Узбекистон республикаси урта махсус ва олий таълим вазирлиги


Download 6.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/160
Sana21.07.2023
Hajmi6.71 Mb.
#1661574
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160
Bog'liq
Arxitektura shakllarini uygunlashtirish va bezash

43-rasm. Samarqand. “Bibixonim” masjidining me’moriy loyihalanish 
uslubi (K.S.Kryukov bo’yicha). Tarhi. 
 
 


79 
Masjid hovlisi chor tarafdan tosh 
ustunli keng ayvonlar bilan chegaralanib, 
har bir ustun oralig‘i 2 kichik modulga 
yoki katta modulning 1/4 ga teng. Bu esa 
6 gazni tashkil qiladi. 
Shimoliy va janubiy taraflarda bir 
o‘q bo‘ylab kichik masjidlar joylashgan, 
ularning eni katta modul – M ga teng qilib 
olingan. 
Xullas, 
masjidning barcha 
obyektlari va elementlarining uyg‘unligi 
modul to‘ri asosida loyihalangan.
Masjid bosh xonaqosining peshtoqi-
dagi uyg‘unliklar peshtoq ravog‘i enining
yarmiga tenglangan modul (ya’ni miqyos) 
to‘riga asoslangan (44 a - rasm). Ushbu 
xonaqohning bosh tarzi yon minoralar bilan kvadrat – 4:4 M ichiga chizilgan. 
Kvadrat diagonallarining kesishish markazi esa peshtoq ravog‘ining boshlangish 
chizig‘ini va ravoqni handasaviy qurishda qo‘llanilgan uch markazdan birini 
belgilaydi.
Bosh xonaqoh "janub-shimol" qirqimining handasaviy yasalishi butun 
miqdor – gumbaz osti kvadratining tomoni M ga asoslangan. Xonaqoh asosining 
balandligiga nisbati M:3M; asosining proporsiyasi esa M:M (kvadrat). Xonaqoh 
ichki gumbazi ravog‘i boshigacha bino kursisi chizig‘idan boshlab 1,5 M + 0,5 M 
2
ga teng (44 b- rasm).
Kichik masjid "g‘arb-sharq" qirqimining chizilishi ham modulli o‘lchamlarga 
asoslangan. Masjid asosining balandligiga nisbati M:2M; masjid ichki gumbazi 
ravog‘ining boshlanish chizig‘i M balandligida belgilagan (44 v-rasm).
44a-rasm. “Bibixonim” masjidi bosh xonaqosi tarzining 
me’moriy yechilish uslubi 


80 

Download 6.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling