Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini
Download 6.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash
- Bu sahifa navigatsiya:
- V BOB. QADIMGI MISR VA YUNON-RIM ME’MORCHILIGIDAGI UYG‘UNLIK 5.1. Qadimgi Misr me’morchiligiga xos xususiyatlar
Talabalarning o‘zini-o‘zi nazorat qilish va olgan bilimlarini mustahkamlash uchun savollar: 1. Qanday nisbatlarga irratsional handasaviy nisbatlar deb ataladi? 2. Kvadrat diogonal tomoniga nisbatini chizib berng. 3. “Oltin kesim” nisbatining arxitekturadagi mohiyatini tushuntiring. 4. “Dinamik to‘g‘ri to‘rtburchaklar” deb qanday shakllarga aytiladi? Ularning mohiyatini izohlang. 5. “Fibonnachi qatori”ning amaliy ahamiyatini tushuntiring. 6. “Proporsiyalar o‘xshashligi” qonuniyatini tushuntirib bering. 7. “Dinamik kvadratlar” qonunining muallifi kim va uning me’morchilikda qo‘llanilishini tushuntirib bering. 8. “Oltin nisbat”ning me’moriy yodgorliklarda qo‘llanilishiga misollar keltirib tushuntirib bering. 9. “Oltin nisbat”ning tabiatda qo‘llanilishida misollar keltiring. 10. Tabiat shakllarining vujudga kelishi va arxitekturaviy kompozitsiyalarda qo‘llaniladigan beshta tamoyilni izohlab bering. 54 V BOB. QADIMGI MISR VA YUNON-RIM ME’MORCHILIGIDAGI UYG‘UNLIK 5.1. Qadimgi Misr me’morchiligiga xos xususiyatlar Qadimgi Misr arxitekturasi va madaniyatining vujudga kelishi ulkan Nil daryosi va uning hosildor vohalari bilan bog‘liq. Ushbu daryoning quyi va yuqori qismlarida eramizgacha to‘rtinchi ming yilliklardayoq qadimgi Misr shaharsozligi va me’morchilik amaliyotining ilk an’analari shakllana boshlagan. Qadimgi Misrda mahalliy xudomandlarni hurmatlash, o‘simlik va dehqonchilik, yer osti dunyosining xudosi Osiris, tabiat ma’budasi Isidalarga sajda qilish, quyosh xudosi Amon R аga va boshqa xudolarga topinish kabi diniy qarashlar mavjud bo‘lgan. Ularga atab ko‘plab diniy inshootlar – ibodatxonalar va maqbaralar qurilgan. Misr xudolariga atab mahobatli ibodatxonalar qurish eramizgacha 2700-2200 yillarda boshlangan. Tog‘ qoyalari ichiga toshga o‘yib ishlangan yarim g‘or ko‘rinishidagi ibodatxonalar sal keyinroq, eramizgacha 2200- 1500 yillarda qurilgan. Karnak va Luksordagi ulug‘vor va ulkan ibodatxonalar qurilishi esa Misrdagi Yangi podsholik davriga (eramizgacha 1500-1100 yillar) to‘g‘ri keladi. Misr me’morchiligining asosiy qurilish materiali tabiiy tosh bo‘lganligi uchun o‘sha qadimgi ibodatxonalarning qoldiqlari bizgacha saqlanib qolgan. Ustunli-to‘sinli qurilmalar, tosh bezaklar va devorlar bu ibodatxonalarning tektonik yechimlarini belgilab bergan. 55 Aksariyat ibodatxonalar bo‘ylama o‘q bo‘ylab "anfilad" tartibda, ya’ni bir o‘qda joylashgan ketma-ket eshiklar, xonalar va hovlilar orqali bog‘langan simmetrik rejaviy kompozitsiyaga ega bo‘lgan. Bosh tarz haykal va obelisk, pilonlar bilan bezatilgan mahobatli ostona – darvozadan boshlanib, undan chir atrofi ustunli galereyalar bilan aylantirilgan katta kvadrat hovli – "peristil"ga kirilgan. Peristildan esa keng va tig‘iz joylashgan ustunlar zali – "gipostil"ga o‘tilgan. Gipostil yuqoridan tom balandliklarining farqidan hosil bo‘lgan yon teshiklardan yorug‘lantirilgan. Gipostilga yuzasi va balandligiga ko‘ra kichikroq va qorong‘iroq bo‘lgan ibodatxona va sig‘inish xonalari birikkan. Oxirgi xonada sig‘iniladigan xudo haykali joylashgan bo‘lib, gipostildan ungacha bo‘lgan xonalarning balandligi, sig‘imi va yorug‘ligi muntazam tarzda kamayib borgan. Jamoat nomidan haykal xudo oldiga kirib sig‘inish huquqiga faqat fir’avn bilan bosh ruhoniygina ega bo‘lgan. Boshqalar ularni gipostil zali va keyingi xonalardan turib kuzatib qolgan. Qadimgi Misrdagi barcha ibodatxoanalarning arxitekturaviy yechimi ana shunday umumiy tartibga bo‘ysindirilgan (32-rasm). Eng yirik ibodatxonalar kompleksiga Fivada (hozirgi Karnak va Luksorda), Edfuda hamda Fili orolida joylashgan Amon ziyoratgohlari kiradi. Bulardan tashqari Misrda Abu-Simbeldagi qoyaga o‘yib ishlangan g‘or-ibodatxonasi ham mavjud. Barcha ibodatxonalar haykallar, relyefli bezaklar, ustunlar, devorga ishlangan rangli naqshlar bilan turli ko‘rinishlarda bezatilgan (32, v-rasm). 32-rasm. Qadimgi Misr. a-Karnakdagi Honsu ibodathonasining tarhi va qirqimi; b-Karnakdagi Amon ibodathonasining qirqimi; v-Misr ustunlari. b a v 56 Ibodatxonalarda ustunli-to‘sinli qurilmalar arxitekturasi keng qo‘llanilgan. Misr me’morlari ustunlarni ishlashda o‘simlik dunyosi va tabiat uyg‘unligidan namuna olib ularni ulkan dov-daraxtlarga, ustunlarning boshlarini esa Misrda o‘sadigan lotos va papirusning ochilgan gullariga yoki ularning g‘unchalariga o‘xshatganlar. Ehromlardagi katta zallar va xonalar ichi bir-biriga parallel baland tosh ustunlar qatori bilan to‘lib, bamisoli qalin o‘rmonzorlarni shakllantirgan. Ayrim ehromlardagi ustunlar haykalsimon ko‘rinishga ega bo‘lganlar. To‘sinlar baland ustunlarning ochilib turgan gul shaklidagi boshalari ustiga qo‘yilgan (32 b,v-rasm). Qadimgi misrliklar inson o‘lgach agar jasadi yaxshi saqlansa uning ruhi narigi dunyoda ham yashashiga ishonganlar. Shu boisdan fir’avnlar (misrliklarning tirik xudolari) o‘lgach jasadi mo‘miyolanib ularga qurilgan maxsus ulkan ehromlar – piramidalarda saqlangan. Boy kishilar va zadogonlar uchun esa "mastaba"lar qurilgan. Qadimgi Misrning eng ulkan va mahobatli ehromlariga Gizadagi Xeops, Xefren va Mikerin piramidalari kiradi. XIX asrning o‘rtalarida me’moriy merosni saqlab qolish va yodgorliklarni ilmiy asosda ta’mirlashga intilish hamda me’moriy uyg‘unlik qonuniyatlarini aniqlashga bo‘lgan qiziqishning oshishi bilan arxitektura fanining qator nazariyotchilari o‘zining ulug‘vorligi va takomillashgan shakllari bilan inson ahlini lol qoldirib kelayotgan qadimgi Misr va Yunon me’morchiligiga xos mo‘jizakor arxitekturaviy shakllar qurilishining handasaviy uslublarini o‘rganishga kirishdilar. Jumladan, qadimgi Misr me’moriy shakllariga xos proporsionallik munosabatlarining asosini misr uchburchagi, teng yonli uchburchak, kvadrat va ular asosida qurilgan son-sanoqsiz to‘g‘ri to‘rtburchakliklar tashkil qilishi va bu munosabatlarning me’moriy shakllar va inshootlar go‘zalligini ta’minlashda keng qo‘llanilganligi isbot qilingan. Darhaqiqat, teng yonli uchburchak va kvadratga asoslanib irratsional miqdordagi qator mutanosibliklarni yaratish mumkin. Ular 1: 2 1: 3 , 1: 5 , ( 5 -1):2 va boshqalardir. 57 Oddiy handasaviy shakllardan tashkil topgan yuqoridagi proporsional to‘g‘riburchaklarni sirkul (pargor) va lineyka (chizg‘ich) yordamida osongina qurish mumkin bo‘lgan. Yasalishining soddaligi hamda me’moriy shakllarga uyg‘unlik baxsh etuvchi ajoyib xususiyatlarga ega bo‘lgan ushbu mutanosibliklar, misr uchburchagining sonli oddiy nisbatlari bilan bir qatorda ko‘p ming yillar davomida me’moriy proporsionallik asosi bo‘lib xizmat qilgan. 33-rasmdagi chizmalarda modulli kvadrat kataklar ichiga ishlangan irratsional miqdordagi to‘g‘ri to‘rtburchakliklarni yasash uslublari ko‘rsatilgan: teng yonli uchburchakdan 4:7 va 8:7 mutanosibliklari; kvadratdan – 5:7 va 5:8; yarimkvadrat yoki ikkilangan kvadratdan – 5:8, 4:9, 8:9 va 4:5 mutanosibliklari olingan. Bularning barchasi qadimgi Misr va yunon-rim me’morchiligiga xos bo‘lgan mutanosibliklardan hisoblangan. Download 6.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling