu yerda o‘simliklar tez rivojlanar ekan. Ehromlar ichiga qo‘yilgan quvvat manbalari (batareykalar)ga ham yangidan quvvat jamlanar ekan. Ehrom ichida ma’lum vaqt o‘tirgan inson o‘zini yaxshi his etar, har qanday vahimalardan ozod bo‘lar, ya’ni piramidalar insonni davolar ekan. Komptyuterlar bo‘yicha sobiq mutaxassis, mo‘jizaviy quvvatni ehromga jamlashga muvaffaq bo‘lolgan Ralf Petersning uyida banan, olma, pamildori kabi sabzavotlarning ta’mi nihoyatda boshqacha yetishgan. 61 Ular uzoq vaqt aynimay, yangiligicha saqlanib turaveradi. Sababi ho‘l meva va sabzavotlar sim ehrom ichida saqlanar ekan. "Ehromlar toliqishni yo‘qotadi, fikrni ravshanlashtirib, miyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, butun a’zolarni quvvat bilan ta’minlaydi" - deydi R.Peters. Uning fikricha, sim ehromlar diqqatni jamlab, e’tiborni oshirishga yordam beradi. Lekin bu simlar oddiy simlar emas, balki qimmatbaho ma’dan (metallar)dan yasalgan bo‘lib, ularning sirti oltin yoki kumush bilan qoplangan ekan. Yunon faylasufi Aflotun ehromlarni samoviy kuzatish maskani deb hisoblagan. Uning vatandoshi, tarixchi va shoir Xerodot esa V asrda Misrga kelib, ehromlarni ziyorat qilgach, Xeops ehromining ostida katta ko‘l bor, ana shu ko‘ldagi orolda esa fir’avn tobuti saqlanadi, degan xulosaga kelgan. Qadimiy arab yershunosi Al-Ma’sudiy ulkan ehromni suv o‘tmas qutiga qiyoslaydi. Ya’ni olamni suv olgan taqdirda ham qadimiy Misr ehromlarining sirlari saqlanib qolishi kerak ekan. Ba’zilar ehromlarni atlantlar yoki o‘zga sayyoraliklar yaratgan deb hisoblaydilar. Yana ayrim tadqiqotchilar esa ushbu sirli inshootlar qa’rida yo‘qolgan qadimiy madaniyatlar yashiringan deb hisoblamoqdalar. Biz yuqorida ko‘rdikki, bugungi kunda olimlar Misr ehromlarining qurilish sir-asrorlari va handasaviy yasalish uslublarini aniqlashga erishganlar. Biroq, ehromlar asri yangidan boshlanmoqda. Me’morlar, loyihachilar va olimlar handasaviy shakllardan unumli foydalanishmoqda. Parijdagi mashhur Luvrning ichkari hovlisida balandligi yigirma ikki quloch keladigan oynavand ehrom qad ko‘targan. Amerikaning Gran Rapidus shahridagi Michigan viloyatida "Stikayze korporeyshn" nomli yetti qavatli bino ham ehromlar shaklida qad ko‘targan. Agar mazkur korxonaning biron bir xodimi muhim massalani yechmoqchi bo‘lsa, ana shu "mushohada hujrasi"ga tashrif buyuradi, ya’ni ehrom ichida fikrini jamlab, har qanday muammoni osongina hal etadi. 62 36-rasm. Piramidalar xususiyatiga asoslangan zamonaviy Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling